Mavzu: 2017 yilning eng qimmat 7 avtomobili (KOMPYUTER VA TEXNIKA/Avto-Olam) otaw (29 Apr 2018 15:35) 1. Uzoq kutilgan Lamborghini Huracán Performante Jyeneva avtoko'rgazmasida taqdim etildi. Uning 5,2 litr, 10 silindrli dvigateli 640 ot kuchini taqdim etadi.
275 ming dollar atrofida turuvchi avtomobil atigi 3 soniyada soatiga 100 km tezlikka erishadi.
2. Germaniyaning Mercedes-Benz kompaniyasi dunyodagi eng qimmat yo'ltanlamasni ishlab chiqdi. Bu Landaulet G650. Mart oyida Mercedes-Maybach qatorini to'ldirgan avtomobil 666,4 ming dollarga baholandi.
3. Yodingizda bo'lsa, Rolls-Royce Jyeneva avtosalonida haqiqiy olmoslar bilan jilolangan avtomobilni namoyish etgan edi.Kompaniya har bir avtomobilga mingtadan olmos to'g'ri keladigan bo'yoqni ishlab chiqdi. Diamond Stardust bo'yog'i bilan hashamatli Rolls-Royce Ghost ustki qismi bo'yaladi.Rolls-Royce bu bo'yoqning narxi qancha turishini ma`lum qilmagan bo'lsa-da, biroq Ghost 300 ming dollardan boshlanishi aniq. Avtomobil shaxsiy buyurtma asosida ishlab chiqilgan.
4. Ajoyib Ferrari 812 Superfast ham Jyeneva motorshousida namoyish etilgan edi. 6 litr hajmga ega 12 silindrli dvigatel 780 ot kuchiga ega.Uning eng yuqori tezligi soatiga 340 kmni tashkil etadi va 3 soniyada “yuz”ga chiqa oladi. Mashinaning aniq narxi noma`lum, ammo u 320 ming dollar turuvchi Ferrari F12 Berlinetta o'rnini egallashi aytilmoqda.
5. Ikkinchi avlod McLaren Super Series — ajoyib harakatlanish vositasi. Yangi McLaren 720S 4 litr, 8 silindrli, juft turbokuchaytirgichga ega dvigatel bilan jihozlangan. U avtomobilni 710 ot kuchi bilan ta`minlaydi.Mashina soatiga 341 kmgacha harakatlana oladi va 2,9 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqadi. Bloomberg agentligiga ko'ra, 720S 290 ming dollar atrofida sotiladi.
6. Mana bu mashinaga universal bo'lgani uchun past nazar bilan qarash kerak emas. Porsche Panamera Sport Turismo 6 silindr, juft turbokuchaytirgichga ega motor bilan jihozlangan. U 550 ot kuchi bilan ta`minlaydi.100 ming dollardan biroz arzonroq turuvchi universal 3,5 soniyada “yuz”ga chiqadi.
7. Va nihoyat, shu bahorda Lamborghini Aventador S 421 350 dollardan sotuvga chiqadi.Unga 6,5 litr, 12 silindrli dvigatel o'rnatiladi. U mashinani 730 ot kuchi bilan ta`minlay oladi. Aventador eng yuqori tezligi soatiga 250 kmni tashkil etadi.




Ashurov (5 Jun 2018 19:52) 2018 Da nima gap?? Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/8/58/2582/