Mavzu: 4-sentabr "Tanirovka" xaqida qonun... (KOMPYUTER VA TEXNIKA/Avto-Olam) As_Master (16 Sep 2019 09:15) Toshkent shahar IIBB «tonirovka» borasida ayrim muhim yangiliklarni ma’lum qildi.
4 sentyabrdan boshlab banklarda «tonirovka»ga ruxsat olish uchun ariza berish to‘xtatiladi.
Eslatib o‘tamiz, haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 39 ta tuman bank filiallarida avtomobil oynalarini qoraytirish uchun ruxsat olish imkoniyati yaratilgandi. Bu holat tonirovka narxi tushirilganidan keyin uzun navbatlar yuzaga kelishini oldini oldi.
Endilikda qo‘shimcha shoxobchalarga ehtiyoj qolmagan. Ertadan boshlab haydovchilar ruxsatnoma olish uchun faqat IIBBning bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkin.
Manba: zamin.uz Arey (17 Sep 2019 07:14) Birinchi qarashimda tatuirovka deb o'qibman :lol: Manba: https://www.uzmasters.ru/forum/8/58/3473/