Mavzu: Futbol Yangiklari
155. Muxamad (225) [off] | TXT | 8| 27 Jul 2018, 08:03
"Real"ning yana bir transfer maqsadi - "PSJ" futbolchisi


"Real" Krishtianu Ronalduning o'rniga PSJ hujumchisi Edinson Kavanini olib kelmoqchi.
AS xabariga ko'ra, ayni damda madridliklar "Bavariya"dan Robert Levandovski yoki "CHelsi"dan Eden Azarni transfer qila olmasa, unga bor etiborni qaratadi.
Kavani o'tgan mavsumda PSJ tarkibida 48 uchrashuvda qatnashib, 40 gol urdi va 11 golga assistentlik qildi. Ayni damda urugvaylik futbolchi JCH-2018da orttirib olgan jarohatini tuzatish bilan band.
156. Sanjarbe (151) [off] | TXT | 8| 27 Jul 2018, 08:51
Qariya keremas
157. Muxamad (225) [off] | TXT | 6| 27 Jul 2018, 12:40
Maradona 28 yoshli qizga uylanmoqda


"Dinamo" Brest klubi boshqaruvi raisi, argentinalik taniqli futbolchi Diego Maradona uylanmoqda.
U 28 yoshli sevgilisining qo'lini so'radi va rozilik oldi.
Daily Mail xabariga ko'ra, 28 yoshli Rosio Olivaning Buenos-Ayresdagi tug'ilgan kun marosimida 57 yoshli argentinalik unga taklif bildirdi va qiz bunga rozi bo'ldi. Bu 45 nafar mehmonning ko'z o'ngida sodir bo'ldi.
Rosio avval professional futbolchi bo'lgan.
2014 yilda ham Maradona bu qizga turmush qurish taklifini bildirgan, ammo shundan so'ng orada janjal chiqib, juftli munosbatlarni to'xtatgan edi. Maradona Rosioni zargarlik buyumlarini o'g'irlashda ayblagan, qiz esa futbol afsonasi uni urganini aytgan edi.
158. Muxamad (225) [off] | TXT | 5| 28 Jul 2018, 17:06
"Barcelona" Dembeleni qanchaga qo'yib yuborishi ma'lum bo'ldi


Kataloniyaning "Barcelona" klubi fransiyalik hujumchisi Ousmane Dembelega narx qo'ydi, deya xabar bermoqda ispan matbuout.
Xabar qilinishicha, "ko'k-anor ranglilar" ushbu yozda, bir yil avval Camp Nouga kelgan va jamoaga moslasha olmagan 21 yoshli fransuz uchun 100 million yevro atrofidagi taklif olsa uni qo'yib yuborishga tayyor bo'ladi.
159. Muxamad (225) [off] | TXT | 5| 28 Jul 2018, 18:47
Endi UZREPORT va FUTBOL TV orqali Ronaldu o'ynaydigan A seriya o'yinlarini ham tomosha qilamiz


UZREPORT telekanali rasmiy saytining xabar berishicha, telekanal Italiya A seriyasi o'yinlarini translyatsiya qilish huquqini qo'lga kiritdi. Demak, yangi mavsumdan Krishtianu Ronaldu ishtirok etadigan A seriya o'yinlarini tomosha qila olamiz.
Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Italiya chempionati bahslari UZREPORT kanali bilan birga FUTBOL TV orqali ham namoyish etiladi.
160. Muxamad (225) [off] | TXT | 5| 28 Jul 2018, 21:24
Valverde: "Real" Ronaldu siz xam barcha musobaqalarda go'liblikga davogarlik qiladi"


"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde forvard Krishtianu Ronalduning "Real"dan "Yuventus"ga transferi haqida fikr bildirdi.
"Ronalduning ketishi - "Real" uchun jiddiy yo'qotish, xuddi bizdagi Inesta kabi. Bu yo'qotish ularga ta'sir qiladimi yoki yo'q, tez orada bilib olamiz. "Real" xatto Ronaldusiz ham barcha turnirlarda sovrinlarga da'vogarlik qiladi" - deydi Valverde
Ijobiy (1): Ashurov,
161. Ashurov (2636) [off] | TXT | 7| 28 Jul 2018, 21:48
Real baribir real, Ranaldo ketgan bo'lsa ham real bilan qolamiz
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 198 (0/198)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru