8.MasterLeo(M)(527)[off]
| TXT | 28| 17 Sep 2017, 15:28
Davomi ...Menimcha tushunarli bo'ldi. Endi punktuatsiyaga ham to'xtalib o'tsam, phpning o'z imlo qoidalari mavjud bo'lib, bu qoidalarga amal qilinmagan taqdirda server buyruqlarga javob berishdan bosh tortib, brauzerga oppoq sahifani jo'natib yuboradi. Shu sababli ham imlo qoidalariga doim amal qiling:
Birinchi navbatda apostrof (') belgisidan ehtiyot bo'ling, agar bu belgi kerakli joyda yozilmay qolsa yoki keraksiz joyda foydalanilsa, bu xatolik degani. O' harfini ifodalashda O' usulidan foydalaning, chunki apostrof belgisi "value"ning boshlanish va tugash nuqtalarini belgilab beradi. Masalan:
echo 'Salom dunyo!';
bu holatda brauzerga yuklanadigan so'zning boslanish va tugash nuqtalari apostrof bilan belgilangan. Lekin agarda:
echo 'Dunyo go'zal!';
deb yozsangiz, server boshlanish nuqtasini aniqlab, lekin tugash nuqtasi qaysi biri ekanini anglay olmay qoladi va bu ham xatolik keltirib chiqaradi.
Apostrofga olingan "value"ning ichiga php buyruq, o'zgaruvchi va hokazo yozilgan taqdirda uni ikki tomonidan apostrof va nuqta bilan ajratishni unutmang: