Mavzu: Vladimir Putin Buxoroda
1. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 4| 2 May 2017, 21:15
Buxoro shahrida yashovchi
Ikkinchi jahon urushi
qatnashchisi Gamik Zakiyev
uchun 9 may – Xotira va
qadrlash kuni arafasi
quvonchli voqealarga boy
bo'ldi, deb xabar bermoqda
O'zA.
O'zbekiston Respublikasi
mudofaa vaziri o'rinbosari,
Janubi-g'arbiy maxsus harbiy
okrug qo'shinlari
qo'mondoni, general-
leytenant B.Toshmatov,
Rossiya Federatsiyasining
O'zbekistondagi elchixonasi
harbiy attashesi S.Chernishev
va boshqalar Gamik Zakiyevni
xonadoniga borib tabrikladi.
Otaxonga Xotira va qadrlash
kuni va Ikkinchi jahon
urushida qozonilgan
g'alabaning 72 yilligi
munosabati bilan
O'zbekiston Prezidenti
tabrigi o'qib eshittirildi.
Gamik Zakiyevning fashist
bosqinchilariga qarshi
jasorati e`tirofi bo'lgan
ordenu medallari qatoriga
yana bir mukofot qo'shildi.
Unga "Krasnaya zvezda"
ordeni bilan mukofotlangani
to'g'risidagi Rossiya
Federatsiyasi Prezidenti
tomonidan imzolangan
guvohnoma va orden
tantanali topshirildi.
Bu mukofotning tarixi uzoq.
Gamik Zakiyev Ikkinchi jahon
urushiga 1943 yili 18
yoshida jo'nab ketdi.
Ukrainani ozod qilish uchun
bo'lgan janglarda ishtirok
etdi. Shunday janglardan
birida og'ir yaralandi va uzoq
vaqt gospitalda davolandi.
Shundan so'ng yana
fashistlarga qarshi jangni
davom ettirdi.
Chexoslovakiyani ozod qilish
uchun bo'lgan jangda yosh
leytenant boshchiligidagi
askarlar tish-tirnog'igacha
qurollangan dushmanning
qattiq qarshiligiga duch
keldi. Ular mustahkam
pozitsiyani egallagan
fashistlar istehkomini yorib
o'tishga muvaffaq bo'ldi.
Jangdagi jasorati uchun
vzvod komandiri, kichik
leytenant Gamik Zakiyev
1944 yilning 7 noyabrida
211-o'qchi diviziya
qo'mondonining buyrug'i
bilan "Krasnaya zvezda"
ordeni bilan mukofotlanadi.
Biroq olovli janglar davom
etayotgan o'sha davrda
mukofot topshirilmay qoladi.
Buning ustiga u 1945 yilda
Uzoq Sharqdagi jangovar
harakatlarda ishtirok etdi.
Urush tugagandan so'ng
1947 yilgacha Mo'g'ulistonda
harbiy xizmatni davom
ettirdi.
Urushdan so'ng Samarqand
shahridagi sobiq savdo
institutini bitirib, Buxoroga
ishga yo'llanma oldi. Uzoq
yillar savdo tashkilotlarida
samarali mehnat qildi.
O'tgan yilning yozida
qo'shnisi harbiy arxiv
saytlarining birida Ikkinchi
jahon urushi qatnashchisi
bo'lgan bobosi haqidagi
ma`lumotni izlar ekan, Gamik
boboning jangovar hayot
yo'liga oid ma`lumotga,
jumladan, unga topshirilmay
qolib ketgan orden
to'g'risidagi qaydnomaga
ko'zi tushadi. Bu haqda
xabardor qilingan
G.Zakiyevning nabirasi Liziya
viloyat mudofaa ishlari
boshqarmasiga murojaat
qiladi. Shu tariqa jangovar
orden 72 yildan so'ng o'z
egasini topdi.
– Biz, urush qatnashchilari
doimo davlatimiz e`zozida
ekanimizdan behad
xursandmiz, – deydi Gamik
bobo. – Yaqinda
Prezidentimiz nomidan pul
mukofoti va mamlakatimizda
ishlab chiqarilgan yengil
avtomashinani navbatsiz
xarid qilish uchun imtiyozli
sertifikat berishdi.
Shifokorlar sog'lig'imdan
xabardor bo'lib turibdi.
Butun mahalla “o'zimizning
qadrdon Gamik ota” deb
hurmatimni joyiga qo'yadi.
"Krasnaya zvezda" ordeni
topshirilganidan ular ham
xursand. Dunyoda
tinchlikdan aziz boylik yo'q.
Bu boylikni xalqimiz
qadrlaydi. Osoyishtalik
bo'lgan joyda inson baxtiyor
yashaydi. Ilohim,
yurtimizdagi tinchlik abadiy
bo'lsin.
Tadbirda Buxoro viloyati
hokimi so'zga chiqdi.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1274
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 2 May 2017, 21:15
Mavzuni ko'rishgan: 4 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 347 (0/347)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru