JAMIYAT VA INSON
|
Salomatlik
|
Mavzu:
Erkaklar salomatligi uchun maslahat
Mavzu fayllari
(0)
Erkaklar salomatligi uchun yana bir xavf ma'lum bo'ldi. Bu haqda Germaniyaning Shlezvig-Golshteyn universiteti mutaxassislari ma'lumot bermoqda. Unga ko'ra, bo'yinbog'ni siqib bog'lash gipertenziya (arterial qon bosimi) va miyaning kislorodga to'yinmasligi xavfini oshiradi. Tadqiqotda 30 nafar erkak qatnashgan, ular magnit-rezonansli tomografiyadan (MRT) o'tkazilgan. Ishtirokchilarni ikki guruhga bo'lingan. Bir guruh ishtirokchilariga bo'yinbog'ni biroz noqulaylik darajasida siqib bog'lashlari so'ralgan. Ikkinchi nazorat guruhiga esa bo'yinbog' berilmagan. Kuzatishlar natijasida bo'yinbog' taqqan erkaklarning miya qon aylanishi uni taqmagan erkaklarga nisbatan 7,5 foizga yomonlashgan. Shu bilan birga olimlar bo'yindan o'tuvchi, miyaga qon etkazib berishga xizmat qiluvchi vena tomirlaridagi qon oqimida qanday o'zgarishlar bo'lishini aytmagan. Tadqiqotchilarning fikricha, qon bosimi bir maromdagi odamlarda qon oqimining kamayishi salomatlikka zarar etkazmaydi. Biroq, chekuvchi, qari va gipertenziyasi bo'lgan odamlar bo'yinbog' bog'lasa, qon bosimi ko'tariladi va miyaga kislorod etishmasligi natijasida gipertenziya keskinlashadi va ko'ngil aynishi, bosh og'rig'i, bosh aylanishi yuzaga keladi. Manba: Qalampir.uz
Yuklab olish
Onlayn 235 (0/235)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa