Dcms sistemasi, bu judda oddiy va tushunarli cms bo'lib, html tushungan odam uchun o'rganish qiyin bo'lmaydi. Cms 2007-yil yoz oyida Desure ya'ni Dmitry va uning 3 do'sti STEAR,
Alextru, DarkMagistr lar bilan birgalikda yaratgan cms hisoblanadi. Bu cmsning har bir relizi 0 dan yozilib, eng so'ngi relizi 7.5 bo'lib, asosiy sayti http://dcms.su edi va 01.09.16 kuni bu sistema o'z ishini tugatdi.
Bu sistemaning eng zo'r relizi 6.6.4 bo'lib, bu relizi orqali dcms-social (http://dcms-social.ru), dcms-fiera (http://fiera.su), dcms-special (http://vk.com/dcms_special) va xhata (http://xhata.ru adashmasam) sistemalar yaratilgan.
Bu cms ya'ni 6.6.4 relizi orqali saytimiz ham forum sifatida ochildi. Qanday savol bo'lsa, bemalol berishingiz mumkin. :)
Barchaga ma'lum, sayt qoidalarini sayt ma'muriyati chiqaradi, ammo bu yerda do'stlarim ham o'z saytining ma'muridir. Siz ham qoida kiriting, agar barcha maqullasa forumimiz qoidalariga kiritiladi.
Menda ommaviy savol, +18 forumga kerakmi? Ya'ni, masterlar orasida +18 sayti borlar o'z saytini e'lon qilishi mumkinmi? Uni ochma deyishga haqqimiz yo'q, chunki har kimning o'z vijdoniga havola!