Mavzu: Futbol Yangiklari
134. Sanjarbe (151) [off] | TXT | 21| 16 Jul 2018, 08:47
ЖЧ-2018. «Олтин қўлқоп» соҳиби аниқланди Жаҳон чемпионатида совринларни топшириш маросими бўлиб ўтмоқда. Бельгия терма жамоаси дарвозабони Тибо Куртуа Мундиалнинг энг яхши дарвозабони деб топилди. "Челси" посбонига "Олтин қўлқоп"ни қабул қилиб олди. Куртуа ЖЧ-2018да 4 марта ўз дарвозаси дахлсизлигини сақлаб қолди.
4 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...
ЖЧ-2018. Кейн — мусобақанинг энг яхши тўпурари Англия терма жамоаси ҳужумчиси Ҳарри Кейн жаҳон чемпионатининг энг яхши тўпурарига айланди.Тоттенхэм ҳужумчиси мусобақа давомида 6та ўйинда майдонга тушиб, ўз ҳисобига 6та гол ёзди. Шу боис, унга ЖЧ-2018нинг "Олтин бутса"си топширилади.Кейн Тунисга қарши ўйинда (2:1) иккита гол урган бўлса, Панама дарвозасига 3та тўп киритди (6:1). Шунингдек, у Колумбияга қарши нимчорак финал баҳсида (1:1, пенальтилар бўйича - 4:3) битта гол урди.Ҳарри ўз голларининг 3тасини пенальтидан урди.
135. Muxamad (225) [off] | TXT | 18| 22 Jul 2018, 17:34
Ispan sudi Krishtianu Ronalduni 2 yilga ozodlikdan mahrum etdi


Ronaldu “Real”da o'ynab yurgan kezlarida 17,3 mln dollar miqdoridagi soliqni to'lamaganlikda ayblangandi. Futbolchi 2017 yili 14 mln dollar to'lashga tayyor ekanligini bildirgan, biroq ispan sudi bunga ko'nmagan, sud futbolchiga 22 mln dollarto'lashi lozimligini aytgan.
“Yuventus”ga o'tganidan keyin Krishtianu 15,7 mln dollar jarimani to'ladi. Uning yana 6,3 mln dollar qarzi qolmoqda.
136. Hakerjon (28) [off] | TXT | 17| 22 Jul 2018, 18:48
Muxamad, Manba ?
137. Muxamad (225) [off] | TXT | 17| 22 Jul 2018, 20:13
Kovachich murabbiyning «Real»da qolish bo'yicha iltimosini rad etdi


«Real» yarim himoyachisi Mateo Kovachich klubini o'zgartirmoqchi.
Marca xabariga ko'ra, ushbu 24 yoshli futbolchi «Real»ning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi bilan klub bazasida uchrashgan. Suhbat chog'ida Kovachich klubni tark etmoqchiligini aytib, o'zini transferga qo'yishni so'ragan.
Lopetegi Kovachichni qolishga ko'ndirmoqchi bo'lgan, ammo xorvatiyalik futbolchi qarori qatiyligini bildirgan.
4.7833333333333 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...
Hakerjon, Butsa.uz
138. Brigand (519) [off] | TXT | 17| 22 Jul 2018, 20:47
"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeyangi mavsumda o'z raqamini o'zgartiradi, deya xabar beradi Le Parisien.
Jahon chempioni parijliklar safida 7-raqamni oladi. Mbappe avval 29-raqamda o'ynar edi. Ayni paytda bu raqam "PSJ"da bo'sh turibdi.
Bu raqam avval Lukas Mouraga tegishli bo'lgan, u qishda "Tottenhem"ga o'tgan edi.
139. Muxamad (225) [off] | TXT | 17| 22 Jul 2018, 20:53
«Chelsi» «Real»ga ketishi mumkin bo'lgan Azarga o'rinbosar transferi ustida ishlamoqda


«Chelsi» «Manchester Yunayted» hujumchisi Antoni Marsiyalga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
The Times nashri malumotiga ko'ra, «ko'klar» ushbu fransiyalik futbolchi transferi ustida ish boshlagan. Jamoa ushbu 22 yoshli futbolchini yozgi transferlar vaqtida «Real»ga ketishi mumkin bo'lgan Eden Azarga munosib o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.
Marsiyal bir necha oy muqaddam «Manchester Yunayted»ning yangi shartnoma bo'yicha taklifini rad etgandi. Futbolchiga ayni vaqtda Myunxenning «Bavariya» klubidan ham qiziqish mavjud.
«Manchester Yunayted» futbolchisini 100 million evroga baholagan. Lekin «Bavariya» ham, «Chelsi» ham futbolchi uchun buncha ko'p mablag' berishga tayyor emas.
Marsiyalning «MYu» bilan amaldagi shartnomasi muddati 2019 yil yoziga qadar. Mankunianliklar shartnomadagi bir band bo'yicha uni yana bir yilga uzaytirishi ham mumkin.
Bundan avvalroq Mirror nashri «Chelsi» «Real» rahbariyatiga belgiyalik hujumchisi Eden Azarni 170 million funtga ham (190 million evro) sotmasligini malum qilgani haqida xabar tarqatgandi.
ESPN nashri esa, «Manchester Yunayted» Antoni Marsiyalni yozgi transferlar vaqtida sotmaslikka qaror qilganini yozib chiqqandi.
140. Muxamad (225) [off] | TXT | 17| 22 Jul 2018, 22:11
Rasman! «Milan» yangi darvozabonini tanishtirdi


Xabaringiz bor, “Milan” klubi “Napoli” darvozaboni Pepe Reynani o'z safiga qo'shib olgan edi. Italiya klubi darvozabonni rasman ommaga tanishtirdi.
Eslatib o'tamiz, Reyna yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida kelib qo'shilgan. O'tgan mavsum darvozabon “Napoli” safida 37 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 267 (0/267)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru