Mavzu: Futbol Yangiklari
148. Muxamad (225) [off] | TXT | 12| 26 Jul 2018, 13:18
UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari UEFA Superkubogi uchun o'yinni namoyish etadi


Evropa futbol mavsumining yakuniy bahsi 15 avgust kuni Estoniya poytaxti Tallin shahrida bo'lib o'tadi. O'yin UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallarida jonli efirda uzatiladi.
Bu yil sovrin uchun Madridning “Real” va “Atletiko” klublari kurashishadi. Qizig'i, Superkubok finalida ilk bor bir shahardan kelgan jamoalar to'qnash kelmoqda. Ushbu o'yinda ishtirok etish uchun "Real Madrid" jamoasi Chempionlar ligasi finalida “Liverpul”ni (3:1, Olimpiya MSK, Kiev, Ukraina) mag'lubiyatga uchratdi. O'z navbatida “Atletiko” Evropa Ligasi finalida “Olimpik Marsel” (3:0, Park Olimpik Lionne, Lion, Frantsiya) ustidan g'alaba qozondi.
So'nggi ikki yilda Superkubokni “Real” qo'lga kiritdi. Agar u bu yil ham g'alaba qozonsa, “Real” ketma-ket uch marta Superkubok g'olibi bo'lgan birinchi klub bo'lishi mumkin. O'tgan mavsumda ular “Manchester Yunayted”ni 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratishgan edi.
“Atletiko” “Real Madrid”ga qarshi final bahslarining muvaffaqiyatsiz natijalariga qaramay, Evropa Superkubogida 100 foiz g'alabalar tarixiga ega: 2010-yili jamoa “Inter”ni 2:0 va 2012-yili “Chelsi”ni 4:1 hisobi bilan mag'lubiyatga uchratgan edi
149. Muxamad (225) [off] | TXT | 12| 26 Jul 2018, 13:24
"UZREPORT" va "FUTBOL TV" Italiya chempionati va UEFA millatlar ligasi translyatsiya huquqini sotib oldi


Uzreport” va “Fetbol TV” Italiya chempionati va UEFA millatlar ligasi musobaqasining O'zbekiston Respublikasi hududida translatsiya qilish huquqini sotib oldi. Bu haqda telekanal rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida xabar bermoqda.
150. Muxamad (225) [off] | TXT | 11| 26 Jul 2018, 19:22
Beyl - "Real Madrid"ning yangi liderimi?


Krishtianu Ronalduning jamoadan ketishi Garet Beyl bilan vaziyatni o'zgartirishi mumkin. Har holda Zidan va Ronaldu ketgunga qadar jamoadan ketishga asosiy da'vogar aynan Garet Beyl qaralayotgan edi.
Agarda "Chelsi" a'zosi Eden Azar "Real"ga o'tgan taqdirda ham, Beylning jamoada lider bo'lishiga qarshilik ko'rsatilmaydi deya ta'kidlamoqda, Marca nashri.
Moliyaviy jihatdan ham olib qarasak, Beyl - qulay nomzod. Uelslik futbolchi BT, Nissan, Foot Locker, EA Sports va Adidas kompaniyalari bilan tuzgan shartnomasi orqali yiliga 40 mln evro jamaoga foyda keltiradi. Beyl orqali "Real" birgina Adidas kompaniyasi ortidan yiliga 26 mln evro foyda ko'radi.
Shu bilan birga Azar ham bu borada yomon ko'rsatgichga emas. U ham Nike, Topps, Lotus Bakeries, Sina Sports va EA Sports kompaniyalari bilan shartnoma imzolagan. Biroq u Beyldan ko'ra kamroq mablag'ga shartnoma imzolagan.
151. Muxamad (225) [off] | TXT | 11| 26 Jul 2018, 19:53
Xames RodrigesIspaniya xazinasiga 11,65 mln evro jarima to'laydi


"Real"ning sobiq yarimhimoyachisi Hames Rodriges soliq to'lashdan bosh tortgani uchun 11,65 mln evro jarima to'laydi, deya xabar beradi El Mundo.
Manbaga ko'ra, Hames 6,35 mln evro miqdordagi soliqni to'lamaganlikda ayblanmoqda. Endi futbolchi Ispaniya g'aznasiga 11,65 mln evro jarima to'laydi.
27 yoshli futbolchi soliq hisobotini Ispaniya norezidenti sifatida topshirgan. Soliq idorasi uning kenga ichtisodiy faoliyat yuritganini aniqladilar va Ispaniya rezidenti sifatida soliq to'lashi kerakligini ta'kidladilar.
152. Muxamad (225) [off] | TXT | 11| 26 Jul 2018, 20:31
International Champions Cup: «Atletiko» «Arsenal»ni yana mag'lub etdi


International Champions Cup musobaqasining navbatdagi o'yinlari bo'lib o'tdi. Unda Ispaniyaning “Atletiko” klubi Angliyaning “Arsenal” klubi bilan bahs olib borib, penaltilar seriyasida 3:1 hisobida zafar quchdi.
International Champions Cup
Atletiko – Arsenal 1:1 (1:0, 0:1, 0:0, 0:0), penaltilar - 3:1
Gollar: 1:0 – 41 Vetto, 1:1 – 47 Smit-Rou.
Atletiko – Oblak (Adan, 46), Xoakin Munos (Oskar Pinchi, 64), Montero (Punyal, 74), Xuanfran (Karlos Isaak, 74), Moyya (Alberto Rodriges, 74), Olabe (Solano, 74), Rodri Ernandes, Parti (Fandino, 74), Korrea, Gameyro (Mollejo, 74), Vetto (Garses, 74).
Arsenal – Leno (Chex, 46), Mustafi (Chembers, 63), Kolashinats, Belerin (Mavropanos, 63), Xolding (Papastatopulos, 63), Remzi (Osei-Tutu, 63), Ganduzi (Uillok, 74), Smit-Rou (Meytlend-Naylz, 63), Obameyang (Peres, 63), Lyakazett (Nketia, 63), Nelson (Mxitaryan, 63).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 3:1.
Ogohlantirish: Chembers (80).
2.7 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...
Allegri Ronalduni qaerda o'ynatishi haqida ma'lumot berdi


“Yuventus” bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Krishtianu Ronaldu jamoada qaysi pozitsiyada o'ynashi haqida ma'lumot berdi.
“Ronaldu qaerda ko'proq gol urib, o'rgangan bo'lsa, shu zonada to'p suradi. U bizning hujum uchligimzning biri bo'ladi.
Transferlar? Bilmayman. Italiya bilan 6 soat farq bor (“Yuventus” ayni damda AQShda mavsumoldi tayyorgarliklarni o'tamoqda). Shuning uchun Italiyada tong otganda biz uxlayapmiz.
Jamoa yaxshi transfer kampaniyasini tashkillashtiryapti. Klub mashg'ulotlariga Krishtianu Ronaldu, Joau Kanselu va Emre Jan kabi futbolchilar etib keldi. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan...”, – deydi Allegri.
153. Muxamad (225) [off] | TXT | 10| 26 Jul 2018, 21:02
David Silva «Manchester Siti»dan ketmoqchi


“Manchester Siti” yarim himoyachisi David Silva amaldagi shartnomasi tugagach jamoadan ketishini ma'lum qildi. Silva, 2020 yil erkin agentga aylanadi.
“Siti” bilan shartnomam tugagach men 34 yoshga to'laman. Menimcha, bunday yoshda jamoamni almashtirishga tug'ri keladi .
Shuni aniq aytolaman, premer-liga jamoalariga o'tmayman”, - deydi Silva
154. Muxamad (225) [off] | TXT | 8| 27 Jul 2018, 07:34
Italiya «A» seriyasining barcha e'tiborga sazovor o'yinlari qachon bo'lib o'tadi?


Italiya“A“ seriyasining 2018/19 mavsum uchun taqvimi ma'lum bo'ldi.
Ushbu ro'yxatda barcha derbi va shiddatli kechadigan baxslar tushirilgan.
1-tur (19 avgust 2018) - 20-tur (20 yanvar 2019)
“Latsio” – “Napoli”
“Kevo” – “Yuventus”
2-tur (28 avgust 2018) – 21tur (27 yanvar 2019)
“Napoli” – “Milan”
3-tur (2 sentyabr 2018) – 22-tur (3 fevral 2019)
“Milan” – “Roma”
7-tur (30 sentyabr2018) - 26-tur (3 mart 2019)
“Yuventus” – “Napoli”
“Roma” – “Latsio”
9-tur (21 oktyabr 2018) – 28-tur (17 mart 2019)
“Inter” – “Milan”
10-tur (28 oktyabr 2018) – 29-tur (31 mart 2019)
“Napoli” – “Roma”
12-tur (11 noyabr 2018) – 31-tur (7 aprel 2019)
“Milan” – “Yuventus”
14-tur (2 dekabr 2018) – 33-tur (20 aprel 2019)
“Roma” – “Inter”
15-tur (9 dekabr 2018) – 34-tur (28 aprel 2019)
“Yuventus” – “Inter”
17-tur (22 dekabr 2018) – 36-tur (12 may 2019)
“Yuventus” – “Roma»
18- tur (26 dekabr 2018) – 37-tur (19 may 2019)
“Inter” – “Napoli”
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 207 (0/207)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru