Mavzu: Bugun XXI asrning eng uzun oy tutilishi ro'y beradi (UMUMIY BO'LIM/Mahalliy yangiliklar) Arey (27 Jul 2018 22:34) Bugun, 27 iyuldan 28 iyulga o‘tar kechasi qiziqarli osmon hodisasi – Oyning to‘liq tutilishi sodir bo‘ladi. Bu tutilish O‘zbekistonning hamma joylarida boshdan oxirigacha kuzatiladi. Ushbu hodisaning ro‘y berishiga sabab uch osmon jismi – Quyosh, Yer va Oyning bir to‘g‘ri chiziqda joylashishi va Yer soyasining Oy sirtiga tushishidir, deb xabar qiladi Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yusuf Tillayev.
Tutilish 27 iyul kuni butun O‘zbekiston hududida bir vaqtda – soat 23:24 da boshlanadi, bunda Yer soyasi Oy diskini sekin-asta to‘sa boshlaydi. Bir soatdan keyin, ya’ni 28 iyul soat 00:29 da Oy sirti soya bilan batamom qoplanadi, tutilishning to‘la fazasi boshlanadi.
Bizga ma’lumki, Quyosh tutilganida Quyosh qisman yoki to‘liq ko‘rinmay qoladi. Oy tutilishida esa Oy butun tutilish davomida ko‘rinib turadi. Faqat Oy soya ichida harakatlana boshlaganda u qizg‘ish – jigarrang tusda ko‘rinadi.
To‘la tutilish fazasining davomiyligi 1 soat 43 minutni tashkil qiladi, ya’ni Oy 103 minut davomida soyada bo‘ladi. U soat 2:14 da soyadan chiqa boshlaydi, soat 3:20 da esa butunlay soyadan xoli bo‘ladi. Tutilishning umumiy davomiyligi esa salkam 4 soatni tashkil etadi.
Tutilishni oddiy ko‘z bilan ham kuzatish mumkin. Agar bordiyu sizda durbin yoki ko‘rish trubasi bo‘lsa, Oy yuzini yaxshiroq ko‘rishingiz va ushbu astronomik hodisadan ko‘proq zavq olishingiz mumkin.
Oxirgi marta Oyning to‘la tutilishi mamlakatimizda shu yilning 31 yanvar kuni kuzatilgan edi. Bu safar Oy Yer soyasining markazidan o‘tishi bilan ajralib turadi va shuning uchun tutilish davomiyligi nisbatan uzoq – 103 minutni tashkil etadi. Oxirgi marta bunga o‘xshash tutilish 2011 yilning 15 iyunida sodir bo‘lgan edi. Unda tutilish davomiyligi 1 soat 40 minutni tashkil qilgan edi, ya’ni bu safargidan 3 minutga kam.
[b]49 sekund dan so'ng qo'shdi...[/b]
Taxminan bir soatdan keyin boshlanarkan Ashurov (27 Jul 2018 22:36) Ko'ramiz, nasib bo'lsa Tayotabek (27 Jul 2018 22:38) Özim ham aytdim nega soat 22:30bölsa ham kun g'alati böb yorib bølyapti deb. Demak bugun ekanda. Men boshqacha eshitudim. 31iyulda bölarkan mars körinarkan deb:joy:))) Arey (27 Jul 2018 22:42) --Javob-- Tayotabek (27 Jul 2018 22:38): Özim ham aytdim nega soat 22:30bölsa ham kun g'alati böb yorib bølyapti deb. Demak bugun ekanda. Men boshqacha eshitudim. 31iyulda bölarkan mars körinarkan deb:joy:))) ---------- [b]Tayotabek,[/b] Mars ham bugun yerga yaqin kelarkan. U yog'ini kesibmanda Asil4ek (27 Jul 2018 22:53) Juda zo'r. Uxlamasdan kutaman. Andijonda ham bo'ladimi bu xolat? Arey (27 Jul 2018 22:56) --Javob-- Asil4ek (27 Jul 2018 22:53): Juda zo'r. Uxlamasdan kutaman. Andijonda ham bo'ladimi bu xolat? ---------- [b]Asil4ek,[/b] Xattoki qoraqamishda haam... deydiyu :) NexiaUz (27 Jul 2018 23:03) Xudo hohlasa daxshat bo'ladi BrauZer (27 Jul 2018 23:13) Bekorchi postlarni qoying e. Zokir (27 Jul 2018 23:28) Uje boshlandi shekilli-a Tayotabek (27 Jul 2018 23:29) Xa uja oyni chaptamonidan boshladi NexiaUz (27 Jul 2018 23:29) Oyni yonida qora bulutga o'xshagan paydo bo'ldi Asil4ek (27 Jul 2018 23:29) Hech nima bo'lmayaptiku Tayotabek (27 Jul 2018 23:31) [b]Asil4ek,[/b] Yaxshilab qarang uja bemalok bilinyapti Zokir (27 Jul 2018 23:37) 00:29 da qop-qorong'i bo'larkan
[b]4.4833333333333 daqiqa sekund dan so'ng qo'shdi...[/b]
[b]Asil4ek,[/b] Hali hammi Tayotabek (27 Jul 2018 23:40) Kelinglar qiziqarliroq bölishi uchun, sharhlab boramiz:) %da hisoblaydigan bölsak uja 40 42%i ketti! Zokir (27 Jul 2018 23:42) --Javob-- Tayotabek (27 Jul 2018 23:40): Kelinglar qiziqarliroq bölishi uchun, sharhlab boramiz:) %da hisoblaydigan bölsak uja 40 42%i ketti! ---------- [b]Tayotabek,[/b] Nega buncha tez. Bu turishda 1 soatga bormay qoplanarkanda

Osmonga qaraab o'tiribsizmi :) Tayotabek (27 Jul 2018 23:46) [b]Zokir,[/b] shunaqaga öxshaydi. Tög'risi avvallari xech etìbor bermagan, qiziqmagan edim. Negadur bugun qiziq:) qorong'ulik biroz susayganga öxshayapti. 45%
.
Bir telga bir osmonga qarayapgan:D maslaxatim oyga tikilib turib emas 2 3minutda bir qaranglar shunda øzgarish seziladi:) 48% uja kun qorog'ulashdi +qizardi Tayotabek (27 Jul 2018 23:55) Döstlar davom etamiz:)
50 51%
oyni tagida bitta kattaroq yulduz qizarib turibdi. Balkim mars degani shudur Zokir (27 Jul 2018 23:58) --Javob-- Tayotabek (27 Jul 2018 23:55): Döstlar davom etamiz:)
50 51%
oyni tagida bitta kattaroq yulduz qizarib turibdi. Balkim mars degani shudur ---------- [b]Tayotabek,[/b] Ha shu bo'lsa kerak BrauZer (28 Jul 2018 00:04) Bizdaham shunaqa Man "Muynoq"likman
[b]38 sekund dan so'ng qo'shdi...[/b]
Bizdaham shunaqa Man "Muynoq"likman Tayotabek (28 Jul 2018 00:13) Zulmat ichra qoldi dunyo.
Atigi qoldi 10% oymomo:)
shunday qilib bu söngi postim. Suhbat ham sharhlash ham qizimadi. Xulas offtopim tugadi:)
barchaga maroqli suhbat.)) MADERN (28 Jul 2018 00:14) Buxoroda oyning 4dan 3 qismi qop qora , tagidagi qizil sayyora (mars) sekin asta katta bölayapti ! fokuschi (28 Jul 2018 00:17) Biz tomondа mаrs ko'rinmаyаpti MADERN (28 Jul 2018 00:17) DÖSTLAR 95% BÖLDI ! Zokir (28 Jul 2018 00:28) To'liq qoplandimi?
Hali davom etamiz shekilli. Soat 2 da oy soyadan chiqa boshlarkan. 3 yarimgacha Ashurov (28 Jul 2018 01:01) To'liq qoplanib, qizarib turibdi BOY BOLA (28 Jul 2018 02:05) Rossiyada yo'qku oy ?
[b]32 sekund dan so'ng qo'shdi...[/b]
Ko'rinmayapti hech qayerda REYXAN (28 Jul 2018 06:33) Bu habarni eshitmay qolibmanu essiz soat 1:50.da uxladim lekin bu hodisani ko'rmay eshitmay qolibman. WaP_MaSTeR (28 Jul 2018 06:39) Nima bøldi. NexiaUz (28 Jul 2018 06:51) E daxshat bo'ldi oy qizil rangda hech kim rasmga omadimi? Ashurov (28 Jul 2018 07:03) [b]NexiaUz,[/b] Kechqurun rasmga oladigan zamonaviy telar yoq, hammada java :gg: Forever_Young_Tekillabooom (28 Jul 2018 08:14) QozoÄŸistonda edim daxshat korindi uyqudan kechdim ammo maza qildim endi esa ishda juda uyqu kelyapti
[b]44 sekund dan so'ng qo'shdi...[/b]
MARS ZOR KORINDI ENDI NASIB QILSA QUYOSH TUTILISHINI KORISH MAQSADIM BOR QIROLUS (28 Jul 2018 08:39) Man sezmabman aytmaysizlarmiye UmA (28 Jul 2018 08:42) Menda rasmlari boridi l.n uncha sifatlimas :D
Ohirigacha tomosha qildim :grin:
Potograpligim tutib shuni olishga ulgurib qoldim :gy: Brigand (28 Jul 2018 09:30) Sizlar uchun netdan izlandim! Topganlarim shu :) RM_FANAT (28 Jul 2018 12:33) [b]MADERN,[/b] Siz Buxorolikmisiz Zenit (28 Jul 2018 12:51) Manam bu hodisani ko'rdim RM_FANAT (28 Jul 2018 12:53) Essiz Men korolmadim Uxlab qolibman oy tutilishi taxminan 23:35 larda boshlangan shundaymi BrauZer (28 Jul 2018 13:16) --Javob-- RM_FANAT (28 Jul 2018 12:53): Essiz Men korolmadim Uxlab qolibman oy tutilishi taxminan 23:35 larda boshlangan shundaymi ---------- [b]RM_FANAT,[/b] Ha QIROLUS (28 Jul 2018 13:29) Manham uxlavotuvdim :lol: Brigand (28 Jul 2018 13:48) Afsus. Men ham shunday hodisani ötkazib yuboribmana. :(
Agar bu narsa haqida kecha xabar topganimda aniq ötkazib yubormasdim. Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/3/9/2727/