Mavzu: Psixologiyaning predmeti
1. Black-Jack (M) (144) [off] | TXT | 17| 7 Jul 2018, 14:53
Psixologiya fanining predmeti. «Psixologiya» so’zi ikkita grek so’zlaridan – «psyche» – jon, ruh va «logos» – ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni va o’z- o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika – bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli (ba’zan ongsiz ham) tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, his qilishimiz, tasavvur qilib, anglashimizni ta’minlaydi. An’anaviy ta’riflarda psixologiya fan sifatida ana shu «psixikaning faktlarini, qonuniyatlarini va mexanizmlarini o’rganadi», – deb ham bayon etilgan. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’g’ri bo’ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador hodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma-xilki, biz ba’zan o’z-o’zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan ob’ektiv hodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallash, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatidan samarali foydalangan holda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan boxabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va hodisalarning mohiyatini bevosita his qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga aloqador bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ro’y berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan biri bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu xatti- harakatlarini bevosita ko’rib, baholab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan his qilayotgan mehrimizni, uzoq ko’rishmay qolganimizda uni sog’inayotganligimiz bilan bog’liq hisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga o’xshash holatlar psixologiya o’rganadigan hodisalar va holatlarning o’ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli hodisalardan farq qiladi. Shunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu hodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o’zaro bir-birlari bilan bog’liq va umumiy qonuniyatlar va prinsiplarga bo’ysunadi. Demak, qisqa qilib, psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari, amallari va faoliyatlarining o’ziga xos tarzda ongi tomonidan aks ettirilishidir, deb ta’riflash mumkin. Psixologiya fanining bugungi kundagi vazifalari, tabiiy, uning predmetiga biroz o’zgarishlar kiritadi. Zero, inson ongi va qalbi uchun kurash muammosi butun dunyo miqyosida dolzarb turgan masala sifatida qaralishini inobatga olsak, jamiyatimizning har bir a’zosi, mustaqil yurt fuqarolari ongining milliy- madaniy muhit ta’sirida, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllanishi, ular qalbida sof imon va sog’lom dunyoqarashlar, mustaqil fikrlashning shakllanishi mexanizmlarini o’rganish ham fanning muhim predmeti hisoblanadi. Ayniqsa, buguni yoshlarda aniq maqsad va maslakning bo’lishi, milliy iftixor va g’urur tuyg’ularining to’g’ri tarbiyalanganligi yaxlit xalq va millat manfaatlari bilan uyg’undir. Psixologiya fan sifatida aynan har bir shaxsda o’ziga, yurtdoshlariga, turli faoliyat turlari hamda dunyoga nisbatan to’g’ri munosabatlarni shakllanishi yo’llarini ham o’rganishi kerak. Aks holda yoshlar ongidagi o’zgarishlarni aniq bashorat qilolmaslik, ularni to’g’ri tarbiyalash vositalarini tanlashda xatoliklarni keltirib chiqaradi.
2. Ashurov (2636) [off] | TXT | 17| 7 Jul 2018, 15:00
Men shu fanga juda qiziqaman, haydovchilarga juda kerakli fan... nega?

chunki ko'p kishi bilan suhbatlashamiz... suhbat odobi, o'zimizni tutib turishimiz... Yana boshqalar...
3. Black-Jack (M) (144) [off] | TXT | 15| 7 Jul 2018, 15:51
Ashurov (7 Jul 2018, 15:00):
Men shu fanga juda qiziqaman, haydovchilarga juda kerakli fan... nega?

chunki ko'p kishi bilan suhbatlashamiz... suhbat odobi, o'zimizni• • •
OKO_CAyPOHA, to'g'ri lekin psixologiya hamma soxada, har ishda as qotadi.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2686
Mavzuga oid xabarlar soni: 3 ta
So'ngi faollik vaqti: 7 Jul 2018, 15:51
Mavzuni ko'rishgan: 17 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 233 (0/233)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru