Mavzu: Saytga hujumlar
1. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 91| 2 Jun 2017, 18:38
Salom bu mavzu saytlarga bo'ladigan hujumlar va agar bilsak ularni bartaraf etish yo'llari haqida muhokama qilamiz.
P/S: bu saytda shuni qilsa bo'ladimi, meni bu saytimni tekshirib bering kabi xabarlar bo'lmasin!
2. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 91| 2 Jun 2017, 18:39
DoS (Denial of Service) – xujum qilinayotgan server (nishon) ni faoliyatini vaqtinchalik to’xtatib qo’yish. Bunda xujum qiluvchi nishondagi (target) mavjud xatoliklardan foydalanib unga maxsus noto’gri so’rovlar orqali murojat qilib buffer to’lishini (buffer overflow) ni yuzaga keltiradi. Yana bir usuli nishonga to’xtovsiz juda ko’p so’rovlar jo’natish (flood – so’rovlar bilan bombardimon qilish) orqali ham amalga oshirilishi mumkin. 1-usulda serverdagi script xatosidan foydalanib, unga qing’ir so’rov jo’natib sistemada kritik xatolik (ruxsat etilmagan xotira adresiga murojaat kabilar) yuzaga keltiriladi, server ishdan to’xtaydi. Ushbu usulda serverdagi xatolikni topish talab qilinadi. Misol uchun, serverda foydalanuvchini FIO sini so’rovchi va kiritilgan FIO asosida biror bir amal bajaruvchi dastur (script) ishlayapti deylik. Agar so’ralgan FIO ni o’rniga 100000 belgidan iborat belgilar ketma-ketligi jo’natilsa va dasturda uni uzunligi nazorati ko’zda tutilmagan bo’lsa xatolik yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda to’liqroq tushunchaga ega bo’lish Buffer Overflow haqidagi maqolalarni o’qish tavsiya qilinadi. 2-usulda serverning biror ochiq portiga to’xtovsiz so’rovlar jo’natganda server ularni qayta ishlashga ulgurmaydi, ya’ni bir so’rovni qayta ishlayotgan paytda orqasidan yangi so’rov kelsa, yangi so’rov vaqtincha bufferga yozib turiladi. So’rovlar juda ko’p bo’lganda server boshqa klientlardan kelayotgan so’rovlarga javob qaytarolmay qoladi. So’rovlar qancha ko’p bo’lgani sari buffer ham kengayib xotirada katta resursni yeya boshlaydi, natijada serverning ishlashi juda sekinlashadi yoki umaman to’xtab qoladi. Agar serverni quvvati kichik bo’lsa unga kichik vaqt oralig’ida juda ko’p klientlar murojaat qilganda ham DoS yuzaga kelishi mumkin. Odatda xujum qiluvchi xujumni to’xtatishi bilan server yana o’z ishini davom ettirishi mumkin. Har ikkala xolatda ham serverni o’chirib yoqishga (perezagruzka) ham to’g’ri kelishi mumkin. Server (nishon)dan kelayotgan javobni qabul qilish jarayonida xujum qiluvchining o’zi “qotib” qolmasligi uchun xujum qiluvchi IP spoofingdan foydalanadi.
3. DangeR_BoY (18) [off] | TXT | 91| 2 Jun 2017, 18:40
BU XUJIMLARI KELIB CHIQISHI MANIMCHA BIR BIRINI KORALMASLIK
4. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 91| 2 Jun 2017, 18:41
DangeR_BoY (2 Jun 2017, 18:40):
BU XUJIMLARI KELIB CHIQISHI MANIMCHA BIR BIRINI KORALMASLIK
DangeR_BoY, ayrimlarda. Ayrimlarda esa bu raqobat deyiladi.
5. DangeR_BoY (18) [off] | TXT | 91| 2 Jun 2017, 18:44
MANI ESHITISHMCHA TAS-IX SAYTLARGAYAM XUJIM BULGAN DIB ESHITIM SHU ROSTMI BUNGA UZ DOMENDAGI SAYTLAR ULARI XAVSIZLIGI KIMLARNING QULIDA BIROR CHORA KURILADIMI
6. BahhTeeUz (M) (4797) [off] | TXT | 91| 2 Jun 2017, 18:49
DangeR_BoY (2 Jun 2017, 18:44):
MANI ESHITISHMCHA TAS-IX SAYTLARGAYAM XUJIM BULGAN DIB ESHITIM SHU ROSTMI BUNGA UZ DOMENDAGI SAYTLAR ULARI XAVSIZLIGI KIMLARNING QULIDA BIROR CHORA KU• • •
DangeR_BoY, tas-ix bu tizim. Uning saytlari oddiy sayt, hujumlarni aniqlash bu hosting egalariga bog'liq. Ularga chora ko'riladi albatta, agar aniqlay olishsa!
Raxmat aytdi (1): DangeR_BoY,
7. Mr ShaXRuX (580) [off] | TXT | 91| 2 Jun 2017, 21:15
Men qaysidir saytda ko'rdimda ddos dan himoya kodni!
Mana:) + yoki raxmat bilan qo'llab yuborganni ko'zi sog' bo'sin! Aniq ishlashini bilmayman lekin!:)
.
ddos dan himoya kodini
.htassecc ga yozamiz!
.
client_body_timeout 10;
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 1391
Mavzuga oid xabarlar soni: 170 ta
So'ngi faollik vaqti: 24 Dec 2019, 02:02
Mavzuni ko'rishgan: 202 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 170 (0/170)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru