Qidiruv
So'z:

Bo'lim:

So'zni kiriting
Natija: 4324 ta
Janubiy Koreya - O'zbekiston: Noxush an'ana buziladimi?
.
15 noyabr kuni JCh-2018 saralashida qatnashayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi o'zining joriy yildagi eng muhim o'yinini o'tkazadi. Samvel Babayan shogirdlari guruhda bizdan keyin uchinchi o'rinda borayotgan Janubiy Koreya mehmoni bo'ladi. Jamoalar o'zaro qanday o'ynashgan, o'yinlarda qanday natijalar qayd etilgan, nima sababdan 1994 yildan buyon koreyslarni mag'lub etolmayapmiz? Quyida mana shu haqida mulohaza yuritamiz.
.O'zbekiston hamda Janubiy Koreya milliy terma jamoalari o'zaro 13 ta o'yinda maydonga tushgan. Ulardan 9 tasida koreyslar g'alaba qozongan, 1 marta O'zbekistonning qo'li baland kelgan, yana 3 ta o'yinda durang qayd etilgan. To'plar nisbati 27-12 raqiblar foydasiga.
.
EH, XIROSIMA…
.
O'zbekiston hamda Janubiy Koreya terma jamoalari ilk marta biz uchun ajoyib xotiralarni yodga soladigan 1994 yilda to'qnashgan. Xirosimadagi Osiyo o'yinlarining futbol musobaqalarida O'zbekiston terma jamoasi g'alaba qozonganidan xabaringiz bor. U vaqtlar musobaqaning futbol bahslarida yosh doirasi chegaralanmagan va milliy terma jamoalar qatnashardi. Rustam Akromov hamda Birodar Abduraimov shogirdlari yarim finalda Osiyoning eng kuchli jamoalaridan bo'lgan Janubiy Koreyaga qarshi o'ynaydi. Ko'pchilik "Osiyo yo'lbarslari"ning g'alabasini kutgan, lekin Azamat Abduraimovning Messilar ham havas qiladigan zarbasi bizga g'alaba keltirgandi. Bu koreyslarga qarshi birinchi va hozircha oxirgi g'alabamiz bo'lib turibdi. 1998 yilgi JCh saralashida koreyslar bilan bir guruhdan o'rin oldik. Avvaliga mehmonda 0:1 hisobida mag'lub bo'lganmiz, Toshkentda esa raqiblar 5:1 hisobida g'alaba qozonishgan.
.
.GEYNRIXNING FANTASTIK GOLI
.
Germaniya-2016 saralashida ham yo'llarimiz azaliy raqibimiz bilan to'qnashdi. Koreyadagi o'yinda terma jamoamiz 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergandi, lekin ko'pchilik kerak bo'lsa butun Osiyo o'sha uchrashuvni koreyslarning g'alabasi bilan emas, Geynrixning raqib himoyachilarini yosh boladek aldab urgan golini eslaydi. Toshkentdagi javob o'yini esa juda keskin o'tgandi. Avvaliga Maksim Shatskix hisobni ochgan, biroq hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Pak Ji Sun gol urib, bizni g'alabadan mahrum qilgandi. 2007 yili terma jamoamiz Osiyo Kubogidan oldin Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazgandik. Biz 1:2 hisobida mag'lub bo'lgan bahsda Server Jeparov gol urgan. 2008 yilda ham jamoalar xalqaro o'rtoqlik uchrashuvida o'zaro maydonga tushishib, koreyslar 3:0 hisobida g'alaba qozongan.
.
.
SAShA HAMON GOL URMOQDA
.
"Osiyo yo'lbarslari"ga qarshi yana bir esda qolarli o'yin 2011 yil Qatardagi Osiyo Kubogida bo'lib o'tgan. Qit'aning uchinchi jamoasi nomi aynan O'zbekiston – Janubiy Koreya o'yinida aniqlangandi. Avstraliyadan qaqshatqich zarba qabul qilgan vakillarimiz o'yinni biroz tushkun kayfiyatda boshlab, dastlabki yarim soat ichida uchta gol o'tkazib yuborishdi. Biroq Vadim Abramov tanaffusda shogirdlarini ruhlantira oldi. Ikkinchi bo'limning 10 daqiqasi ortda qolganda hisob 2:3 edi. Aleksandr Geynrix avval penaltidan, keyin o'yindan gol urib, hisobni qisqartirdi. 2012 yil 25 fevralda yana bir o'rtoqlik o'yini o'tkazildi va unda koreyslarning qo'li baland keldi. 4:2 hisobida yakunlangan o'yinda vakillarimizdan Ibrohim Rahimov va Stanislav Andreevlar gol urishgan.
.
.
OZGINA QOLGANDI
.
JCh-2014 saralashida ham qur'a azaliy raqiblarga bir guruhdan joy berdi. Mirjalol Qosimov shogirdlari Toshkentdagi bahsda raqibdan yaxshiroq o'ynashdi, lekin o'yin 2:2 hisobida yakunlangan. Mehmondagi o'yinni esa yaxshi eslaysiz. Akmal Shorahmedovning avtogoli koreyslarga g'alaba keltirgan. Avstraliyada bo'lib o'tgan oxirgi Osiyo Kubogining chorak finalida O'zbekiston va Janubiy Koreya yana bir bor to'qnash keldi. O'yinning asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Unda vakillarimiz g'alaba qozonish uchun juda ko'p vaziyatlarga ega bo'lishdi. Lutfulla To'raev bosh bilan bo'sh darvozaga gol urolmagandi. Qo'shimcha bo'limlarda esa Son Xin Min ikki marta gol urib, jamoasini yarim finalga olib chiqqandi. Koreyaga qarshi so'nggi o'yinimiz o'tgan yil 27 martda bo'lib o'tdi. O'rtoqlik o'yinida 1:1 hisobida durang natija qayd etildi. Terma jamoamizning goliga Zohir Qo'ziboev mualliflik qilgandi.
E'TIBOR BERISh KERAK BO'LGAN FAKT
.
JCh-2018 saralashlari doirasida Janubiy Koreya terma jamoasi 12 o'yinda qatnashdi. Shundan 10 tasida g'alaba qozondi va 1 marta durang o'ynadi. Eronga imkoniyatni boy berdi. Taqqoslash uchun O'zbekiston terma jamoasi 10 o'yinda g'alaba qozonib, 2 marta mag'lub bo'ldi (Shimoliy Koreya, Eron). Raqiblarimiz o'yinining juda tartibliligi hisobiga o'yinning qaysidir vaqtida ko'proq gol urilganini kuzatmaysiz. Bundan tashqari ular hech ham bo'shashib qolishmaydi va barcha oraliqlarda gol urishadi. Koreyslar o'yinning 30-45, 60-75 va 75-90-daqiqalari oralig'ida eng ko'p gol urishadi. Saralashdagi gollarning 60 foizi shu vaqt oralig'ida urilgan. Taqqoslash uchun O'zbekiston terma jamoasi 33,3 % gollarini 45-60 daqiqalarda rasmiylashtirgan. Terma jamoamiz gollarining atigi 4 foizi 15-30-daqiqalar oralig'iga to'g'ri keladi, 25 foizi esa o'yinning so'nggi 15 daqiqasiga. Koreyslar ikkinchi bo'lim avvalini nisbatan sustroq o'tkazmoqda, O'zbekiston esa aynan ikkinchi taym debyutida juda faol. Mana shu jihatni saqlab qolgan holda raqibni "jazolash" mumkin. Har holda Janubiy Koreyaga qarshi o'yinlardagi noxush an'anani buzishning vaqti kelgan. Babayan shogirdlari buning uddasidan chiqishsa, JCh-2018 uchun eng katta qadamni tashlagan bo'lamiz.
"Germaniya-2016"
.
Shu mabodo 2006 emasmi?
Bugun sizlarga Nokia telefonlarini modem sifatida kompyuterga ulab, kompyuterdan internetga kirishni o'rgataman))

Webmoneyga passport skanerni faqat kompyuterdan jo'natsa bo'larkan, shunga timirsikilanib yurib oxiri topdim))

Hayron qolishiz mumkin: PC Suite bo'lsa yetarliku?

Ha do'stlar, o'zimizning klassik s40 java telefonlarimiz (Nokia 6300, 6303i, X2-02 va shu kabi) telefonlarni modem sifatida ishlatish uchun PC Suite dasturi yetarli.

Lekin 2013-yildan beri bu kabi telefonlar boshqa chiqarilmay qo'yildi va tizim yangilandi. Hozirgi Nokia Asha seriyalari (Nokia 206, 311, 515 va shu kabilar)ning ishlash tizimi 6303lardan farq qiladi.

Uzoqlashib ketdim.

Demak bizga eng asosiy kerakli dastur bu:
Nokia Connectivity Cable Driver.exe

Yuqoridagi kichkinagina dasturni ko'chirib olamiz, va kompyuterga o'rnatamiz. Endi Asha telefonlarimizni Kompyuterga ulaganimizda, avtomatik tarzda drayveri ustanovka bo'ladi.

Dasturni o'rnatib bo'lib, Nokia Asha telefonimizni USB kabeli orqali kompyuterga ulaymiz. 3ta rejim ochiladi: Modem Mode, Synch and Connect va Memory Card.

Modem Modeni tanlaymiz va 3-5 daqiqa kutib turamiz. Bu orada kompyuter kerakli drayverlarni o'rnatib oladi.

Keyin esa kompyuterni o'chirib, qaytadan yoqamiz, drayverlar ish boshlashi uchun.

Kompyuter yondi, yana Nokia Ashani ulab, Modem Modeni tanlaymiz. Shoshmang shoshmang, yana ozgina qoldi)

Endi qiladigan ishimiz Panel Upravleniyaga kiramiz. Сетевие подключение (to'g'ri yozgan bo'sam qarsak chalaslar)ga kiramiz. Yon tomondagi ro'yhatdan "dobavit noviy podklyucheniya"ni tanlaymiz. Yangi oyna ochiladi, aji-buji ruscha gaplar, o'qib o'tirmay далееni bosamiz))

Keyin ko'pgina variantlar berilgan forma ochiladi. "Podklyuchit v internet"ni tanlab далееni bosamiz yana))

Keyingi bosqichda esa "Ustanovit podklyucheniya vruchnuyu"ni tanlaymiz. Keyingi bosqich: "cherez obichniy modem", yana далее))

Keyingi bosqichida Podklyucheniyani nomlash chiqadi. Hohlagan nomizni yozib qo'ying. (masalan Uzmasters deb)

Telefon nomer yoziladigan joyiga esa *99# kodini yozib qo'ying. Login-parol teradigan joyi bo'sh qolaversa ham bo'ladi (agar faqat o'ziz foydalansez kompyuterdan).

Shu bilan Завершить qilamiz va tayyor! Haya, qayeridadir Ptichka qo'yiladigan joyi bor edi, esimdan chiqib qoldi qayerida ekani, shu joyda telefon modeli va drayver nomi turgan variantga ptichka qo'yiladi))

Endi Setevie Podklyucheniya panelidan Uzmasters deb nomlangan podklyucheniyani ochamiz, va "визов"ni bosamiz. Kompyuter telefon orqali internetga ulandi. E'tiboringiz uchun rahmat

(c) Harry Ali :)
Uzforda yozgandim. Bu yerga joylasam ayb ish qilmaymanmi? :)

Uzfor ma'muriyat a'zolari, Qoraqalpog'iston Respublikasining, Ustyurt tumaniga toqqa chiqishga, dam olishga keldi. Dam olib, qor o'ynab, chang'i uchib, kechqurun Nukusdagi "Toshkent" mehmonxonasida tunashdi. Ma'miriyat a'zozi SrdMusic u yerda ishlaydigan qizni sevib qoldi. Qizni sevgisi ishontirishga harakat qilar edi. Nihoyat, u tegishga rozi bo'ldi. Faqat u qizni, Qoraqalpog'iston urf-odatlariga muvofiq olib qochish kerak edi. U qayerga olib qochishni bilmay ohiri BestMaker ning uyiga olib qochishni kelishib oldi. Unga harajatlar uchun 100 so'm berdi. Olib qochadigan kun keldi.
Qiz: Alo, kelyapsizmi?
SrdMusic: Ha, yetib qoldik. Tayyor tur!
Qizning yoniga Lacetti kelib to'xtadi va ichidan CHEfan va TIMUR chiqib qizni mashinaga sudrab oborib tiqdi. Qiz o'zicha voyvoyni solib dod soldi va CHEfanning ko'zini ko'kartirdi. Rulda ORION yonida SrdMusic. Hullas BestMakerning uyiga keldi. U yerda Jetfire, AkMaL, admin, MrShahzodbek, Eagle, Vexare kutib turgandi. Hullas yetib kelishdi. Hamma CHEfanning ustidan kuldi. :D Harry Ali ni chaqirtirishdi. U kelib nikoh o'qidi. Hullas qizni olib ketishdi.
To'y kuni keldi. To'yni tabdabali qilib o'tkazishdi. Hamma shu joyda! Hatto firibgarlar ham. Ular forumda firibgarlarik qilgani yetmagandek to'ydan ham narsa o'marishga kirishdi. Mayda-chuydalar yugurib yurishibdi. HASANCHIK rossa ko'p ovqat yer ekan. Men unga to'yxonodan konfet olib kel dedim. U olayotgan payt TEMUR ko'rib qolibdi. Uni ortiqcha harakat qilma deb 3 soat shkafga qamab qo'ydi. Hullas to'y qiziqarli o'tyabdi. Kuyov va kelinning yonida Jetfire va Unknown. ADESIGN, SnipeR, Сирожиддин Baklajanga o'ynayapti. Mr_Khasanboy ansabilchi. Musiqalarning eng zo'rlarini qo'ymoqda. Administratorlar bir stulda o'tirishibdi. Bo'lgan ishlarni muhokama qilyapti. Harry Ali ga esa hechnarsa yoqmayapti. Hullas Gulyanka vaqti keldi. 6 ta Malibu tayyor. Kelin-kuyov Malibuga o'tirishdi. Shopir esa MrShahzodbek. Shu mashinada aylanib yurishibdi. Bekislomning kayfi oshgan tekilli TEMUR ning Malibusini bilmay urib yubordi. Jahli chiqgan TEMUR, Bekislomni 2026-yilgacha uzforda banladi. Hullas to'y o'tdi. Bekislom TEMUR ning mashinasini ta'mirlatib berdi va BAN dan chiqdi. SrdMusic esa shaxsan Jetfire sovg'a qilgan choponni yo'qotib qo'ydi. U chopon Bahh Tee ning uyidan chiqdi. Qaytarganiga qaramay uni banlab tashlashdi. Bahh Tee arazlab o'ziga forum sayt ochib oldi. HASANCHIK esa ko'rinmay ketdi. U hali ham shkafni ichida yig'lab o'tirgan ekan. SrdMusic bolali bo'ldi ismini Uzfor qo'ymoqchi edi. Xotini bunga rozi bo'lmadi. Hozir uning uyida har hafta ro'znoma chiqib turadi. Ko'pincha MUSHTUM ga xotini tushadi :D. Lekin ular baxtli hayot kechirmoqda! Film tugadi.
ExcLusive, 2016keremi
www.uzmasters.ru Onlayn 246 (0/246)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru