Bloglar | Futbol | Real Madrid klubining tashkil topishi
1896 yili „Futbol sky“ klubi tashkil topdi, Bu klub Madrid klubining birinchi nomi edi. Lekin klubning rasman tashkil topgan sanasi 1902-yil 6-mart hisoblanadiki, oʻsha vaqtda aka-uka Padros va Xulian Palasioslar Madrid Football Club nomli klubni ochishga muvaffaq boʻlishadi. 1920 -yil 29-iyun kuni
Ispaniya qiroli Alfonso XIII klubni Qirollik klubi mavqeini berishga qaror qildi. Bu mavqei Ispaniyada Real deb nomlanadi. Shuning bilan hozirgi zamonaviy Real Madrid nomi kelib chiqdi.

Klub tashkil topishi bilanoq ispan futboli liderligiga asosiy daʼvogarlik qiladigan klublar qatoriga qoʻshildi. 1903-yilni oʻzidayoq mamlakat kubogi finaligacha chiqdi, ammo finalda Atletik Bilbaoga imkoniyatni boy berdi. Bir necha yillardan soʻng, ketma-ket Ispaniya kubogini toʻrt marta qoʻlga kiritib, uzoq muddat poytaxtda ushlab turishdi. Ispaniya chempionati 1928/29 mavsumidan boshlab oʻtkazila boshlandi, ungacha klublar regionlar boʻyicha kim kuchli ekanligini aniqladilar. „Madrid“ (1920-yildan boshlab — Real Madrid) bungacha poytaxt okrugida 16 marta yetakchilik qildi.

YUKSALISH

Oʻtgan asrning 50-yillari oʻrtalarida Yevropada klublar va milliy terma jamoalar musobaqalarini muntazam tashkil qilish uchun kontinental futbol federatsiyasi tuzishga qaror qilindi. U yerda „Real Madrid“ hali asosiy favorit emasdi. Lekin, aynan Real Madrid 1954/55 mavsum birinchiligida zafar quchib, ispan klublari orasida birinchi Yevropa kubogi chempioni boʻldi. Shu ondan boshlab „Real Madrid“ besh yil yevropaning eng yuksak darajasida mustahkam oʻrnashdi. Xalqaro maydondagi muvaffaqqiyatli yurishlar ichki chempionatdagi gʻalabalar bilan „Real Madrid“ga 1954-yildan 1969-yilgacha hamroh boʻldi. Shu vaqt davomida shunday holat yuz berdiki, agar „Real Madrid“ ichki chempionatda birinchilikni qoʻldan chiqarsa, albatta Chempionlar Kubogini qoʻlga kiritar edi. Shu tarzda ular doimo yevropaning nufuzli turnirlarida ketma-ket 15 yil muvaffaqqiyatli qatnashib keldilar. 1970 yilga kelib esa, birinchi marta yevropa turnirlarida qatnasha olmadilar. „Real Madrid“ning oʻsha oltin davrlarida Alfredo Di Stefano(Yevropaning 1957 va 1959-yillardagi eng yaxshi futbolchisi), fransiyalik Raymond Kopa ( Oltin to’p sohibi, 1958-yil ) vengriyalik Ferents Pushkash (1960 yilda Yevropaning ikkinchi futbolisti), Fransisko Xento (6 karra Chempionlar kubogi sohibi) va boshqalar porlagan edilar. 60-yillar oʻrtalarida Xento safiga yana Xose Santamariya, Amansio va Pirrilar ham qoʻshilishdi.

Asta sekin veteran oʻyinchilar ketishi bilan Yevropadagi gʻalabalar anʼanasi yoʻqolib boraverdi. Keyingi katta parvozni deyarli yigirma yil kutishga toʻgʻri keldi, qachonki u vaqtda Emilio Butraguenyo boshchiligida Michel , Ugo Sanches , Manolo Sanchis,
Martin Vaskes va Migel Pardesalar UEFA Kubogini ikki marta va ichki chempionatni ketma-ket besh marta yutgan edilar.

90-YILLAR

Chempionlar kubogining yettinchi gʻalabasi poydevorini qoʻygan Fabio Kapello edi. U klubga
Roberto Karlos , Klarens Zeyedorf , Miyatovich ,
Shuker , Panuchchilarni taklif qildi. Bu oʻyinchilar
Raul , Yerro , Redondo , Kanisares va bir yil kechroq qoʻshilgan Morienteslar bilan bir safda asosiy jamoani tashkil qilishdi, keyinchalik esa nemis Yupp Xaynkes qoʻl ostida 1997/98 mavsumidagi
Chempionlar ligasini qoʻlga kiritishdi. Biroq ichki birinchilikda „Real Madrid“ bor yoʻgʻi toʻrtinchi oʻrin bilan kifoyalandi va Xaynkes oʻz joyini Gus Hiddinkga boʻshatdi. Gus oʻz oʻrnida 1999-yil fevraliga qadar faoliyat olib bordi, undan keyin Jon Toshak keldi. U ham oʻsha yilning noyabr oyida raxbariyat tomonidan boʻshatildi. Endilikda jamoani Visente Del Boskega ishonib topshirildi. U chempionatdagi oʻrinni tubdan oʻzgartira olmadi (8-oʻrindan 5-oʻringa koʻtarilgan), lekin navbatdagi Chempionlar ligasi triumfiga jamoani boshlab kela oldi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 17 March 2019, 20:57
Muallif: @isco (13)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 1 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 214 (0/214)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru