1. BahhTeeUz (M) (4800) [off]
|
TXT |
32| 1 Oct 2017, 05:36
Require va include ning farqi nimada?
Umuman olganda bizning dasturlashimiz uchun eng kerakli bolgan funksiyalar bu require va include xisoblanadi. Ushbu funksiyalar skriptga boshqa skriptni biriktirish uchun xizmat qiladi. Lekin xech o`ylab ko`rganmisiz bu funskiyalarning nima farqi borligini ? axir ikkalasi ham bir xil vazifani bajaradiku!. Bir xil vazifani bajarishiku to`g`ri lekin ularning orasidagi farq juda katta. Misol uchun siz index.php ga head.php ni biriktirmoqchisiz :
1-usul
<?
include(‘head.php’);
echo ‘index sahifa’;
?>
2- usul
<?
require(‘head.php’);
echo ‘index sahifa’;
?>
Har ikki holatda ham script bajariladi LEKIN SIZDA head.php FAYLI MAVJUD BO`LMASACHI? U holda include orqali biriktirilgan holatda script xatolik bor joyda o`z ishini to`xtatadi!
Require orqali bajarilgan skriptda esa xatolik haqida habar beriladi va script oz ishini davom ettiraveradi(ekranga index sahifa yozuvi chiqadi).
Ana sizga farqi include xatolik bor joyda o`z ishini to`xtatadi require esa XATOLIK HAQIDA XABAR BERIB keyin script ishini davom ettiraveradi.
Yana bir ajoyib funksiya bu require_once() va include_once() ko`pchilik boshlang`ich dasturchilar bularni require va includedan farqini unchalik ajrata olishmaydi lekin agar shu funksiyalar bo`lmaganda edi johncms ni boshqatdan yozib chiqishga to`g`ri kelardi. Nega deysizmi ? mana yaqqol misol:
Sizning functions.php faylingizda 3 ta funksiya bor
1)func1()
2)func2()
3) func3()
Fnc.php faylingizda esa 2 ta funksiya bor
1)func2()
2)func4()
Ya`ni sizda 2 ta func2 funskiyasi 2 ta faylda ham mavjud.
Endi siz shu ikkala funcsiyani ham bitta skriptda ishlatmoqchisiz va ularni oddiy usul bilan biriktirdingiz masalan require yoki include(farqi yo`q) va skriptni ishga tushirsangiz brauzerda xatolikga ko`zingiz tushadi u yerda 1 ta funksiya 2 marotaba tuzilgani haqida xatolik yozuvi turadi. Lekin siz baribir shu funksiyalarni bitta faylda ishlatishingiz kerak. Bir turdagi odamlar kerakligini bitta faylga yig`gin deyishi mumkin lekin funcsiyalar juda ko`p bo`lsachi ? u holda sizga require_once va include_once yordamga keladi. Require_once yoki include_once orqali fayl biriktirilganda funskiya 100 marotaba 5 xil faylda uchragan bolsa ham xatolik yuzaga kelmaydi!!! Chunki require_once yoki include_once aynan shuning uchun ishlab chiqilgan. Yana bir savol tug`ilishi mumkin require_once va include_once ni nima farqi bor deb ularni farqi huddi oddiy require va include dek.
E`tibor uchun rahmat!
Manbaa: uzmob tarixidan