Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Android Tellarini (Blakirovka)dan ochish usuli
Hayotda ba'zan inson xotirasi
pand berib qo'yadi. Himoya
uchun terilgan raqam yoki
belgilar esimizdan chiqib qolib,
telefonimiz eng kerakli
vaziyatlarda qulflanib qolsa nima qilamiz? Parolni olib tashlash yo'li
bormi? Ushbu maqola parolni
uchirish
haqida…
Birinchi usul (Eng oddiysi).
Blokirovka bo'lgan telefonga ko'ng'iroq qiling. Chaqiruvga
javob bering va «Home»
tugmasini bosing. Shunda
chaqiruv oynasi yopilib «Home«
ekranga qaytishi kerak. Shundan
so'ng “nastroyka”ga kirib grafik kodni o'chirib tashlang. Ikkinchi
usul
Agar smartfoningiz blokirovka
holatiga tushgan bo'lsa, Google
akkauntingiz orqali uni
muammosiz tiklash mumkin. Sizning akkauntingizga Gmail
pochta bog'langan bo'ladi. Gmail
pochtaning login hamda paroli
tiklash uchun kifoya qiladi. Kodni
5 marta noto'g'ri kiritilganidan
so'ng ekranga «keyinroq urinib ko'ring” degan yozuv chiqadi.
Ekranning pastki qismida esa
«Grafik kodni esdan
chiqardingizmi?” degan tugmani
bosish imkoniyati paydo bo'ladi.
Shu tugmani bosamiz. Qurilmada foydalanilayotgan Google
pochtaning login hamda parolini
kiritamiz. «Kirish” tugmasini
bosamiz. Endi sizda yangi grafik
kod qo'yish imkoniyati paydo
bo'ldi. Yangi kod qo'ying va bu safar qo'yilgan kodni eslab
qoling. Pastki o'ng burchakdagi
“Tasdiqlash” tugmasini bosib
ishni davom ettiring. Uchinchi
usul (barcha ma'lumot o'chib
ketadi). Eng ishonarli usul va 100 %
ishlaydi. Buning uchun siz
sozlamalarni to'liq bekor (polniy
sbros nastroek) qilishingiz kerak.
Bu «Hard Reset« deb nomlanadi.
Avval telefon yoki planshetni o'chiramiz. So'ng «Yoqish« + «+«
ovoz balandlatish + «Home»
klavishlarini bir vaqtda bosgan
holatda yoqamiz. Kutib turamiz.
Planshet yoki telefon tiklash
rejimi «Recovery Mode» da yonadi. Menyu ichidan Wipe
dаtа/factory reset bo'limini
tanlaymiz. So'ng Yes-Delete all
user deb tasdiqlaymiz. Jarayon
yakunlanishini kutib turamiz
hamda qurilmani o'chirib yoqamiz. To'rtinchi usul
(Ma'lumotlarni
saqlab qolgan holda, ammo
malakali foydalanuvchilar
uchun).
Buning uchun sizga kompьyuter hamda unga o'rnatilgan Android
SDK dasturiy ta'minoti, ADB
dasturi, telefon yoki planshetni
kompьyuterga ulash uchun USB
kabel kerak bo'ladi. Qurilmani
kompьyuterga ulang, kompьyuterdan «komandnaya
stroka«ga kiring.
(Windows XP bo'lsa Pusk -> cmd
yoki Pusk -> Nayti programmы i
faylы -> cmd). So'ng
qo'yidagilarni ketma-ket kiriting: adb shell
cd/dаtа/dаtа/
com.android.providers.settings/
dаtаbases sqlite3 settings.db
update system set value=0
where name='lock_pattern_autolock’;
update system set value=0
where
name=’lockscreen.lockedoutpermanently’;
.quit
Telefon yoki planshetni o'chirib yoqing. Uchirib yoqqaningizdan
so'ng
ekranda yana grafik kod paydo
bo'ladi. Tashvishlanmang – endi
blokirovkani ixtiyoriy kod bilan
ochishingiz mumkin. Beshinchi usul Shu maxfiy
kodlarni yozgan holda amalga
oshiriladi: *#7780# (yoki
*#*#7780#*#*)
/> —Factory Reset, Hard Reset
Diqqat! Barcha usullar sinalgan, ammo hammada ham 100%
ishlavermaydi.
P.S. Bu erda
erda keltirilgan metodlarni
qo'llash uchun telefon yoki
planshet «root» qilingan bo'lishi shart emas.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 8 Aug 2018, 08:44
Muallif: @QIROLUS (90)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 9 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 172 (0/172)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru