Qoidalar
Umumiy qoidalar
1.1 Forumda tartib uchun Administrator va maxsus tayinlangan Moderatorlar javob beradi. Ular qoidalarga to'g'ri kelmaydigan har qanday xabar yoki mavzuni ogohlantirishsiz yopish, o'chirish, tahrirlash huquqiga egadir.
1.2 Qoidalarni bilmaslik sizni jazodan ozod qilmaydi, aksincha bu ham qoida buzarlik hisoblanadi.
1.3 Forumda umumiy til o'zbek tilidir. Faqat noilojiy vaziyatlardagina boshqa tildan foydalanishga vaqtincha ruhsat etiladi.
1.4 Forumdan ro'yhatdan o'tishingiz qoidalarga roziligingizni anglatadi.
1.5 Qoidalarda keltirilmagan boshqa vaziyatlar bo'yicha masalalarni Administrator hal qiladi.
1.6 Administrator, foydalanuvchi kiritgan ma'lumotlar uchun javobgar emas.
1.7 Administrator qoidalarga o'zgartirish kiritish va yangilarini qo'shish huquqiga ega.
1.8 Foydalanuvchi o'ziga qo'yilgan aybni boshqa birovga to'nkashga hojat yo'q. Har kim o'zi uchun javob beradi.
1.9 Foydalanuvchilar xabarlar, tangalar soni, mansabi yoki ro'yhatga olingan vaqtiga qarab emas balki boshqalarga yordamiga qarab baholanadi. Forumda murojat "siz" bilan bo'ladi, foydalanuvchini katta-kichikligiga qaramasdan.
1.10 Imkon qadar imloviy qoidalarga rioya qiling, w=sh, u=o', 4=ch emas!
Qarshilik
2.1 Agar foydalanuvchi qoidalarga qarshilik qilsa, uni akkounti ma'lum muddatga bloklanadi yoki umuman o'chirib tashlanadi.
2.2 Arzlarni faqat Administratsiya a'zolari ko'rib chiqib, qaror qabul qiladi va qaror sabablarini yashirish huquqiga ega.
2.3 Foydalanuvchi ban olgan paytda boshqa akkountidan xabar qoldirsa ban muddati uzaytiriladi va boshqa akkountlari o'chiriladi.
2.4 Agar foydalanuvchi akkountini butunlay o'chirilishini xohlasa, bu haqida Administratorlarga shaxsiy xabar yo'llashi lozim. Ma'lum muddat ichida talabingiz qondiriladi.
2.5 Qaysi moderatorni noxaq deb hisoblasangiz, bu haqida batafsil Administratorga shaxsiy xabar orqali arz qilishingiz mumkin.
Ro'yhatdan o'tish
3.1 Har bir foydalanuvchi faqat bitta akkount ochishi mumkin. Boshqa akkountlar ogohlantirishsiz o'chiriladi.
3.2 Boshqa foydalanuvchilarni nikini nusxalashtirish (klonlashtirish) taqiqlanadi.
3.3 Tahallus (nik) tarkibida haqoratli so'zlar, sayt nomlarini ishlatish taqiqlanadi.
3.4 Tahallus (nik) tarkibida maxsus belgiardan foydalanish taqiqlanadi.
3.5 Akkountni birovga berish yoki sotish taqiqlanadi.
3.6
1) Agarda siz forum qoidalarini ko'p marotaba buzgan bo'lsangiz yoki ko'p akkountga ega bo'lsangiz sizni akkountingiz o'chiriladi, lekin qoldirgan xabar va mavzularingiz o'chirilmaydi.
2) Agarda siz o'z xohishingiz bilan akkountingizni o'chirilishini so'rasangiz unda quyidagicha yo'l tutiladi: Akkountingiz o'chirilmaydi, lekin deaktivlashtiriladi. Qoldirgan xabar va mavzularingiz o'chirilmaydi.
3) Agarda siz o'z xohishingiz bilan akkountingizni deaktivatsiya qilinishini so'rasangiz unda talabingiz qoldiriladi. Akkountingizni yana aktivlashtirish Administratsiya tomonidan deaktivatsiya sabablarini ko'rib chiqgan holda qaror qabul qilinadi.
Mavzu yaratish
4.1 Bir xil o'xshash mavzular ochish taqiqlanadi. Agarda shunday mavzu bor bo'lsa (agar yopilgan bo'lsa Moderatorlarga murojat qiling) o'sha mavzuda davom ettiring.
4.2 Bir vaqtning o'zida podforumlarda bir xil mavzular yaratish taqiqlanadi.
4.3 Administrator tomonidan yopilgan mavzularni davom ettirish taqiqlanadi.
4.4 Mavzu nomi uni tarkibini (qisman bo'lsada) aks ettirishi lozim. "Yordam kerak", "Muammo bor" kabi ko'rinishdagi mavzular ogohlantirishsiz o'chiriladi yoki o'zgartiriladi.
4.5 Forumda ma'lum bir foydalanuvchiga qaratilgan mavzu ochish taqiqlanadi. Bunday vaziyatlarda shaxsiy xabarlardan foydalanishingiz mumkin.
4.6 Mavzularni nomlash faqat katta harflarda (bunga extiyoj bo'lmasa ham) foydalanish va har xil belgilar bilan bezak berish taqiqlanadi.
4.7 Millatchilik, davlat siyosatiga aralashish, diniy mavzulardagi mavzular qat'iyan taqiqlanadi.
4.8 Bazi podforumlarda shu bo'lim uchun mavzu qoidalar mavjud, ular bilan tanishib chiqib amal qilishingiz lozim.
4.9 Foydalanuvchilar sayti podforumida mavzu ochish
4.9.1 Foydalanuvchilar sayti podforumida mavzu ochish
Foydalanuvchilar sayti podforumida forum saytlarini qo'shish ta'qiqlanadi!
4.9.2 Foydalanuvchilar sayti podforumida mavzu ochish qo'shimcha qoidalari.
1. Pornagrafiya, ma'lumotlarni o'g'irlash, buzish ya'ni buzg'unchilik, siyosiy, diniy tematikalardagi saytlarni qo'shish.
2. Hech qanday materialga ega bo'lmagan "quruq" saytlarni qo'shish.
3. Yangi ochilgan (muddati 1 oydan kam) saytlarni qo'shish.
4. O'ziga tegishli bo'lmagan saytni qo'shish (turli maqsadlarda)
5. Har bir foydalanuvchi 5 tadan ortiq sayt reklama qilishi.
6. O'zbek tilida bo'lmagan saytlar.
7. Muhokamada "Omad" , "Zo'r" , "Gap yo'q" kabi qisqa xabarlar yozish ta'qiqlanadi! Rostdan ham resurs yoqsa foydalanuvchi profiliga "Reyting berish" yoki post uchun "[+]", "[-]" berish funksiyalari mavjud.
8. Sayt ish faoliyati 1 oydan kam bo'lmagan saytlar haqida mavzu ochish.
Xabar qoldirish
5.1 Mavzularda hech qanday (yoki juda kam) ma'lumotga ega bo'lgan xabarlar qoldirish taqiqlanadi.
5.2 Belgilangan mavzudan chetlashish, mavzuga aloqador bo'lmagan xabar qoldirish taqiqlanadi.
5.3 Shaxsiy adovat sababli qo'pol ohangda (tekkizib) gapirish, masxaralash taqiqlanadi.
5.4 To'g'ridan to'g'ri ssilka o'rnatib, ruhsat etilmagan joylarda saytga taklif qilish taqiqlanadi. Reklama uchun alohida bo'limimiz mavjud.
5.5Senzuraga to'g'ri kelmaydigan so'zlardan foydalanib xabar qoldirish taqiqlanadi.
5.6 Xabar matni noto'g'ri, yolg'on ma'lumotlardan iborat bo'lmasligi shart.
5.7 Xabar matnini quyidagi yo'llar bilan bezatish taqiqlanadi:
5.7.1 haddan ortiq smayllar
5.7.2 jargon so'zlar
5.7.3 grammatik xatolar
5.7.4 har-xil rang berish, shriftlarni o'zgartirish
5.8 O'zb. Res. qonunlarini yoki forum qoidalarini buzishga undovchi xabarlar qoldirish taqiqlanadi.
5.9 Zo'ravonlik, fashizm, terarizm, irqchilik, millatchilik, din va boshqa O'zb. Res. qonunlarida taqiqlangan holatlarni targ'ib qilish taqiqlanadi.
5.10 Buzg'unchi dasturlar ya'ni virus, spamer, shell va hokozolarni kabi dasturlarni forumga yuklash yoki yuklash uchun ssilka qo'yish taqiqlanadi.
5.11 Mualliflik huquqiga ega bo'lgan maqola, dastur va hokozolarni muallif ruhsatisiz tarqatish, so'rash taqiqlanadi.
5.12 Ma'muriyat ishlarni ochiqdan ochiq tahlil qilish taqiqlanadi. Savollar, muammolar kelib chiqqan holda shaxsiy xabar orqali ma'muriyat bilan bog'lanishingiz mumkin.
5.13 Pul vositalarini o'zingiz yoki biron kim uchun qarzga so'rash taqiqlanadi.
5.13 Spam, hisoblagichlarni suniy oshirish, buzg'unchilik xizmatlarini taklif qilish yoki sotish taqiqlanadi.
5.14 Ruhsatsiz moderatorlik bilan shug'ullanish, boshqa foydalanuvchilarga tanbex berish taqiqlanadi. Qoidabuzarlik haqida xabar berish uchun "Arz" ssilkasini bosishingiz kerak.
5.15 Iltimos, o'zbek tili grammatikasini buzmagan holda yozishga harakat qiling. Bu sizni qanchalik "bilimliligingizni" bildirib turadi.
5.16 Har qanday holatda reytingni oshirishni so'rash taqiqlandi.
5.17 Ba'zibir podforumlarda shu podforumga tegishli qo'shimcha qoidalar mavjud. Xabar qoldirishda shu qoidalarga amal qilinishi shart.
5.18 Iltimos, mavzularda xabar qoldirayotganda, harflarni to'g'ri yozing, qisqartma, w,6,4,9 kabi harflar ishlatmang, har qanday xabarda shunday qisqartma ishlatgan foydalanuvchi kamida 3 soatga banlanadi, yana takrorlansa 3 kun.
Tavsiyalar
6.1 Suhbatdoshingizga hurmat bilan munosabatda bo'ling, fikrlaringizni tushunarli va aniq faktlar yordamida bayon eting.
6.2 O'zingizni haqorat qilindi deb hisoblasangiz ham unga haqorat bilan javob qaytarmang. Biroz kuting yoki ma'muriyat a'zolariga shaxsiy xabar orqali xabar bering. Qolganini ma'muriyat a'zolari hal qilishadi.
6.3 Agar qoidabuzarlikni ko'rsangiz, bu haqida forumga jar solishni keragi yo'q. "Arz" ssilkani bosing va sababini yozib qoldiring, ma'muriyat a'zolari ko'rib chiqib chora ko'rishadi.
6.4 Savol berish yoki mavzu ochishdan oldin, forumdan izlab ko'ring, balki sizni qiziqtirayotgan narsa allaqachon bor bo'lishi mumkin.
www.uzmasters.ru Onlayn 198 (0/198)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru