Zarur masalliqlar: 1 kg. mol go‘shti, 2 ta non, 1 bosh piyoz, 1 osh qoshiq eritilgan sariyog‘, qora murch donalari, tuz; guruchli garnirga: 3 stakan suv, 2 stakan guruch, 2 osh qoshiq zaytun yog‘i, tuz; qayla uchun: 5 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 3 ta pomidor, 1 osh qoshiqdan zaytun yog‘i va tomat, yarim choy qoshiq qalampir va kashnich; salat uchun: 2 tadan pomidor va bodring, 1 bosh piyoz, 1 osh qoshiqdan limon sharbati va qatiq, ko‘katlar, tuz.
Tayyorlanishi: 1. Qozonga go‘shtni solib, to u botib turguncha suv quying-da, olovga qo‘ying. Qaynagach, sho‘rva yuziga chiqqan ko‘pikni olib tashlab, olovni pastlang. Keyin piyoz, qora murch donalari va tuz solib, 40 daqiqa qoldiring.
2. Qozonga ozgina o‘simlik yog‘i solib, guruchni 5 daqiqa qovuramiz. Keyin sovuq suv quyib, tuz seping-da, baland olovda qaynating. Endi olovni pastlab, qozon qopqog‘ini yopib, 20 daqiqa dimlang.
3. Sarimsoqpiyozni maydalab, qizdirilgan zaytun yog‘ida 2-3 daqiqa qovuring.
4. Pomidorni maydalab to‘g‘rang. Tomat bilan birga sarimsoqpiyozga qo‘shing. Ozgina qovurgach, tuz, murch va ziravorlarni sepib, 15 daqiqa past olovda dimlang.
5. Nonni bo‘laklarga bo‘lib, qizdirilgan sariyog‘da ikkala tomoniniam yengil qovurib oling.
6. Kattaroq likopga non bo‘laklarini soling. Ustiga esa guruchni joylang.
7. Qaynatilgan go‘shtni kattaroq bo‘laklarga bo‘lib, taom ustiga qo‘ying. Sho‘rvasini esa istasangiz aloida yoki ketchup bilan aralashtirib, dasturxonga torting.
8. Taom ustiga pomidorli qaylani quying. Dasturxonga taomni maxsus salati bilan torting.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 25 May 2019, 14:41
Muallif: @Krasav4ik (19)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 2 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 215 (0/215)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru