Bloglar | Foydali ma'lumotlar | MASHXUR OMMABOP XATOLAR
Hozirgi kunda zamonaviy ilm-fan yutuqlariga qaramasdan, atrofimizda kulguli va be'mani afsonalar yashashda davom etmoqda. Ularning ba'zilari haqida ma'lumotlar berib o'tamiz.

1. Quyosh sariq rangda.
Yer yuzidagi deyarli barcha insonlardan quyosh qanaqa rangda deb so'ralsa, ular “albatta sariq rangda”, deb javob berishadi. Lekin bu aslida xato fikrdir. Sayyoramiz atmosferasi bo'ylab o'tadigan nurlar tufayli quyosh bizga sariq rangda ko'rinadi. Aslida esa quyosh oq rangda.

2. Sahroiy kabr – dunyodagi eng katta cho'l.
Biz odatda cho'l deganda qumi ko'p va issiq bo'lgan joyni tushunamiz. Lekin aslida cho'l deb tekislik hisoblangan barcha joylar nazarda tutiladi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqadigan bo'lsak, dunyodagi eng katta cho'l Sahroiy kabr emas, balki cheksiz muzliklardan iborat bo'lgan Antarktida hisoblanadi.

3. Mobil aloqa sun'iy yo'ldosh orqali ishlaydi.
Bu afsona, navbatdagi ishga tushirilgan "aloqa yo'ldoshi" haqida keladigan SMS habarlar tufayli vujudga kelgan. Biroq, bu sun'iy yo'ldoshlarning mobil aloqaga hech qanday aloqasi yo'q. Aslida esa, sizning mobil qurilmangizdagi signal bir tayanch stansiyadan boshqa stansiyaga zanjir bo'ylab uzatiladi. Agar siz boshqa qit'a bilan ulansangiz ham aloqa fazo orqali emas, suv osti kabeli orqali paydo bo'ladi.

4. Buyuk xitoy devori – fazo orqali ko'rinadigan yagona texnogen ob'ektdir.
Bu afsona XVIII asrda tug'ilgan bo'lib, hatto shu kungacha ayrim geografiya va tarix o'qituvchilari tomonidan haqiqat sifatida ta'kidlanib kelingan. Biroq, bugungi kunda Buyuk xitoy devorini maxsus optik vositalardan foydalanmasdan turib, orbita orqali ham, oydan turib ham ko'rib bo'lmasligi isbotlangan. Bu xitoy devorining unchalik ham keng emasligi (maksimal 9,1 metr) va yer bilan bir xil rangda ekanligi bilan izohlanadi.

5. Yashin hech qachon bir joyga urmaydi.
Uradi. Ayniqsa, bu joy yerdan yuqorida joylashgan bo'lsa. Misol uchun, AQShdagi Empire State Buildingga yashin yiliga 100 marta uradi.

6. Yer shar shaklida.
Aslida esa yer mukammal darajadagi shar emas. Kundalik aylanishlar tufayli u qutblar tomon yassilashgan. Bundan tashqari, shuni qayd etish kerakki, qit'alarning balandligi turli xil, shuningdek, yer yuzasining shaklini fasllar deformasiyasi buzib ko'rsatadi. Qizig'i shundaki, yerning shaklini hisoblash uchun, koordinata tizimi uchun asos bo'lib xizmat qiladigan bir qancha yo'llar mavjud. Rossiyada esa "1990 yilning yer o'lchamlari" deb nomlangan original tizim ishlatiladi.

7. Everest - dunyodagi eng baland cho'qqi.
Bu gap nafaqat afsona, shu bilan birga unchalik aniq bo'lmagan ma'lumotdir. Gap shundaki, Everest agar uni dengiz sathidan boshlab hisoblansa, haqiqatdan ham dunyodagi eng baland cho'qqisidir. Agar hisob tog' etagidan boshlansa, eng baland tog' ko'p qismi suv ostida bo'lgan Mauna-Keya 10,203 metrli cho'qqisidir. Agar yer markazidan boshlab hisoblansa, "Eng baland cho'qqi" – Chimboraso cho'qqisi hisoblanadi.

8. Suv elektr uzatadi.
Har bir inson elektr va suv bir-biriga zid narsalar ekanligini biladi. Biroq, suv issiqlik o'tkazmaydigan izolyator material hisoblanadi. Suvda deyarli har doim elektr o'tkazish imkonini beradigan boshqa aralashmalar mavjuddir.

9. Vaznsizlik – bu tortishishning yo'qligidir.
Biz hammamiz xalqaro stansiya axborotlari orqali astronavtlarning vaznsizlik holatida turganini ko'rganmiz. Ko'pchilik odamlar buni fazoviy stansiyaning yerdan ancha uzoq masofada joylashganligi va u yerda tortishish kuchining yo'qligi tufayli shunday hodisa sodir bo'ladi deb o'ylashadi. Aslida esa 350 km balandlikda joylashgan stansiyada tortishish tezligi 8,8 m / s² bo'lib, yer yuzasidagiga nisbatan bor yo'g'i 10% pastdir. Vaznsizlik bu yerda fazoviy stansiyaning orbita aylanasi bo'ylab doimiy xarakati tufayli sodir bo'ladi, natijada astronavtlar hamma vaqt 7,9 km / s tezlik bilan olg'a yuradilar.

10. O'tmishda insonlar yerni tekis deb o'ylashgan.
Odatga qadimgi sivilizasiyalarda insonlar yerni tekisligiga va yerni toshbaqa ustida turgan uchta fil ushlab turishi haqidagi afsonaga ishonishgan deb hisoblashadi. Go'yoki, uyg'onish davri olimlari va buyuk geografik kashfiyotlar tufayli dunyo yerning haqiqiy shakli haqidagi ma'lumotga ega bo'lgan. Biroq, bu gap haqiqatdan ancha yiroqdir. Miloddan avvalgi 330 yilda Arastu yerning dumaloqligi haqidagi dalilni keltirgan, milodiy I asrda esa Pliniy yerning sharsimon ekanligi haqida barcha tomonidan qabul qilingan isbot sifatida yozgan.

Hozirgi kunda ham yerning tekisligiga ishonuvchi insonlar bor. Ularning fikricha yer tekis, butun dunyo hukumatlari esa buni yashirish maqsadida jahon miqyosida til biriktirishgan.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 4 Feb 2019, 23:27
Muallif: @A_N_T_I_C_L_O_N (17)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 9 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 183 (0/183)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru