Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Internetda pul topish new
O‘zbekistonda internetga ulash xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha raqobatbardosh muhit mavjud emasligi hamda shimoliy, ya’ni Qozog‘iston-Rossiya internet-kanaliga bog‘liq bo‘lgan vaziyat yuzaga kelganligi sabab internetga ulanish boshqa MDH davlatlarinikiga nisbatan ancha sekin va qimmat hisoblanadi. Bu muammoni O‘zbekiston yangi tashqi kanallar ochish evaziga hal qilmoqchi: Turkmaniston, Eron, Qirg‘iziston va Xitoy orqali internetga ulanish tezligi oshiriladi va barqaror ishlashi ta’minlanadi. Shu yilning oxirigacha ushbu davlatlarning milliy operatorlari bilan kanallarni ijaraga olish va sotib olish to‘g‘risidagi kelishuvlar imzolanadi.
Darvoqe, bu shimoliy kanaldan voz kechiladi deyilgani emas, shunchaki aholining ehtiyojlarini qoplaydigan yangi qo‘shimcha kanallar paydo bo‘ladi.
Yuqoridagilar yaqin kelajakda amalga oshadigan rejalar. Xo‘sh, hozir-chi, milliy internet makonimizda ishlash darajasi qay ahvolda?! Undagi resurslardan oqilona va unumli foydalana olyapmizmi? Internetdan foydalanish madaniyati ongimizda nechog‘liq shakllanib ulgurgan? Internet deb atalmish bu “bilimlar ummoni”da qanday ulkan imkoniyatlar mavjudligidan o‘zimiz va bolalarimizning qanchalik xabari bor?
Internetga buzg‘unchi va yot g‘oyalarni targ‘ib qiluvchi hamda jinoyat olamiga yetaklovchi “balo”ga qaraganday, bolalarimizga internetga kirishga taqiq qo‘yavermasdan, avval biz ota-onalar undagi foydali va zararli tomonlarni farqlashni, ajrata olishni o‘rganishimiz zarur va muhim.
Internet bu — pul
Qanday qilib biznes ochish, pul topish mumkin — internet shunga o‘xshash ko‘plab foydali resurslarga to‘lib-toshib yotibdi. Bir so‘z bilan aytganda, internet pul topishning bepoyon imkoniyatlari manbaidir. Agar shularning hammasini yotig‘i bilan farzandlarimizga tushuntirib bera olsak, internet resurslaridan to‘g‘ri foydalanib, o‘z kuchi bilan daromad topa olishini ularning ongiga singdirib borsak, bolalarimizning o‘zlarida vaqtini bekor o‘tkazmasdan, oila byudjetiga hissa qo‘shish istagi paydo bo‘ladi va shu yo‘lda izlana boshlaydilar.
Ma’lumot uchun: “O‘zbektelekom” AK tomonidan 2017 yili maxsus tarif rejalari, “Xavfsiz internet” turkumi va qo‘shimcha xizmatlar joriy qilingan.
Endi kompaniyaning internet foydalanuvchilari “ZiyoNET” tarif rejasi xizmatlariga ulanib, farzandlariga hozircha 3 mingga yaqin saytni o‘z ichiga olgan Yagona axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini berishadi. Mazkur ro‘yxatdan ilmiy-ta’limiy, ma’naviy-ma’rifiy va bolaning yetuk va sog‘lom bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladigan boshqa milliy va xalqaro internet sahifalari o‘rin olgan. Bu orqali bolalar global tarmoqdagi xavflardan, turli buzg‘unchi va g‘oyaviy nobop saytlarga kirishdan himoyalanadi. Davomi bor...Adminlar diqqatiga bufer obemen copu joyi tolgani uchun bolib yozayapman
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 28 Jul 2018, 20:01
Muallif: @QIROLUS (90)
Raxmat aytishgan: 2 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 20 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 214 (0/214)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru