Mavzu: Bugun XXI asrning eng uzun oy tutilishi ro'y beradi
Mavzu BahhTeeUz tomonidan yopilgan.
So'rov natijasi
Siz bu hodisani kuzatdingizmi?
HA (3)
YO`Q (3)
1. Arey (M) (1999) [off] | TXT | 39| 27 Jul 2018, 22:34
Bugun, 27 iyuldan 28 iyulga o‘tar kechasi qiziqarli osmon hodisasi – Oyning to‘liq tutilishi sodir bo‘ladi. Bu tutilish O‘zbekistonning hamma joylarida boshdan oxirigacha kuzatiladi. Ushbu hodisaning ro‘y berishiga sabab uch osmon jismi – Quyosh, Yer va Oyning bir to‘g‘ri chiziqda joylashishi va Yer soyasining Oy sirtiga tushishidir, deb xabar qiladi Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yusuf Tillayev.
Tutilish 27 iyul kuni butun O‘zbekiston hududida bir vaqtda – soat 23:24 da boshlanadi, bunda Yer soyasi Oy diskini sekin-asta to‘sa boshlaydi. Bir soatdan keyin, ya’ni 28 iyul soat 00:29 da Oy sirti soya bilan batamom qoplanadi, tutilishning to‘la fazasi boshlanadi.
Bizga ma’lumki, Quyosh tutilganida Quyosh qisman yoki to‘liq ko‘rinmay qoladi. Oy tutilishida esa Oy butun tutilish davomida ko‘rinib turadi. Faqat Oy soya ichida harakatlana boshlaganda u qizg‘ish – jigarrang tusda ko‘rinadi.
To‘la tutilish fazasining davomiyligi 1 soat 43 minutni tashkil qiladi, ya’ni Oy 103 minut davomida soyada bo‘ladi. U soat 2:14 da soyadan chiqa boshlaydi, soat 3:20 da esa butunlay soyadan xoli bo‘ladi. Tutilishning umumiy davomiyligi esa salkam 4 soatni tashkil etadi.
Tutilishni oddiy ko‘z bilan ham kuzatish mumkin. Agar bordiyu sizda durbin yoki ko‘rish trubasi bo‘lsa, Oy yuzini yaxshiroq ko‘rishingiz va ushbu astronomik hodisadan ko‘proq zavq olishingiz mumkin.
Oxirgi marta Oyning to‘la tutilishi mamlakatimizda shu yilning 31 yanvar kuni kuzatilgan edi. Bu safar Oy Yer soyasining markazidan o‘tishi bilan ajralib turadi va shuning uchun tutilish davomiyligi nisbatan uzoq – 103 minutni tashkil etadi. Oxirgi marta bunga o‘xshash tutilish 2011 yilning 15 iyunida sodir bo‘lgan edi. Unda tutilish davomiyligi 1 soat 40 minutni tashkil qilgan edi, ya’ni bu safargidan 3 minutga kam.
49 sekund dan so'ng qo'shdi...
Taxminan bir soatdan keyin boshlanarkan
2. Ashurov (2636) [off] | TXT | 39| 27 Jul 2018, 22:36
Ko'ramiz, nasib bo'lsa
Ijobiy (1): Tayotabek,
3. Tayotabek (1511) [off] | TXT | 39| 27 Jul 2018, 22:38
Özim ham aytdim nega soat 22:30bölsa ham kun g'alati böb yorib bølyapti deb. Demak bugun ekanda. Men boshqacha eshitudim. 31iyulda bölarkan mars körinarkan deb:joyy:)))
4. Arey (M) (1999) [off] | TXT | 38| 27 Jul 2018, 22:42
Tayotabek (27 Jul 2018, 22:38):
Özim ham aytdim nega soat 22:30bölsa ham kun g'alati böb yorib bølyapti deb. Demak bugun ekanda. Men boshqacha eshitudim.• • •
Tayotabek, Mars ham bugun yerga yaqin kelarkan. U yog'ini kesibmanda
Ijobiy (1): Tayotabek,
5. Asil4ek (1497) [off] | TXT | 35| 27 Jul 2018, 22:53
Juda zo'r. Uxlamasdan kutaman. Andijonda ham bo'ladimi bu xolat?
6. Arey (M) (1999) [off] | TXT | 35| 27 Jul 2018, 22:56
Asil4ek (27 Jul 2018, 22:53):
Juda zo'r. Uxlamasdan kutaman. Andijonda ham bo'ladimi bu xolat?
Asil4ek, Xattoki qoraqamishda haam... deydiyu :)
Ijobiy (1): Asil4ek,
7. NexiaUz (24) [off] | TXT | 34| 27 Jul 2018, 23:03
Xudo hohlasa daxshat bo'ladi
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2727
Mavzuga oid xabarlar soni: 41 ta
So'ngi faollik vaqti: 28 Jul 2018, 13:48
Mavzuni ko'rishgan: 44 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 129 (0/129)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru