Mavzu: Samsung
1. shax4566 (M) (42) [off] | TXT | 4| 23 Jan 2017, 22:23
Samsung korporatsiyasi Galaxy Note 7 smartfonlarini ishlab chiqarishni to‘xtatish haqidagi qaror tufayli 19 milliard dollar yo‘qotishi mumkin. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.


Foto: Daily Mail
Nashr ekspertlarining ta’kidlashicha, kompaniya Galaxy Note 7 ni chiqarishni to‘xtatishdan 17 milliard dollar miqdorida zarar ko‘rishi mumkin.

Agar foydalanuvchilar ishlab chiqarilgan barcha smartfonlarni qaytarib bersa, har bir smartfon uchun o‘rtacha 850 dollar tovon puli to‘lanadi. Shu tariqa Samsung bundan yana 2,2 milliard dollarga yaqin zarar ko‘radi.

Daily Mail manbasining ta’kidlashicha, korporatsiya ichki tekshiruvi natijalariga ko‘ra, smartfonlarning yonib ketishiga akkumulyatorlar sabab bo‘lgan. Samsung rasmiy natijalarni 23-yanvar kuni chop etishi kutilmoqda.



Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 smartfonlari alangalanishini o‘rganishni yakunladi. Qurilmalarni qaytarib olishga sabab bo‘lgan muammo sifatida akkumulyatorlarni loyihalash va qurilmani yig‘ish texnologik jarayonidagi nosozliklar ko‘rsatildi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.


Foto: EPA
“200 mingdan ortiq qurilma va 30 ming akkumulyator tekshirib ko‘rildi. Galaxy Note 7 apparat va dasturiy qismi, yig‘ish, sifat nazorati va savdo nuqtalariga yetkazish jarayoni sinchiklab ko‘rib chiqildi”, — deya ma’lum qildi kompaniya vakili.

Samsung mutasaddilari nosozlik uchun aybini tan oldi va qurilmalar sifati nazorati borasida yangi talablar joriy etilganini bildirdi.
2. Timur Bek (2) [off] | TXT | 4| 23 Jan 2017, 22:24
Samsung barbir yaxshi
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 755
Mavzuga oid xabarlar soni: 2 ta
So'ngi faollik vaqti: 23 Jan 2017, 22:24
Mavzuni ko'rishgan: 4 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 360 (0/360)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru