Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Javada tanlash operatori
Java dasturlash tilida ikkita tanlash operatori bo’lib ularifvaswitchlardir. Masalani qo’yilishiga qarab ularning birini ishlatish mumkin. If operatori kodlashni ikkita yo’ldan biriga burib yuboradi. Hayotda shart tekshirish operatorlarini shunchalik ko’p ishlatamizki, hatto ishlatganimizni ham sezmaymiz. Tasavvur qiling siz bekatda turipsiz sizga, 11- yo’nalishdagi avtobus kerak. Uzoqdan kelayotgan avtobusga ko’zingiz tushadi va ko’zingiz orqali ko’rgan ma’lumotingiz miyyangizga uzatiladi. Shundan so’ng miyyangiz kelgan ma’lumot asosida shart tekshiradi. Agar yo’nalish raqami 11 bo’lsa, avtobusga chiq aks holda keyingisini kut degan buyruqni tanaga miyya uzatadi. Bu jarayon shunday tez bo’ladiki hatto sezmaymiz ham. Bu jarayonlar hayotimizning har daqiqasida, soniyasida yuz beradi. Endi bu shart tekshirishlarimiz javada qanday yozilishini ko’rib chiqamiz.
If tanlash operatori turlari
*.if ifodasi
*.if-else ifodasi
*.nested if ifodasi
*.if-else-if ladder (narvon)
If operatori shart tekshiradi agar sharttrue(rost) bo’lsa amal bajariladi aks holda shart bajarilmaydi. If operatori, butun kod ishlashini ikkita yo‘ldan biriga yo‘naltirib yuboradi, ya’ni qo‘yilgan shart asosida kompilyator biror yo‘lni tanlab, o‘z ishini davom ettiradi.
<
p style=”text-align: justify;”>
Source code
1.
if(shart){
2.
//code to be executed
3.
}
Misol:
Tasavvur qiling, do’konga xaridor kirib tamaki maxsulotini sotib olmoqchi bo’lib, sotuvchidan tamaki mahsulotini so’radi. Sotuvchi xaridordan yoshini so’radi va xaridor sotuvchiga yoshi 17 da ekanligini aytdi. Qonunga ko’ra 18 yoshdan kichik bo’lgan xaridorlarga tamaki sotish ta’qiqlanadi. Keling endi sotuvchining miyyasida qanday jarayon bo’layotganini dasturga o’girib chiqsak:
Quloqlari orqali xaridorning yoshi nechida ekanligi miyadagi jarayon uchun kiruvchi qiymat bo’lib kirib keldi. Bu jarayonni javada dastur ko’rinishi:
Source code
1.
publicclass IfExample {
2.
publicstaticvoid main( String[] args){
3.
int xaridorningYoshi=17;
4.
if(age <18){
5.
Sytem.out.print("Tamaki mahsuloti sotilmasin");
6.
}
7.
}
8.
}
Ekranda:
Tamaki mahsulot sotilmasin
Source code
int xar idorningYoshi=17;-> kiruvchi qiymat

if(age <18)-> tekshiruv jarayoni
Java IF-else operatori ta’rifi
Shart tekshirish jarayonida sharttruebo’lsa, if blokdagi amal bajariladi, aks holdaelseblock dagi amal bajariladi
Source code
1.
if(condition){
2.
//code if condition is true
3.
}else{
4.
//code if condition is false
5.
}
Misol: Berilgan sonni toq yoki toq emasligini bilish dasturi
Source code
1.
publicclass IfElseExample {
2.
publicstatic void main( String[] args){
3.
int number=13;
4.
if(number%2==0){
5.
out.println("juft son");
6.
}else{
7.
out.println("toq son");
8.
}
9.
}
10.
}
Ekranda:
Toq son
Java IF-else-if tanlash operatori
O’zbekcha qilib aytganda unisi bo’lmasa bunisi, bunisi bo’lmasa keyingisi degan ma’noda. if-else-if ketma ketligi shartlar ko’p bo’lgan hollarda ishlatiladi.
Source code
1.
if(condition1){
2.
//code to be executed if condition1 is true
3.
}elseif(condition2){
4.
//code to be executed if condition2 is true
5.
}elseif(condition3){
6.
//code to be executed if condition3 is true
7.
}
8.
...
9.
else{
10.
//code to be executed if all the conditions are false
11.
}
Source code
1.
publicclass IfElseIfExample {
2.

3.
publicstatic void main( String[] args){
4.
int ball=65;
5.

6.
if(ball<50){
7.
System.out.println("yiqildi");
8.
}elseif(ball>=50 && ball<60){
9.
System.out.println("D daraja");
10.
}elseif(ball>=60 && ball<70){
11.
System.out.println("C daraja");
12.
}elseif(ball>=70 && ball<80){
13.
System.out.println("B daraja");
14.
}elseif(ball>=80 && ball<90){
15.
System.out.println("A daraja");
16.
}elseif(ball>=90 && ball<100){
17.
System.out.println("A daraja");
18.
}else{
19.
System.out.println("Invalid!");
20.
}
21.
}
22.
}
Ekranda :
C daraja
Java Switch tanlash
Switch operatori – dastur ishlashini berilgan qiymatga mos holda biror yo‘nalishga o‘zgartirib berishni ta’minlaydi. Bu operator bir necha variantlardan kerakligini tanlab olishda, «if» operatori o‘rnida ishlatiladi. Albatta, barcha tanlovlarni «If» orqali amalga oshirish mumkin,. Farqi u sharttruebo’lguniga qadar tekshiradi. Shart to’g’ri bo’lgandan keyinswitchoperatoridan boshqa qiymatlarni tekshirmaydi
Source code
1.
switch(shart){
2.
casevalue1:
3.
//code to be executed;
4.
break;//optional
5.
casevalue2:
6.
//code to be executed;
7.
break;//optional
8.
......
9.
default:
10.
//hech qaysi shartni qanoantlantirmasa;
11.
}
Bu operator qanday ishlaydi? «Switch» operatoriga berilgan qiymat, «case» operatoridagi qiymatlar bilan birma-bir solishtiriladi. Agar qiymat biror variant bilan mos tushsa, shu variantga tegishli blok ichidagi operator yoki operatorlar bloki ishlaydi va «break» orqali bu tanlov(switch) yakuniga yetadi. Agar qiymat hech qaysi variant bilan mos tushmasa, «default» operatori ishlaydi va uning ichidagi operatorlar dastur ishlashini davom ettiradi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 13 Aug 2018, 17:56
Muallif: @Arey (44)
Raxmat aytishgan: 1 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 7 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 124 (0/124)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru