INTERNET VA DASTURLASH
|
Sayt yaratishda yordam
|
Mavzu:
MySQL so'rovlar bo'yicha yordam
Mavzu fayllari
(1)
MySQL logotipi delfin hisoblanadi. Bu delfinni ismi «Sakila»dir. Bu logotipni OpenSource tuzuvchilaridan biri Ambrose Twebaze ga tegishlidir. MySQL juda ko‘p operatsion tizimlar bilan ishlay oladi. Bularni yozadigan bo‘lsam: AIX, BSDi, FreeBSD, HP-UX, Linux, Mac OS X, NetBSD, OpenBSD, OS/2 Warp, SGI IRIX, Solaris, SunOS, UnixWare, Windows 95, Windows 98, Windows NT, Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2000, Windows Vista, Windows 7,… MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo‘lgan, keyinchalik SUN firmasi MySQL ni o‘ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant korxonalardan biri Oracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft SQL Server ga katta raqobatdosh ekanligini anglatadi. MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, WAMP, AppServ, LAMP, Denwer,… Kliyentlar MySQL serveriga ma’lum bir kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi mumkin: Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va boshqalar. Manba. *esmda yöq *
Yuklab olish
Onlayn 254 (0/254)
Forumga a'zo bo'lish
Forumdan qidirish
Bosh sahifa