Mavzu: Futbol Yangiklari
183. Muxamad (225) [off] | TXT | 15| 2 Aug 2018, 22:20
«Bavariya» yangi futbolchisini ommaga e'lon qildi
“Bavariya” yarim himoyachi Leon Gorettskani ommaga e'lon qildi.
Gorettska “Shalke”dan myunxenliklar safiga yozda erkin agent sifatida qo'shildi.
Mazkur transfer haqida yanvar oyida ma'lum qilingandi. Gorettska “Bavariya” bilan 4 yillik shartnoma imzoladi.
184. Kuchavoy (435) [off] | TXT | 13| 29 Oct 2018, 21:47
Ronaldu sirni ochdi: «Real»ni Peres tufayli tark etdim»


«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu nega «Real»ni tark etganini gapirib berdi.
«Real»da ko'p yaxshi ishlarni qilganman. Klubda 9 yil o'ynadim, bu hissiyotlarni har doim xotiramda saqlayman. Ammo «Real» prezidenti Peres menga pul topish vositasi sifatida qaray boshladi. Buni aniq bilaman. Uning menga aytgan so'zlari hech qachon qalbidan chiqmagan. Peresning menga munosabati o'zgardi, buni sezdim. Avval umuman boshqacha edi.
Florentino meni almashtirib bo'lmas futbolchi ekanimga shubha bildira boshladi. Aynan shu narsa «Real»ni tark etishimga sabab bo'lgan. Ilk mish-mishlar paydo bo'lganida, Peres meni ushlab qolishga harakat qilmadi.
Agar faqat pul haqida o'ylaganimda, Xitoyga ketib, «Yuventus» yoki «Real»dagidan 5 barobar ko'p pul ishlab topishim mumkin edi. Italiyada Madriddagidan kam pul topmayapman. Farqi shundaki, «Yuventus» meni o'z safida ko'rishni juda istadi. Men buni his qildim.
Zidanning ketishi mening ketishimga sabab bo'lmagan. Men Peres tufayli ketganman», - deb Ronaldu so'zlarini keltirmoqda France Football
Ijobiy (1): Boss,
185. QaLbayOff (85) [off] | TXT | 5| 25 Nov 2018, 20:48
Туриннинг “Ювентус” клуби ҳужумчиси Криштиану Роналду Италия чемпионати 13-турида СПАЛ дарвозасини ишғол қилди.

Бу португалиялик футболчининг 16 ўйиндаги 10 голи бўлди. Шу тариқа, Роналду клуб рекордини ўрнатди. Аввал туринликлар сафида бунчалик қисқа вақт ичида ҳеч ким 10 та гол урмаган.

Эслатиб ўтамиз, Роналду “Ювентус”га 2018 йил ёзда кўчиб ўтган.
186. WaP_MaSTeR (1363) [off] | TXT | 31| 26 Nov 2018, 06:58
2018 yil yakunlanishiga biroz vaqt bo'lsa-da, "Oltin to'p" sovrinini topshirish marosimi yaqinlashmoqda.
Ayni damda top-5 liganing 4 futbolchisi gollarda eng ko'p qatnashish borasida etakchilik qilishmoqda.
Ro'yxatning dastlabki ikki pog'onasidan "Barselona" futbolchilari o'rin egallashgan.
1. Luis Suares - 39 (24 gol va 15 assist)
2. Lionel Messi - 39 (28 gol va 11 assist)
3. Krishtianu Ronaldu - 38 (30 gol va 8 assist)
4. Memfis Depay - 30 (16 gol va 14 assist)
187. Shuhrat10 (68) [off] | TXT | 30| 26 Nov 2018, 22:50
Kun xabari
Lokomativ - Chempion!
188. L1GHTDreaM (177) [off] | TXT | 28| 27 Nov 2018, 02:07
Oltin to'p" uchun o'tkazilayotgan so'rovnomada kim etakchilik qilayotgani malum bo'ldi.
Ayni damda sovrin uchun asosiy davogar "Real" yarim himoyachisi Luka Modrich bo'lib turibdi. Ikkinchi o'rinda esa Rafael Varan ketmoqda. Uchinchi pog'onani PSJ forvardi Kilian Mbappe egallab turibdi.

Oldinroq "France Football" "Oltin to'p" uchun davogar 30 nomzod nomini malum qilgandi.:)
189. RM_FANAT (1035) [off] | TXT | 26| 27 Nov 2018, 09:15
L1GHTDreaM (27 Nov 2018, 02:07):
Oltin to'p" uchun o'tkazilayotgan so'rovnomada kim etakchilik qilayotgani malum bo'ldi.
Ayni damda sovrin uchun asosiy davo• • •
L1GHTDreaM, Messi yo'qmi?:-D
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 208 (0/208)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru