Mavzu: avtomobil tarixi!!!
1. otash_akooo (M) (121) [off] | TXT | 5| 24 Aug 2018, 04:07
Avtomobil (avto ... va lot. mobilis — harakatchan) — dvigatel yorda-mida harakatga keltiriladigan relssiz transport vositasi. Yo‘lovchilar va yuk tashishga mo‘ljallangan.1751 — 52 y.larda Nijniy Novgo-rod gubernyasi (Rossiya) dehqoni Leontiy Shamshurenkov ikki kishi oyog‘i bilan yurgi-ziladigan "o‘ziyurar aravacha" qurdi. I. P. Kulibin bir qancha muhim mexanizm-larni, mas, uzatmalar qutisini taklif qildi. Bug‘ mashinasi paydo bo‘lgandan 131keyin ixtirochilar undan mexanik arava-da foydalanishga harakat qildilar.1769 — 70 y.larda fransuz harbiy muhandisi N. J. Kyuno artilleriya to‘plari uchun 3 g‘ildirakli bug‘ aravasi qurdi. Algliyada 1802 y.da Trevitnik bug‘ mashinasi o‘rnatilgan A. qurdi. 1830 y.da rus ustasi K. Yankevich bug‘ A.lariga temirdan yasalgan 100 dan ortiq gaz quvurli bug‘ qozoni o‘rnatishni taklif etdi. Akkumulyatordan tok olib ishlay-digan elektr dvigatelli A. lar bilan ham ko‘pgina tajribalar o‘tkazildi. Ichki yonuv dvigateli ixtiro qilingandan keyin A. lar muntazam rivojlantirila boshlandi. A.larga benzin va kerosin bilan ishlaydigan dvigatellar o‘rnatish bo-rasida turli mamlakatlarning ko‘pgina ixtirochilari ish olib bordilar. 1885 — 86 y.larda Germaniyada Daymler benzin bilan ishlaydigan dvigatelni mototsiklga, Bens esa uch g‘ildirakli A.ga o‘rnatdi. Temir g‘ildiraklar o‘rniga yaxlit rezina shinalar, 1890 y.dan esa pnevmatik re-zina shinalar ishlatila boshladi. Avto-mobilsozlik dastlab Fransiyada, so‘ngra AQSH, Germaniya va Yaponiyada rivojlan-di.O‘zbekiston mustaqillikka erishga-nidan so‘ng avtomobil sanoati rivoj-langan mamlakatlar qatoriga qo‘shildi. Asaka shahri (Andijon viloyati) da Janu-biy Koreyaning DEU korporatsiyasi bilan hamkorlikda barpo etilgan "O‘zDEU avto" qo‘shma korxonasida 1996 y.dan boshlab "Neksiya", "Damas" va "Tiko" yengil avtomobillari ishlab chiqara boshlandi. 1999 y.da Samarqandda ishga tushgan "SamKochAvto" o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi M23.9, M24.9, M29 rusumli avtobuslar va 35.9, 65.9, 80.12, 85.12, 85.14 rusumli har xil yuk avtomobillari ishlab chiqaradi (qarang Avtomobil sanoa-ti).A. turlari. A. ning transport, maxsus va poygaga muljallangan xillari bor. Transport A.lari yengil A., avtobus va yuk A. larga bo‘linadi. Maxsus A. ma’lum ishlar uchun mo‘ljallanadi va tegishli uskunalar bilan jihozlanadi. O‘t o‘chirish, un tashish, sement gashish, sanitariya A.lari, axlat tashiydigan, avtokranlar, avtoyuklagichlar va boshqa maxsus A.lar shu-lar jumlasidan. Poyga A. sportda ishla-tiladi. Yengil A. 2 dan 8 tagacha o‘rinli bo‘ladi. Ular berk kuzovli (sedan va li-muzin), ochiq kuzovli (faeton) va ochila-digan kuzovli (kabriolet) bo‘lishi mum-kin. Yuk A. 0,25 t dan 100 t gacha va un-dan ortiq yuklarni tashiydigan kuzovli, tirkamalar, yarim tirkamalarni tortish uchun muljallangan kuzovsiz bo‘ladi. O‘tuvchanligi bo‘yicha tekis va qiyin yo‘llarda yuradigan, harakatlanuvchi qismning tuzilishi bo‘yicha g‘ildirakli, g‘ildirak-gusenitsali, yarim gusenitsa-li, pnevmatik galtakli va boshqa xillarga bo‘linadi.A. tuzilishi.
Ma'lumotlar
Mavzu id raqami: 2818
Mavzuga oid xabarlar soni: 1 ta
So'ngi faollik vaqti: 24 Aug 2018, 04:07
Mavzuni ko'rishgan: 5 kishi
» txt shaklida yuklab olish
» Mavzudagi yangi xabarlardan xabardor bo'lishni rad etish
www.uzmasters.ru Onlayn 195 (0/195)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru