Bloglar | Kompyuter dasturlari | Adobe'ning keyingi hayoti
Dastur ustida ishlash Tomasni dissertatsiya yozishdan chalg'itdi, lekin u shunda ham xursand edi. Hech qancha vaqt o'tmay Tomas tasvirlarni bir qismini ishlov berishni yangi usulini o'ylab topdi va ishlov berish asboblar to'plamini tuzdi. Keyinchalik bular «Plug-ins» deb ataldi. Keyinchalik tonlarni sozlash-(Levels), balansni boshqarish funksiyasi, ranglar va to'yinishni boshqarish (Hue and Saturation) ishlab chiqildi. Bu imkoniyatlar Photoshopda dastlabki qadam bo'ldi. O'sha davrda bunday funksiyalar faqat maxsus dasturlarda bo'lgan. Ular esa faqat labaratoriyalarda yoki Industrial Light and Magic (ILM) da bo'lgan.

1988-yilda «Display»ni «ImagePro» deb nomi o'zgartirildi. Dastur o'sha davrda juda zamonaviy edi. Jon bu dasturni sotib, pul ishlashni o'ylar edi. Tomas esa unga qarshi chiqdi. Bundan tashqari Tomas o'z dissertatsiyasini tugatmagan, to'liq ishlangan dasturni tuzishga ancha vaqt va mehnat kerak edi. Ular shunga o'xshash dasturlarni analiz qilishib, o'z dasturlari «Image Pro' ni boshqalardan oldinga o'tib ketganligini aniqlashdi.
»Image Pro« dan „Photoshop“ ga o'tilishi
Dasturni moliyalashtirish boshlandi. „Photoshop“ atamasi qayerdan paydo bo'lganligini hech kim bilmaydi. Dastur namoyishi vaqtida nashriyotchila tomonidan „Photoshop“ deb nomlangan degan gap bor. Dastlabki versiyalarda ekranlarda Photoshop ko'ringanligi hozirda bizda „ExTraneous CapitaliSation“ ko'ringanday.Qizig'i shundaki, ko'p dastur tuzuvchilar o'z yo'nalishlarini Photoshop tomonga burdilar va bunday dasturlarni mustaqil ishlab chiqa boshladilar.
Faqatgina bitta kompaniya Photoshopni sotib olishga kuchi yetar edi. Bu kompaniya hozirda bizga mashhur bo'lgan „Adobe“ kompaniyasi edi. Lekin masalani hal qilishgacha hali ancha bor edi. Barneyscan skanerlarini ishlab chiquvchilar aka-ukalarga Photoshopni o'z mahsulotlari komplektida sotishni taklif qilishdi. Natijada 200ta nusxalangan Photoshop Barneyscan XP savdo belgisi ostida tarqalib ketdi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 29 May 2019, 23:52
Muallif: @UmA (5)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 3 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 160 (0/160)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru