Mavzu: Volkswagen birinchi seriyali elektromobilini taqdim etdi. (KOMPYUTER VA TEXNIKA/Avto-Olam) As_Master (12 Sep 2019 09:01) Qayd etilishicha, MEB kompaniyasining xususiy platformasida ishlab chiqilgan avtomobil tashqi ko‘rinishi bilan Volkswagen Golf’ni eslatadi.
Avtomobil uch xil variantdagi batareya bilan yetkazib beriladi: 45, 58, 77 kilovatt soat. Elektromobil akkumulyatorni bir marta quvvatlantirganda tegishli ravishda 330, 420 va 550 kilometr masofani bosib o‘tadi.
Shuningdek, mashina tez quvvatlantirish funksiyasiga ham ega. Yarim soat ichida avtomobilni 290 kilometr masofaga yetadigan quvvat bilan ta’minlash mumkin.
ID.3 salonida ovozli boshqaruvga ega raqamli priborlar paneli hamda 10 dyuymli sensor ekranli multimedia tizimi mavjud.
ID.3 bazaviy komplektatsiyada kamida 30 ming yevro (310 million so‘m) deya baholanmoqda. Avtomobilni yetkazib berish 2020-yilning o‘rtalaridan boshlanadi.
Manba: Daryo.Uz Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/8/58/3457/