INTERNET VA DASTURLASH
|
SEO ommalashtirish
|
Mavzu:
SEO ni siz ham o'rganing! # 1
Mavzu fayllari
(0)
Bir narsani aytib o`tish, qarzim deb bilaman. Iltimos akalar, agar saytingiz faqat "tajriba" uchun ochilgan bo`lsa, qidiruv tizilimlaridan ro`yhatdan o`tkazmaganingiz ma`qul. Birinchidan bekorga urinish, ikkinchidan saytingiz mazkur tizim katalogiga qo`shilmasligiga sabablar ko`p. Ulardan eng asosiysi va birinchisi bu saytingiz unikal emasligi. E`tibor beringa, atrof to`la tanishuv saytlari va yuklamalar. Eng qizig`i saytlardagi skriptlar bir xil, ba`zida dizaynlar ham. Skriptlaringizni tekin hostingga o`rnatib, tekinga .tk domen olasiz va saytingizdan yuqori marralarni kutasiz. Ishoning, saytingizda bir vaqtda 100 ta odam onlayn bo`lsa, hosting admini saytingizni ishini to`xtatib qo`yadi. Chunki tekin xostinglar katta zo`riqish bilan ishlay olmaydi. Zo`riqishga bardoshli tariflari esa pullik. Shu sabab, eksperimentlar uchun ochilgan saytni ro`yxatdan o`tkazmasangiz ham bo`ladi. :koz:
Yuklab olish
Onlayn 276 (0/276)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa