Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Konor MacGregor haqida.
Konor MakGregor. Sportga qiziqqan borki, bu ism haqida eshitgan, biladi, janglarini tomosha qiladi. Bugun aynan Konor MakGregor haqidagi katta va qiziqarli maqolani etiboringizga taqdim etamiz. O'qib chiqing, ketgan vaqtingizga achinmaysiz.

Konor Entoni MakGregor - 1988 yilning 14 iyul kunida tug'ilgan. Aralash qoidalar jangchisi. "UFC"ning engil va o'rtaengil vazn toifalarida janglarda ishtirok etgan va sobiq chempion hisoblanadi.

"UFC"ning vazn toifasidan qati nazar tuziladigan reytingida 8-o'rinni egallab turibdi. "Sherdog" reytingi esa MakGregorni engil va o'rtaengil vazn toifalaridagi reytingida birinchi, vazn toifasidan qati nazar tuziladigan reytingida 8-pog'onani egallagan.

MMAdagi eng taniqli jangchilardan biri. Har bir jangi uchun gonorarni yuqori qo'yadi. 2016 yilning 20 aprel kunida u o'z tvitterida faoliyatini MMAda yakunlashini malum qilgandi. Biroq shundan bir kun o'tib, o'z xabarini o'zi rad etdi.

Bo'yi: 175 santimetr

Qo'lini yoyish uzunligi: 188 santimetr

Laqabi: The Notorious (yomon nom chiqargan)

Konor MakGregorning eng yaxshi nokautlar

Konor 1988 yilning 14 iyulida Dublin shahrida dunyoga kelgan. Dublinning Kramlin qishloqchasida yoshligini o'tkazgan. Aynan o'sha erda u sportga qiziqishni boshlagan va futbol bilan shug'ullangan. "Luders Seltik" tarkibida o'ynagan va "Manchester Yunayted" jamoasiga muxlislik qilgan.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 7 Jan 2019, 00:44
Muallif: @Facebook (7)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 6 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 144 (0/144)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru