Mavzu: “Bibixonim”ning davomi suratga olinishi mumkin
1. Mywm (M) (274) [off] | TXT | 3| 24 Apr 2017, 14:04
O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Sardor Rahimxon yaqindagina yangi “Bibixonim” qo'shig'i va unga ishlangan tarixiy videoklipni xalqimiz hukmiga havola qilgan edi.
Muxlislar tomonidan ijobiy fikrlar bilan qarshi olingan ushbu ijod mahsuli qisqa fursatda tomoshabinlar qalbini zabt etdi. Klip xalqimizga shu qadar manzur kelgan ekanki, omma tomonidan klipning davomini suratga olish taklifi bildirilmoqda.
Sardor Rahimxonning ma'lum qilishicha, uning o'zi ham klipni birinchi bor tomosha qilganida rejissyorga shu ertakning davomini ko'rishni istashini aytib o'tgan. Hozirda xonanda shu mavzu borasida bosh qotirmoqda.
Klipni davomini suratga olish kerakmi yoki? U ushbu savol bilan muxlislariga ham ijtimoiy tarmoqlar orqali murojaat qildi. Bu bilan u xalqimiz fikrini ham yaqindan o'rganib, bir qarorga kelish niyatida. Siz nima deysiz? Klipning davomi tasvirga tushirilishini istarmidingiz?
Agar ushbu video asardan hali ham bahra olmagan bo'lsangiz hoziroq tomosha qiling va o'z fikringizni yozib qoldiring.
2. BAXABEK (1162) [off] | TXT | 3| 24 Apr 2017, 19:33
PodForumni tog'ri tanlab oching!
Kegingisi ban bo'ladi.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1218
Mavzuga oid xabarlar soni: 2 ta
So'ngi faollik vaqti: 24 Apr 2017, 19:33
Mavzuni ko'rishgan: 3 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 255 (0/255)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru