1. Shahzodbek (M) (239) [off]
|
TXT |
11| 13 Jan 2020, 16:04
Xatiko 1923-yil noyabr oyida Yaponiyaning Akita shahrida tug‘ilgan. U tug‘ilgani zahoti professor Xidesaburo Uenoga sovg‘a sifatida topshirilgan. Shu professor uni Hatiko deb nomlagan.
Xatiko “sakkizinchi” degan ma’noni bildiradi. Chunki Xatiko professorning it saqlash ketma-ketligida sakkizinchisi bo‘lgan.
Hatiko juda sodiq bo‘lgan. U har kuni o‘z xo‘jayinini ishga kuzatib qo‘yib, har kuni bir xil vaqtda, bir xil joyda yana xo‘jayinining ishdan qaytishini kutib o‘tirar edi. Xatikoning sodiqligi sababli Akita shahrining barcha itlarini u kabi sodiq do‘st deb atashadi.
1925-yilning mayida professor yurak hurujidan vafot etadi. O‘shanda Xatiko yarim yoshga kirgan edi. Xo‘jayinining vafotidan so‘ng ham Xatiko uni kutishda davom etadi. U xuddi avvalgidek “Sibuya” stansiyasiga kelib kechgacha xo‘jayinini kutar, o‘zi yashagan uy qulflab qo‘yilgani sababli kechalari uyning tomiga chiqib uxlar edi.
Professorning qarindoshlari Xatikoni tashlab qo‘yishmaydi. Lekin, u baribir har kuni o‘z xo‘jayinini kutishda davom etaveradi. Temir yo‘l stansiyasida ishlaydigan ishchilar, sotuvchilarning hammasi bu sodiq it haqida bilshardi.
1932-yil Xatiko butun Yaponiya bo‘ylab mashhurlikka erishadi. U xo‘jayinini 7 yil har kuni bir stansiya, bir xil paytda kutganligi haqida gazetalarda yozishadi. Shundan so‘ng haqiqiy do‘st – Xatikoni ko‘rgani odamlar hamma yerdan “Sibuya” stansiyasiga kela boshlashadi.
Xatiko vafot etgunicha – 9 yil xo‘jayinining qaytishini kutib yashaydi. Uning o‘lgan kuni butun Yaponiyada motam kuni deb e’lon qilinadi.1934-yil Jahon urushi uchun qurol- aslahalarga metal kerak bo‘ladi va Xatikoning sharafiga o‘rnatilgan haykalni buzishadi. Lekin, haqiqiy do‘stning sodiqligini unutmagan yapon xalqi Jahon urushi tugashi bilan uning nomiga qayta haykal o‘rnatishadi.
Hozirda Xatiko haykali sevishganlar uchun uchrashuv joyi hisoblanadi. Xatiko va uning tarixi esa sevishganlarning bir-birlariga sodiqligi hamda haqiqiy muhabbati ramzi ma’nosini bildiradi.
1987-yil Xatikoning 50 yilligi sharafiga ishlangan film premyerasi bo‘lib o‘tadi. Film itning insonga sodiq do‘stligi haqida so‘zlaydi. Shu yili shu filmning amerikaliklar ishlagan turi ham namoyish etiladi. U millionlab insonlarning qalbini zabt etadi.
6. Mahmudjon_BEST (533) [off]
|
TXT |
5| 14 Jan 2020, 16:00
Dima Muratov (14 Jan 2020, 00:43):
Film stenariysi real xayotdan olingan deb eshitgandim.
Dima Muratov, Ha, real hayotdan olingan, shuning uchun xam tasirli chiqqan
59 sekunddan so'ng qo'shdi...
Dima Muratov, Ha, real hayotdan olingan, shuning uchun xam tasirli chiqqan