Mavzu: Telegramni ham buza olishdi
1. BahhTeeUz (M) (4800) [off] | TXT | 44| 12 Jan 2017, 14:22
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) eng xavfsiz va yaxshi himoyalangan messenjyerlardan biri Telegram ilovasini buzishning uddasidan chiqishgan. Britaniya razvedkasi sobiq xodimining hisobotida shu haqda so'z boradi. Hujjat Amerika maxsus xizmatlari ixtiyorida paydo bo'lgan, deb xabar qilmoqda BuzzFeed.

Hisobotda ta`kidlanishicha, Telegram ilovasining shifrlash tizimi FXXning «kuchli qiziqishi»ga sabab bo'lgan. Mazkur messenjyer Rossiya siyosiy faollari va muxolifat vakillari orasida ommabop ekani qayd etilgan. «FXX ushbu dasturiy ta`minotni muvaffaqiyatli buza olgan, shunga ko'ra, endilikda, undan foydalanish xavfsiz emas», — deyiladi xabarda.

CNN telekanali, Britaniya razvedkasi sobiq xodimining ayni hisoboti, Moskvaning AQSh saylovlariga aralashganiga doir ma`ruzasiga asos bo'lgani haqida xabar qilgan edi.

Telegram ilovasi — «VKontakte» mualliflari Pavel va Nikolay Durovlar tomonidan ishlab chiqilgan bepul messenjyer bo'lib, matnli xabarlar va mediafayllarni yuborish imkonini beradi.

Yaratuvchi javobi
«VKontakte» ijtimoiy tarmog'i asoschisi va Telegram messenjyer ilovasi muallifi Pavel Durov, ilovadan foydalanish xavfsiz bo'lmay qolgani haqidagi fikrlarni izohladi. U ilovaning Rossiya federal xavfsizlik xizmati tomonidan buzilganidan nimani tushunish lozimligini ma`lum qilgan. Pavel Durov bu haqda «Firma siri» jurnaliga so'zlab bergan.

««His / her understanding was that the FSB ... had cracked this communication software» iborasi, har holda, 2016 yil aprelida Kozlovskiy va Alburovning SMS-qisqa matnli xabarlarining ushlanishi bilan bog'liqqa o'xshaydi», — degan Durov.

Shu bilan birga, Telegram rahbari Buyuk Britaniya razvedkasining sobiq xodimiga tegishli ekani uqdirilgan hisobotni e`lon qilgan BuzzFeed ishonchli axborot manbasi ekanini shubha ostiga ham qo'ygan.

Bundan avvalroq, ushbu nashr Britaniya maxsus xizmati sobiq xodimining hisobotini chop etgan, unda go'yoki, Rossiya tomoni AQShning saylangan prezidenti Donald Trampni shantaj qilish maqsadida, uning obro'siga putur yetkazadigan ma`lumotlarni to'plagani qayd etilgan.
Manbaa: Kun.uz
2. ExcLusive (649) [off] | TXT | 44| 12 Jan 2017, 14:24
Telegramni buzishni nima keragi bor?
3. BahhTeeUz (M) (4800) [off] | TXT | 44| 12 Jan 2017, 14:26
ExcLusive (12 Jan 2017, 14:24):
Telegramni buzishni nima keragi bor?
ExcLusive, sababi aytilgan-ku?
4. BEXRUZ (348) [off] | TXT | 44| 12 Jan 2017, 16:41
Ishonish qiyin Kabutar mesenjeri desa ishonardim.
5. DiLLeR_BoY (187) [off] | TXT | 44| 12 Jan 2017, 18:29
imkonsiz narsani o'zi yo'q deydilarku, har narsani chorasi bor hoz tehnika kuchayib odamlarni kallasi kattalashib ketyabdi
6. MASTER_A (159) [off] | TXT | 44| 19 Aug 2017, 20:36
DiLLeR_BoY (12 Jan 2017, 18:29):
imkonsiz narsani o'zi yo'q deydilarku, har narsani chorasi bor hoz tehnika kuchayib odamlarni kallasi kattalashib ketyabdi
DiLLeR_BoY, gapiz rost odamlar kuniga yangi ixtirolar ishlab chiqarishvoti
7. Megatron (195) [off] | TXT | 44| 19 Aug 2017, 20:46
nima bo'sa ham meni profilimi buzishmasinda :kozz: :jaxl:
Ijobiy (1): Shohnur_CR7,
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 668
Mavzuga oid xabarlar soni: 64 ta
So'ngi faollik vaqti: 10 Oct 2018, 11:27
Mavzuni ko'rishgan: 85 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 213 (0/213)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru