Mavzu: Otabek Mutalxo`jayev
1. Arey (M) (1999) [off] | TXT | 10| 11 Aug 2018, 21:37
Otabek Mutalxo'jayev1984-yil 18-iyul kuni Toshkent shahrida san-atkorlar oilasida tavallud topdi. Maktabdan so-ng Toshkent Davlat Texnika Universitetining "Neft va gaz" fakultetini tamomladi. Otabek Mutalxo'jayevning bobosi o'zbek klassik maqom qo'shiqlari ijrochisi Fayzulla Mutalxo'jayev bo'lgan. Kichkinagina nabirasini oldiga olgan Fayzulla ota Mutalxo'jayev Otabekni bog'chaga boradigan vaqtlaridanoq unga qo'shiq aytish sirlarini o'rgata oldi. Xonanda ijodini 2004-yildan boshladi desak ham bo'ladi. Xit taronasi – "Xazon", "Sevar yorim" va "Netayin" qo'shiqlaridir. Hozirgi kungacha xonandaning 35dan ortiq qo'shiqlari, 20dan oshiq kliplari hamda 2 "Xazon" va "Boriga baraka" nomli albomlari bor. Otabek Mutalxo'jayev qo'shiq kuylabgina qolmay, balki NTT telekanalida "25 kadr" kinoko'rsatuvi boshlovchisi, hamda ko'pgina filmlarda bosh rol ijrichisi hamdir. 2006-yilda "Yangi yil" bayramiga bag'ishlab "Olovuddinning sarguzashtlari" musiqiy filmida bosh rol ijrochisi bo'lgan. Bundan tashqari rejissyor Dilmurod Mirxidoyevning "Lola", "Sehrli uzuk", Melis Abzalovning "Sirli sirtmoq", Tal'at Mansurovning "Madina" filmlarida bosh rollar ijrichisi bo'lgan. 2007-yil Otabek Mutalxo'jayev "Nihol" mukofoti sovrindori bo'lgan. 2009-yilda M&TVA AWARDS taqdomotida "Yilning eng yaxshi erkak qo'shiqchisi" nominanti bo'lgan. Hamda shu yili "Istiqlol" san'at saroyida "Sevar yorim" konsert dasturini, 2008-yilda esa Fond Forumning "Biz bir jamoamiz" loyihasi ishtirokchisi hamdir. Xonanda O'zbekiston hududining barcha viloyatlarida gastrol konsertlarida, shuningdek bolalar uylari, nogiron bolalar va qariyalar sihatgohlarida hayriya konsert dasturlarini namoyish etib kelmoqda. Xonanda kompozitorlar Dilshod Maxkamov va Farruh Badalboyev hamda shoirlardan Dilshod Maxkamov, Bobur Bobomurod va Muhammad Ismoillar bilan birgalikda ijod qilmoqda. Xonandaning xobbilariga kelsak, sport turlarining suzish hamda chang'i uchishga juda qiziqadi. Ijoddan bo'sh vaqtlarida esa dunyo kinomotografiya va dunyo estradasini o'rganadi, hamda bouling va pleysteyshnni kanda qilmaydi.
2. Barnomasoz (8) [off] | TXT | 5| 12 Aug 2018, 08:36
Xabar BahhTeeUz tomonidan o'chirilgan.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2763
Mavzuga oid xabarlar soni: 2 ta
So'ngi faollik vaqti: 12 Aug 2018, 08:36
Mavzuni ko'rishgan: 10 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 214 (0/214)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru