1. BahhTeeUz (M) (4800) [off]
|
TXT |
17| 1 Oct 2017, 04:20
Windows os da parol qo'yilgan? muammosiz!
Ushbu maqolada ko'pchilik bilsada, windows xp operatsion tizimini kirish parolini buzishni ko'ramiz.
Demak, parolni buzishlik uchun bizga Active password changer dasturi kerak bo'ladi buni biz Windows XP SP3 Chip o'rnatuvchi diskidan topishimiz mumkin, buning uchun avval shu diskni kompyuterga qo'yamiz, kompyuterni yoqamiz, BIOS dan Diskovodni 1-boot device qilamiz va bir ozdan so'ng ekranda quyidagi oynani ko'ramiz:
bu oynadan Chip Boot CD… ni tanlaymiz va bir oz kutganimizdan so'ng quyidagi oyna ochiladi:
ushbu oynada Active Password Changer (8- band) ni tanlaymiz, so'ng quyidagi oyna ochiladi:
Enterni bosib ishni davom etamiz:
bu oynada klavishadan 1 ni bosib, enterni bosamiz:
yana enter...ozgina vaqt kutganimizdan keyin, dastur windowsni parol saqlanadigan bazasi SAM database ni topadi:
enter tugmasini bossak, bizga ushbu windows ichidagi barcha polzovatellar haqidagi ma`lumot chiqariladi:
bizga kerakli user nechinchi raqamda turgan bo'lsa, shu raqamni klaviaturadan kiritamiz, mani misolimda bu User foydalanuvchisi, 1 raqami oldida turibdi, shuning uchun — 1 ni kiritib, enterni bosdim:
Password never expires qatoriga strelka yordamida kursorni olib chiqib, probelni bosib, X belgisini o'chiramiz, o'zgartirishni saqlash uchun Y tugmasini klaviaturadan bosamiz, yana bundan bitta oldingi polzovatellar nomi turgan menyuga qaytib chiqib qoladi, shu vaqt Ctrl+Alt+Del tugmalarini bir vaqtda bosib, perezagruzka qilamiz va windowsimizni yoqsak, parol kiritmasdan avtorizatsiyadan o'tishimiz mumkin bo'ladi