Mavzu: WooCommercening WebMoney imkoniyatlari
1. Prince_Abdul (M) (1196) [off] | TXT | 6| 3 Oct 2017, 21:56
WooCommerce WordPress tizimida ishlashga mo’ljallangan, savdo sayti imkoniyatini yaratuvchi plagin hisoblanadi. Bu plagin yordamida saytingizda chiroyli ko’rinishga ega bo’lgan, harid qilish uchun qulay, o’ziga xos tizimli tarzda namoyish etiladigan mahsulotlar savdosini yo’lga qo’yishingiz mumkin. WooCommerce

https://wordpress.org/plugins/woocommerce/
dunyo bo’ylab juda ko’p saytlarda (3 milliondan ortiq) ishlatilishi sababli, u turli tillarga allaqachon tarjima qilingan.
Savdo saytlarini to’lov tizimlarisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Albatta, sotiladigan har bir mahsulot uchun to’lov amalga oshirilishi kerak. Internetdagi savdolar esa qulay, ishonchli va bir lahzada natija berish imkoniyatiga ega bo’lgan to’lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. WooCommerce

https://wordpress.org/plugins/wc-webmoney/
plagini dunyoga mashxur to’lov tizimlarining deyarli barchasi bilan to’liq integratsiya qilingan.
MDH davlatlari va O’zbekistonda xalqaro elektron tizim sifatida ko’p foydalaniladigan WebMoney

https://www.webmoney.ru/
to’lov tizimi ham WooCommerce plaginiga to’liq integratsiya qilingan. WooCommerce WebMoney plagini yordamida saytingizdagi do’konni WebMoney tizimi orqali savdo qilishga osonlik bilan moslab olishingiz mumkin. Ingliz tili bilan yaxshi kelisha olmaydigan foydalanuvchilar uchun bu plaginning rus tilidagi yordam ma’lumotlari ham bor.
Ushbu maqola WooCommerce plaginini WebMoney tizimi yordamida ishlatishni istovchi foydalanuvchilar uchun eslatma tarzida yozildi.


Azamat.uz saytidan
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1923
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 3 Oct 2017, 21:56
Mavzuni ko'rishgan: 6 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 160 (0/160)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru