Qidiruv
So'z:

Bo'lim:

So'zni kiriting
Natija: 47 ta
T.P.7.1 Dasturlash tili 1969-yil Nikols Vert tomonidan kashf qilingan. Xozirda bu tilning eng qiyin mavzulari "massiv" va "grafika" hisoblanadi
2016 йил 25 ноябрь санаси Куба республикаси тарихида қора сатрлар билан қайд этилади. Давлат ва сиёсат арбоби, ҳозирги Куба давлати асосчиси Фидель Алехандро Кастро Рус дунёдан кўз юмди.

Таъкидлаш жоизки, Куба Ўзбекистон билан дўстона алоқаларни сақлаб қолган давлат ҳисобланади. Фидель Кастро 1963 йил апрелидан-июнь ойи бошигача бўлган муддатда СССРга уюштирган кенг қамровли сафари чоғида Ўзбекистонга ҳам келиб, республиканинг турли ҳудудларида, Тошкент ва Самарқанд шаҳарларида бўлган.

Шу билан бирга, 2016 йил 2 сентябрда Ўзбекистон Республикаси Биринчи Президенти Ислом Каримов вафот этгани муносабати билан ўзбек халқига ҳамдардлик сифатида мамлакатда мотам эълон қилган ягона давлатдир. Куба раҳбариятининг қарорига кўра, 2016 йил 3 сентябрь тонгги соат 6:00дан тунги 24:00гача барча давлат идораларида Куба давлат байроқлари туширилган эди.
REYXAN,
R196241025512 aha bemalol
Kaliforniya shtatidagi Vudsayd shahrida internet yaratuvchilaridan biri Robert Teylor 85 yoshida hayotdan ko'z yumdi. Bu haqida uning o'g'li Kurtning so'zlariga asoslanib, The Los Angeles Times xabar berdi.

Uning so'zlariga ko'ra, Teylor 13 aprel, payshanba kuni vafot etgan. U olim o'z uyida hayotdan ko'z yumganini ta`kidlagan. Teylor Parkinson va yana boshqa kasalliklardan aziyat chekkan.

Manbada ta`kidlanishicha, Teylor AQSh Mudofaa vazirligida olim bo'lib ishlagan. 1960-yillarda u ARPANET internet tarmog'i prototipini ishga tushiradi. Shundan keyin u Xerox Palo Alto Research Center (Xerox PARC)da faoliyat yuritadi va u yerda personal kompyuter, Ethernet ma`lumotlar yetkazish texnologiyasi va kompyuter displeylarini ishlab chiqaruvchi jamoani boshqaradi.

1968 yilda u shunday yozadi: "Bir necha yildan keyin odamlar yuzma-yuz emas, mashinalar yordamida samaraliroq muloqot qilishi mumkin bo'ladi".

Olimlar Alan Key, Batler Lempson va Chak Taker Alto birinchi personal kompyuterini aynan Teylorning boshchiligi ostida ishlab chiqishgan. U qog'oz varag'i hajmidagi ekran bilan jihozlangan, keyinroq esa grafik displey paydo bo'ldi.

The New York Times'ga ko'ra, Teylor kompyuter sichqonchasini yaratishda ham ishtirok etgan.
manbaa: Kun.Uz
Saylovlarning birinchi turi 23 aprel kuni bo'lib o'tdi, uning natijalariga ko'ra, prezidentlik kursisi uchun kurashni 24,01 foiz ovoz to'plagan Makron va o'ng “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Pen (21,3 foiz ovoz) davom ettirdi.
Fransiyada 2017 yilgi saylovoldi kampaniyasi eng janjalli va kutilmagan voqealarga boy bo'ldi. Beshinchi respublika tarixida ilk bor mamlakatning amaldagi yetakchisi Fransua Olland ikkinchi muddatga saylanishdan bosh tortdi, u boshqaruvi davridagi muvaffaqiyatsizliklar tufayli qayta saylana olmasligini yaxshi tushundi.
Shuningdek, ilk bor ikkinchi turga muqobil nomzodlar chiqa oldi, o'nglar va sotsialistlar esa bu safar mag'lub bo'lishdi: hukmron Sotsialistik partiya raisi, sobiq ta`lim vaziri Benua Amon partiyadoshlari tomonidan qo'llab-quvvatlanmadi hamda ular Makronga o'z ovozlarini berishdi.
Yil avvalida prezidentlik poygasi favoritlaridan biri, deb hisoblangan “Respublikachilar” nomzodi, mamlakat sobiq bosh vaziri Fransua Fiyon esa mojarolar seriyasi qurboniga aylandi va faqatgina uchinchi o'rinni egalladi - 20,01 foiz.
Saylovlar kuni
Fransiyaning qator hududlari va departamentlarida ovoz berish shanba kuni bo'lib o'tdi, biroq metropoliya va xorijdagi saylovchilarning katta qismi yakshanba kuni o'z ovozlarini berishdi.
Chorshanba kuni, ovoz berishning ikkinchi turi avvalida bo'lib o'tgan va katta shov-shuvga sabab bo'lgan debatlardan so'ng, fratsuzlar va xorijiy kuzatuvchilar aynan Makron prezident bo'lishini aniq tushunib turishgandi.
Ertalab, nomzodlarning o'zi ovoz bergan paytdayoq bu aniq bo'lib ulgurdi. Sobiq vazir ovoz bergan saylov uchastkasida siyosatchini juda katta olomon kutib olgan bo'lsa, Milliy front yetakchisi esa kamsonli tarafdorlari tomonidan qo'llab-quvvatlandi.
Fransiya ijtimoiy tadqiqot institutlari ma`lumotiga ko'ra, ikkinchi turda saylovda ishtirok etish ko'rsatkichi 1969 yildan beri kuzatilgan eng past darajaga aylanishi mumkin, o'shanda saylovning ikkinchi turiga 31,1 foiz saylovchilar kelishmagandi. Ayni damda bu borada rasmiy xabar hozircha yo'q.
Saylovlarning birinchi turidan farqli ravishda (o'shanda terakt yuz berdi va yana bir teraktning oldi olindi), ikkinchi tur jiddiy hodisalarsiz o'tdi. Parijdagi namoyishlar ilk natijalar e`lon qilingach, kechki payt boshlandi.
Shtablardagi kayfiyat
Le Pen tarafdorlari mag'lubiyat haqidagi xabarni katta umidsizlik bilan qarshi olishdi. Makronning ekranlarda paydo bo'lishi baland ovozdagi ayblov ko'rinishidagi xayqiriqlarga sabab bo'ldi.
Milliy front rahbari darhol tribunaga chiqib, o'z mag'lubiyatni tan oldi va uning partiyasi yangi prezidentga “eng katta muxolif” ekani hamda parlament saylovlarida kurashni davom ettirishi haqida ma`lum qildi. Kecha Fransiya madhiyasi - "Marseleza"ning ijro etilishi va raqslar bilan davom etdi.
Luvr yonidagi maydonda o'z g'alabasini tantana qilgan Makron ilk natijalar e`lon qilinganidan qariyb uch soat o'tib o'z tarafdorlari oldida ko'rinish berdi. U o'zini qo'llab-quvvatlagan fransuzlarga minnatdorlik bildirdi va Fransiya ravnaqiga yo'naltirilgan o'z vazifalari haqida qisqacha gapirib berdi.
Uning chiqishi oxirlarida sahnaga rafiqasi va ikki qizi o'z farzandlari bilan chiqishdi. Prezidentlik oilasi minglab saylovchilar ko'z o'ngida madhiyani ijro etishdi.
Dunyodagi reaksiya
Makronni saylovlardagi g'alaba bilan birinchi bo'lib Yevroparlament raisi Antonio Tayani tabrikladi, u “Fransiya butun (Yevropa) Ittifoqni o'zgartira olishiga ishonishini” bildirdi.
Fransiyaning Yevropadagi o'rni haqida GFR hukumati rasmiy vakili Shteffen Zaybert ham yozdi. U Makron g'alabasini “kuchli yagona Yevropa g'alabasi”, deb atadi.
Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey esa “yangi prezident bilan o'zaro manfaatli bo'lgan ko'plab sohalarda ish boshlashni kutayotgani” haqida xabar qildi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Makronni tabrikladi va o'zaro ishlashdan xursand bo'lishini bildirdi. "Emmanuel Makronni bugungi yirik g'alaba bilan tabriklayman. U bilan ishlashga katta umid bog'laganman!" – deya yozdi AQSh prezidenti Twitter’da.
Germaniya kansleri Angela Merkel ham Emmanuel Makronni Fransiya prezidentligi uchun saylovlarda g'alaba qozongani bilan tabrikladi hamda “fransuz saylovchilarning qarori yagona Yevropadan darak berishini” ta`kidlab o'tdi.
Shuningdek, Makronni Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko, Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy, Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras va boshqalar ham tabriklashdi.
Manbaa: kun.uz
HAKAMNING FUTBOLCHIGA "YORDAMI"
Ushbu antiqa voqea 1967 yili Tunis yashil maydonlarining birida yuz bergan edi. O'yindan chetlashtirilgan futbolchi maydonni o'zida yo'q xursand holda tark etgan edi. Bolaligidan eshitish va gapirish qobiliyatini yo'qotgan o'yinchi uchrashuv vaqtida hakam qabul qilgan qarordan judayam achchiqlanib o'zini tutib tura olmadi va kutilmaganda...gapirib yubordi. Futbolchi bor kuchi va inersiyasi bilan hakamga nimalarnidir tushuntirishga harakat qilar edi. Ammo hakam haqqoniy ravishda o'yinchini maydondan chetlatdi.Futbolchi bunga zarracha ham achingani yo'q,Sababi, u qaytadan gapirish va eshitish qobiliyatiga ega bo'lganligidan shod edi.
Futbolga oid kulgili va ko’ngilochar 20 fakt!
1. 1960 yillargacha futbolda futbolchi almashitirish qoidasi mavjud bo’lmgan. Mabodo darvozabon jarohat olgan taqdirda uning o’rnini boshq darvozabon egallashi mumkin bo’lmgan.

2. 1994 yilgi Jahon Kubogida Bolgariya terma jamoa futbolchilari o’z familiyalari tufayli noyob fakt qurboni bo’lishdi. Qizig’i shundaki, termaning barcha o’yinchilari familiyasi bir xil – “Ov” bilan tugaydi.



3. Futbol tarixidagi eng yosh futbol sharhlovchisi braziliyalik Gabriel Fereyradir. U 10 yoshga to’lishi bilanoq Braziliyadagi radiostansiyasida ishlay boshlagan.

4. Sobiq Braziliya hujumchisi Ronaldo o’g’li uni televizorda boshqa kal futbolchilar orasidan ajratib ola olishi uchun sochini farqli ravishda kulgili tarzda turmaklagan.



5. Braziliya – tarixdagi barcha Jahon chempionatlarida muntazam ishtirok etib kelayotgan yagona terma jamoa hisoblanadi. Boshqa hech qanday terma jamoa bunday natijaga ega emas.



6. Angliya Primer Ligasi tarixidagi eng tezkor xet-trik 1994/1995 yilgi mavsumda “Liverpul” afsonasi Robbi Faulerga tomonidan qayd etilgan. Londonning “Arsenal” jamoasi darvozasini ishg’ol qilish uchun forvardga atigi 4 daqiqa hamda 32 soniya kifoya qilgan. Butun futbol tarixidagi eng tezkor xet-trikni esa 1973 yilda argentinalik Maloni o’z nomiga rasmiylashtirgan. “Himnasiya va Esgrima”ga qarshi bahsda u 1daqiqa-yu 50 soniya ichida 3 gol urib, yangi rekord o’rnatgan.



7. Tuman – bu Angliya chempionatiga uyushtirilgan hujum, deb ham atash mumkin. Tuman to’liqligicha maydon ustidan hukmronlik qilgan va voqealar rivoji o’z izidan chiqib ketgan. 3:3 hisobida yakuniga yetgan tuman ostidagi jangdan keyin hujumchi Jorj Oj maydondagi holatga izoh berdi. “Men aniq aminmanki, bugun 5 marotaba gol urdim, lekin qaysi darvozaga ekani menga qorong’udir”. Boz ustiga, uchrashuv yakuniga yetgandan so’ng, bosh hakam maydonda 36 futbolchi harakat qilganiga aniqlik kiritib oldi.

8. 2005 yil Angliya kubogi finalida shovqin balandligi bo’yicha rekord o’rnatildi. Mersisaydliklar himoyachisi Yon Arne Risening “Chelsi”ga urgan golidan so’ng “Liverpul” muxlislari 150,7 detsibel darajasidagi hayqiriq qayd etishdi. Bu natija “Ginneslar rekordi” kitobiga ham kiritilgan.



9. Ilk futbol qoidalari 1863 yilning 8 dekabrida Angliyada qabul qilingan. Ushbu sana futbol olami tarixini boshlanish kuni deb ham ataladi.

10. “PSJ” mergani Zlatan Ibragimovich yoshligida velosiped o’g’riligi bilan shug’ullangan.



11. Futbol tarixidagi eng tezkor gol 1995 yildagi “Adelaida Siti” va “Sidney Yunayted” jamoalari o’rtasidagi uchrashuvda qayd etilgan. Bahs boshlanganidan 3,67 soniya o’tmasdan “Adelaida” futbolchisi Mori hisobni ochishga erishgan.



12. Futbol tarixida nafaqat hakam kartochkasini olib qo’yish, balki uni yeb qo’yish holati ham uchragan ekan. Misol uchun 1983 yilda o’tkazilgan uchrashuvda Mayk Degli hakam daftarchasidagi qoida buzilishlar va kartochkalar qayd etib qo’yiladigan bir varaqni g’ajib tashlagan. 1989 yildagi esa, “Pyanta”futbolchisi D’ekorke hakam ko’rsatgan qizil kartochkani yeb qo’ygan.



13. Vatikan chempionatida g’aroyibona nomlangan klublar bor. “Telepochta”, “Gvardiyachi”, “Bank”, “Kutubxona”, “Muzeylar terma jamoasi” kabi jamoalarning mavjudligi bularning yaqqol isbotidir.

14. Germaniyalik futbolchi Mehmet Sholl – 8 marotaba Germaniya chempionligi sohibi. Boshqa hech kim faoliyati davomida shuncha marotaaba mamlakat chempionligini qo’lga kirita olmagan.



15. Ma’lum bo’lishicha, 11 metrlik jarima zarbasi chehiyalik Jon Penalti sharafiga bag’ishlab qo’yilgan. U 1891 yilda jarim maydoni ichidagi qo’pol o’yinga va hamda qo’l bilan o’yinga penalti zarbasini kiritish taklifini ilgari surgan.

16. Vatikan terma jamoasi o’z tarixida bor-yo’g’i 1 marotaba uchrashuv o’tkazgan. Monakoga qarshi otgan bahs nursiz 0:0 hisobida yakuniga yetgan.



17. “Liverpul” posboni Simon Minyole 5 ta tilda bemalol so’zlasha oladi. Uni usitga u siyosatda maxsus darajaga ega.



18. Gari Nevill va Fil Nevilllar otalarining ismi Nevill Nevilldir.

19. Darvozabon Antonio Subisaretta o’tkazilgan o’yinlar ichida mutlaq rekord ustasi hisoblanadi. U Ispaniya termasi safida o’tkazilgan uchrashuvda ham, klubdagi o’yinlarda ham eng yuqori ko’rsatkichga ega.



20 . Angliya terma jamoasining dong’i chiqqan o’yingohi “Uembli” faqat futbol o’yinlari uchundir. Mashg’ulotlar o’tkazish esa ta’qiqlangan.
www.uzmasters.ru Onlayn 117 (0/117)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru