Bloglar | Foydali ma'lumotlar | kodlangan fleshkani kompyuter bilan ochish
Assalomu alaykum hurmatli saytimiz mehmonlari bugun sizlar bilan Zashitniy kodi unutilgan telefon va kodlangan fleshkani kompyuter bilan nokia telefoni yordamida ochishni urganamiz.Kerak bo'ladigan qurulmalar
1.Kompyuter (XP , Windows 7 , 8)
2.Nokia telefon va uning USB kabeli (Ilojo bulsa Nokia 6300)
3.J.A.F dasturi (1.98.65 versiyasini yuklang)
4.Nokia Unlocker dasturi
5.Nokia_Connectivity_Cable_Driver
Yuqoridagi dasturlarni pastdagi sahifadan yuklab olishingiz mumkin.
J.A.F dasturi (1.98.65) 18 mb
Nokia Unlocker (304 kb)
Nokia_Connectivity_Cable_Driver (4.4 mb)
Demak dasturlarni yuklab ham oldik endi ularni Kompyuterga ustanovka qilib olamiz.
Dastlab J.A.F dasturini o’rnatamiz.
Keyin Nokia_Connectivity_Cable_Driver dasturini o’rnatamiz.
Nokia Unlocker ustanovka bo’lmasa ham ishlaydi.
Chunki .zip arxivda tuzilgan.
Demak, endi Nokia telefonimizni USB kabel orqali kompyuterga ulaymiz.
Telefon Ekranida 3 ta bo'lim chiqadi biz birinchisini tanlaymiz ya'ni Rejim nokia (ba'zi tellarda Nokia Pc va Ovi suite bo'ladi.
Kompyuter telefonimizni topganidan so'ng J.A.F dasturiga kiramiz va Start tugmasini bosamiz.
Pastdagi rasmda ko'rsatilgan.
Start tugmani bosgandan keyin BB5 bo’limini tanlab Read PM ga ptechka qo’yamiz va Service menyusiga bosamiz.
Rasmda aniq ko'rsatilgan.
Shunda quyidagi oyna ochiladi.
Enter addredd degan joyga 0 sonini yozasiz va ok tugmasini bosasiz.
Yana yangi sahifa ochiladi Endi 512 deb yozamiz va yana ok.
(Sabab 0 dan 512 gacha telefonni hamma kodini topadi).
Endi PM faylimizni kompyuterni biror joyiga Сахранить qilamiz.
Masalan , Мой документ ga saqlanadigan joyni tanlagandan keyin strelka ko’rsatgan Сахранить ga bosamiz.
Biroz kutub turamiz saqlash tugagandan keyin J.A.F. dasturidan chiqib ketamiz.
Va Nokia unlocker dasturiga kiramiz.
Mana Nokia Unlocker dasturiga ham kirib oldik.
Endi boyagi J.A.F. dasturi orqali yaratgan PM faylni kompyuterdan qidirib topib Nokia Unlocker orqali ochamiz.
Demak strelka ko’rsatgan tugmaga bosamiz.
Mana boyagina yaratgan PM faylni ham qidirib topdik.
Endi PM faylni belgilab Открыть tugmasini bosamiz.
Mana tepadagi birinchi qatorda turgan 12345 telefonning zashitniy kodi
Pastdagi qatorda turgan 123 kodlangan fleshkartani kodi.
Ushbu maqolani tushunarli qilib yozoldim deb o'ylayman.
Savollarga o'rin qolmadi degan umiddaman.
Ushbu amalni Xp va Windows 7 , 8 , 8.1 turdagi kompyuterlar qo'llaydi.
Telefonlardan esa Nokia s40 ya'ni Nokia 2700 , 3110 , 5130 , 6233 , 6300 , 6303 , X2 00 turdagi barcha telefonlarda ochsa bo'ladi
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 18 Feb 2019, 15:50
Muallif: @SherYurak (8)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 3 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 222 (0/222)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru