1. As_Master (M) (298) [off]
|
TXT |
8| 14 Sep 2019, 16:28
Hurmatli abituriyentlar, har doim iyul—avgust oylarida o‘tkaziladigan OTM imtihonlari, 2020-yil 5 ta fandan bo‘lishi rostmi? Agar shunday bo‘lsa, bu imtihon jarayoni qanday bo‘ladi, degan gap-so‘zlar abituriyentlar orasida muhokamaga sabab bo‘lmoqda.
Avvalo shuni bilish kerakki, bu imtihon jarayonida o‘tkaziladigan sinovlar majburiy fan va ixtiyoriy fanlarga bo‘linadi. Masalan, tabiiy fanlar yo‘nalishida tarix (faqat O‘zbekiston tarixi), ona tili (adabiyot yo‘q) va matematika majburiy fan bo‘lsa, kimyo, biologiya ixtiyoriy fan hisoblanadi.
DTMdagi ishchi guruhning aytishicha, bu jarayonda ixtiyoriy tanlangan ikkita fandan 60 ta test, majburiy fandan 10—15 tadan, jami: 30—45 ta test bo‘lishi ma’lum bo‘ldi.
Siz qanday fikrdasiz?