Mavzu: Futbol Yangiklari
190. WapUsta (47) [off] | TXT | 26| 28 Nov 2018, 17:03
Oltin topni Modrich olsa kerak
191. xavier_10 (213) [off] | TXT | 24| 29 Nov 2018, 15:33
O'zi oltin to'p shaxsiy yutuqlarga beriladi yani bitta futbolchi o'z mehnati bian qo'lga kiritgan aynan shaxsiy sovrinlar va stabil o'yniga qaraladi.
192. Kuchavoy (435) [off] | TXT | 21| 1 Feb 2019, 19:41
Bunisiga nima deysiz? Yarim finalda «El Klassiko» ko'ramiz


Ispaniya kubogining yarim final bosqichiga hozirgina qur'a tashlandi. Yarim finalda muxlislar "el-klasiko"ga guvoh bo'lishadi. "Barselona" vaq "Real Madrid"ga esa "Betis""Valensiya" jamoasi raqiblik qiladigan bo'ldi.
"Ko'k-anorranglilar" va "Qirollik klubi" final yo'llanmasini qo'lga kiritsa, finalda "klasiko"ni tomosha qilamiz. Ispaniya kubogi. Yarim final juftliklari
Dastlabki o'yinlar 5-6 fevral, javob bahslari 26-27 fevral kunlari o'tkaziladi. Final esa 25 may kuni Sevilya shahridagi "Betis" klubiga qarashli «Benito Vilyamarin» stadionida bo'lib o'tadi.
193. UzNetStar (44) [off] | TXT | 3| 22 May 2019, 18:52
Xabar BahhTeeUz tomonidan o'chirilgan.
194. DIKIY (73) [off] | TXT | 9| 9 Jun 2019, 17:47
Madridning «Real» klubi «Chelsi»dan Eden Azarni sotib olganini e’lon qildi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.

28 yoshli futbolchi bilan 5 yillik bitim tuzilgan. «Real» Azar uchun bonuslar bilan birga hisoblaganda 130 milllion funt to‘laydigan bo‘ldi. Bu esa madridliklarning yangi transfer rekordi hisoblanadi.

Azarning Madriddagi tanishtiruv marosimi 13 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Eden Azar «Chelsi» safida 7 mavsumni o‘tkazdi. U bu davrda 352 ta o‘yin o‘tkazib, 110 ta gol urdi. 2 karra Angliya chempioni bo‘ldi. Angliya Liga Kubogi va mamlakat kubogiga ega chiqdi. Shuningdek, 2 marta Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Qayd etish joiz, Jamoaning avvalgi transfer rekordi 2013 yilda Garet Beyl orqali o‘rnatilgandi. O‘shanda «Qirollik klubi» Beylni «Tottenhem»dan 85,3 million funtga sotib olgandi.
Ijobiy (1): RamanTik,
<<<1..2425262728
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 347
Mavzuga oid xabarlar soni: 194 ta
So'ngi faollik vaqti: 9 Jun 2019, 17:47
Mavzuni ko'rishgan: 101 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 138 (0/138)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru