Mavzu: Kompyuterga fleshkadan windows o'rnatish (KOMPYUTER VA TEXNIKA/Kompyuter (Software)) Нарзулло (17 Aug 2018 07:56) Windows o’rnatish fayllarini diskdan fleshkaga to’g’ridan-to’g’ri ko’chirish va shu fleshka yordamida Windows o’rnatishga urinish ish bermaydi. Birinchi navbatda fleshkaga ko’chiriladigan Windows o’rnatish fayllarini
[b]DOS[/b] muhitida yuklanadigan qilish kerak bo’ladi. Buning uchun Windows o’rnatish diskini «qanday bo’lsa shundayligicha» [b]ISO[/b]
formatda nusxalashimiz kerak. Diskdan ISO formatida nusxa olishni ko’plab disk bilan ishlovchi dasturlar juda yaxshi eplay olishadi. Masalan, bunday nuxsalarni Nero yoki UltraISO yordamida ko’chirishingiz mumkin. Yodingizda bo’lsinki, ko’chirilayotgan [b]ISO[/b]
nusxasi «yuklanadigan» (zagruzochniy) bo’lishi kerak.

Ishlaydigan Windows o’rnatish diskini to’liq, yuklanadigan [b]ISO[/b] formatda nusxalab olganingizdan keyin [b]Windows DVD/USB Download Tool[/b] dasturini yuklab oling. Bu kichik xajmli, yengil dastur ishlatish uchun juda qulay. Dasturni yuklab olgach, uni o’rnating. O’rnatilgan [b]Windows DVD/USB Download Tool[/b] dasturini ishga tushiring va quyidagilarni amalga oshiring:

1. Birinchi qadamda avvaldan nusxalab olingan [b]ISO[/b] faylni [b]«Browse»[/b] tugmasi orqali dasturga ko’rsating va [b]«Next»[/b] tugmasini bosing.
2. [b]Kamida 4 gegabayt bo’sh joyga ega bo’lgan USB fleshkani[/b] kompyuterga ulang va
[b]Windows DVD/USB Download Tool[/b] dasturi oynasida USB Device tugmasini bosing. Bu orqali Siz kompyuterga ulangan fleshkangizga yo’l ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’lishingiz kerak.
3. Dastur [b]USB[/b] fleshkani format qilishni talab qilishi mumkin. Bunga rozilik bildiramiz. Yodingizda bo’lsinki, format qilinayotgan fleshkadagi barcha ma’lumotlar o’chiriladi. Agar fleshkada kerakli fayllaringiz bo’lsa, ularni format qilishdan oldin xavfsiz joyga ko’chirishni unutmang.
4. Formatdan so’ng dastur [b]ISO[/b] fayldan Windows o’rnatish fayllarini fleshkaga «yuklanadigan» qilib ko’chirishni boshlaydi. Sabr bilan kuting.
5. Fayllar ko’chirilishi muvaffaqiyatli yakunlangandan so’ng fleshkangizni olishingiz va undan istalgan kompyuterga fleshka orqali Windows o’rnatish uchun foydalanishingiz mumkin.

Fleshka orqali Windows o’rnatish tartibi disk orqali o’rnatish tartibi bilan bir xil: kompyuterni to’liq o’chirasiz, kompyuter yuklana boshlaganda fleshka orqali yuklashni tanlaysiz va Windowsning o’rnatish amaliyotlarini bosqichma-bosqich bajarasiz. Ba’zi kompyuterlar fleshkani ilk yuklash qurilmasi sifatida «tanimasligi» mumkin. Bunday holatning oldini olish uchun kompyuterning [b]BIOS[/b] sozlanmalarida ba’zi o’zgarishlarni qilish talab etiladi. Fleshkadan yuklay olmasangiz [b]BIOS[/b] sozlanmalaridagi
[b]«Boot sequence (priority)»[/b] tartibida fleshkani birinchi o’ringa chiqarib, qayta urinib ko’ring. Asil4ek (17 Aug 2018 09:59) Shunday mavzular ko'paymasligi uchun BOBUR blog yaratgan! Besthakker (14 Nov 2018 03:49) Noutbokim Bios ishlamay qoldi umuman biosga kirmayapdi nima qilsam bo'ladi asus degan noutbok Fanat_FCB (14 Nov 2018 10:14) Yana qaytib windows 10 sestima qiling Besthakker (14 Nov 2018 10:40) [b]Fanat_FCB,[/b] Qanday qilsam buladi Fanat_FCB (15 Nov 2018 16:29) [b]Besthakker,[/b] Hozir flishka qabul qilmaydimi? Besthakker (15 Nov 2018 16:43) [b]Fanat_FCB,[/b] Biosga qaytib kirdiz qanaqa kinopkalarni bosib kirdiz menda fn,f2,f12, larda kirip bumayapdi Prince_Abdul (15 Nov 2018 17:35) [b]Besthakker,[/b] F8 ni bosib koʼrdizmi BEKBEK (15 Nov 2018 17:42) Eng osoni diskdan windows ornatish disk yaxshi Fanat_FCB (15 Nov 2018 18:00) [b]Besthakker,[/b] Ochigi meb ham arang tugirlagandim F tugmalarini bosaverib Asus X55A noutbookim madeli Besthakker (15 Nov 2018 18:33) [b]Fanat_FCB,[/b] Qanaqa tugmani bosdiZ tugmani aniq topa olmayapman
[b]2177dan so'ng qo'shdi...[/b]
[b]Prince_Abdul,[/b] Ha bosib kurdim bumayapdi f8 bilan fn ham bosdim bumayapdi BEKBEK (15 Nov 2018 18:50) F2 tugamsini bosingchi biosga kirish uchun yoki capslok bilan delete tugmasini bosasiz
[b]58 sekunddan so'ng qo'shdi...[/b]
Capslok bilan deleteni ketma ket bosurong kompyuter yongandan Besthakker (15 Nov 2018 19:13) [b]BEKBEK,[/b] Siz aytganday qildim bumadi BEKBEK (15 Nov 2018 22:33) [b]Besthakker,[/b] Unda ustaxonaga obora qoling windows qilib berishadi Besthakker (15 Nov 2018 23:57) [b]BEKBEK,[/b] Ustagaham obordim bumadi biosga kirmayapdi qaysi kunopkadan kirishni bilmayapman itifoq (16 Nov 2018 00:16) [b]Besthakker,[/b] Модель ва номер йозинг мен йордам бераман Besthakker (16 Nov 2018 00:30) [b]itifoq,[/b] Madeli kompni orqasida yozilmagan model diganda hitoycha yozilgan
[b]2151dan so'ng qo'shdi...[/b]
[b]itifoq,[/b] Madeli kompni orqasida yozilmagan model diganda hitoycha yozilgan TJboy (16 Nov 2018 00:48) Lenovo kompimni cherez fleshka win 7 programma ustanovleniya qilayotgan paytimda qanaqadir drayver kerak degan yozuv chiqyapti

Nima qilish kerak bu vaziyatda

Qanaqadir drayver so'rayapti
[b]183dan so'ng qo'shdi...[/b]
Lenovo kompimni cherez fleshka win 7 programma ustanovleniya qilayotgan paytimda qanaqadir drayver kerak degan yozuv chiqyapti

Nima qilish kerak bu vaziyatda

Qanaqadir drayver so'rayapti Prince_Abdul (16 Nov 2018 07:09) [b]Besthakker,[/b] Men eski materinskaya platamda biosni chiqarishim uchun ctrl+alt+delete birdaniga bosib chiqarar edim faqat kaytayuklagichni bosgandan so'ng ularni bosib turish kerak

Ps. Kaytayukalagich- perezagruzka
[b]2152dan so'ng qo'shdi...[/b]
[b]TJboy,[/b] Windows fleshkaga o'tkazgan paytiz to'liq o'tmagan. Besthakker (16 Nov 2018 07:32) [b]Prince_Abdul,[/b] Str alt delete ni boshyapman kampyuterim uchib yonyapdi faqat boshqa hechnima bumayapdi Prince_Abdul (16 Nov 2018 19:28) [b]Besthakker,[/b] U holda bilmadim o'zim ko'rmasam aytolmayman qayerliksiz?? Besthakker (16 Nov 2018 19:50) [b]Prince_Abdul,[/b] Surxandaryo shohboz (20 Apr 2019 21:58) qayerga yozishni bilmadim xullas kompyuter shunaqa bo'lib qoldi c diskdagi xamma narsani ochirdim va perezagruzka bergandim nima qilish kerak endi Prince_Abdul (21 Apr 2019 09:44) [b]shohboz,[/b] C: diskda asosan windows dasturi o'rnatiladi. C: diskdagi barcha fayl va dasturlarni o'chirsangiz kompyuterda shu xatolik paydo bo'ladi.

Yaxshisi windowsni o'rnatishni bilsaz boshqatdan windows dasturni o'rnating yoki ustaga oboring.

Ps. Windows o'rnatish qiyin emas. :zor: Adhambek (25 Apr 2019 09:04) --Javob-- shohboz (20 Apr 2019 21:58): qayerga yozishni bilmadim xullas kompyuter shunaqa bo'lib qoldi c diskdagi xamma narsani ochirdim va perezagruzka bergandim nima qilish kerak endi ---------- [b]shohboz,[/b] Sistemani yangilash kerak. Windowsingizni qaysidir komponentlari o`chib ketgan shohboz (25 Apr 2019 15:37) [b]Adhambek,[/b] xa boldi xamma narsani ochirib boshqa bosdim shuni maslahat berishdi :zor: Glamour Boy (25 Apr 2019 20:10) Kompyuterga #1 postda keltirilgan programmadan tashqari UltraISO dega programma osonroq va chunarliroq programma yuklab olib ishlatib korila chunmasela chuntirib beraman Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/8/32/2788/