Mavzu: AQSh Shimoliy Koreya hakerlariga nisbatan sanksiya (UMUMIY BO'LIM/Mahalliy yangiliklar) As_Master (14 Sep 2019 16:30) AQSh Moliya vazirligi Shimoliy Koreyaning uchta hakerlar guruhini — Lazarus Group, Bluenorff hamda Andariel’ni sanksiyalar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘ydi, deb xabar beradi Meduza.
Ushbu guruhlar 2017-yilning bahorida butun dunyo bo‘ylab yuz minglab kompyuterlarga zarar yetkazgan WannaCry ta’magir virusini yaratishda gumonlangan. Ushbu virus kompyuterning qattiq diskidagi ma’lumotlarni shifrlab, uning egasidan 300 dollar miqdorida bitkoin talab qilgan.
AQSh hukumatining ma’lumotlariga ko‘ra, guruhlar to‘g‘ridan to‘g‘ri Shimoliy Koreya rahbariyatiga bog‘liq. Biroq Pxenyan Vashingtonning WannaCry kiberhujumlari uchun javobgar ekanligi haqidagi ayblovini rad etgan edi. Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/3/9/3462/