Qidiruv
So'z:

Bo'lim:

Natija: 1679 ta
Saytlar a'ro Reklama hamkorlik!
.
Qoidalar:
sayt nomi, kunlik xostlar, to'liq malumotlar bilan yozilsin. Misol sayitingiz.uz reklama almashaman, almashadiganla bo'lsa sh/x
.
kunlik xosti 50 tadan kam bo'lmasin liveinternet.ru yoki waplog.net xisoblagichlari asosida.
HASANCHIK, off emas do'st internet tijorat bo'limida ochdimku. . .
Ucell Man uchun yaxshi internet paketlariham arzongina :)
Wi-Fi tushunchasi ancha rivojlanib ketdi, bu haqida har xil fikrlar, tortishuvlar bo‘ldi va bo‘lmoqda. Ba’zilar bu terminni noto‘g‘ri tushunishi yoki noto‘g‘ri joyda ishlatilishini siz ham sezgan bo‘lsangiz kerak. Balki siz bu tushunchani bilarsiz, shunday bo‘lsa ham maqolani erinmay o‘qib chiqing balki, qandaydir yengilik olarsiz. Maqolada, Wi-Fi tushunchasini asosini yaxshilab tushuntirib yozaman, chuqurroq keyingi maqolalarda berib boraman.
Bu tushuncha internet tushunchasi bilan sinonim bo‘la olmaydi. Bu bir texnologiya, ya’ni simsiz aloqa o‘rnatish texnologiyasi bo‘lib, internet, tarmoq qurish uchun vosita hisoblanadi.
WiFi(vayfay deb o‘qiladi) dastlab «Wireless Fidelity» ya’ni, «simsiz aniqlik» deb yuritilgan, hozirda bu termin o‘rniga, oddiy WiFi deb yuritilish odat tusiga kirgan, texnologiya yaqin kunlarda ommalashgan bo‘lishiga qaramasdan, uning tarixi 1991 yilga taqaladi. Bu simsiz aloqa o‘rnatish texnologiyasi bo‘lib,IEE802.11standarti asosida ishlaydi. Shu standartga to‘g‘ri keluvchi qurilamalar WIFi texnologiyasi bilan ishlay oladi.
Simsiz aloqa texnologiyasi bo‘lganidan keyin, ma’lum bir tashuvchisiga ega bo‘lishi kerak, bu tashuvchichastotadeb yuritiladi, chastota orqali har xil signallar uzatiladi va qabul qilinadi. Signallarning bir biriga halaqit bermasligi uchun, umumiy standart bo‘lib, bu standartda qaysi signal qaysi chastotada uzatilib, qabul qilinishi belgilab qo‘yilgan. Wi-Fi texnologiyasi orqali uzatiladigan signallar, o‘rtacha 2.4 GGts chastotada uzatiladi.
Wi-Fi texnologiyasi ishlatish uchun, uzatuvchi va qabul qiluvchi qurilma kerak bo‘ladi. Bular o‘rtacha 2.4 Ggs chastotadagi signallarni qabul qilib, uzatadi. Bu yerdan texnologiyaning dastlabki kamchiligi paydo bo‘ladi, ya’ni bu chastotada boshqa qurilamalr ham ishlaydi(bluetooth), demak bir biriga biroz halaqit berishi mumkin.
Wi-Fi uzatuvchi sifatida Wi-Fi routerdan foydalaniladi, bunday router chiqaradigan firmalar soni yetarlicha, misol uchunTP-LINK, D-LINK, ASUS, Linksys, ZyXEL… . Routerdan chiqqan signalni qabul qilish uchun, qabul qilgich kerak bo‘ladi, bu qabul qilgich zamonaviy telefonlar ichida, noutbuk, netbuk ichlarida joylashgan bo‘ladi, yoki bo‘lmasa, alohida jihoz sifatida ham bo‘ladi. Odatta statsionar kompyuterlarda qabul qilgich qurilma bo‘lmaydi, ya’ni Wi-Fi router orqali jo‘natilgan signallarni qabul qila olmaydi, bu muammoni yechish uchun USB, PCI portlarga ulanadigan Wi-Fi signallarni qabul qiluvchi, IEE802.11 standarti asosida ishlaydigan jihozlar ulanadi.
Umumiy oladigan bo‘lsak, Wi-Fi texnologiyasini, bitta uzatuvchi qurilma, atrofida bir necha qabul qiluvchi qurilma shaklida tasavvur qilish mumkin.
Uzatuvchi va qabul qiuvchi bo‘lgandan so‘ng, bu texnologiyani internetga chiqish, lokal tarmoq qurish maqsadlarida ishlatish mumkin. Ba’zilar Wi-Fi texnologiyasi asosida tarmoq qurib, o‘yinlar ham o‘ynashadi, demak, WiFi deganda faqat internet tushunilmas ekan. Bu bir texnologiya, bu texnologiya orqali har xil ishlarni amalga oshirish mumkin ekan, shulardan biri internetga chiqish.
IEE802.11 standartining ham bir necha turi mavjud. Bular:
IEE802.11a;
IEE802.11b;
IEE802.11g;
IEE802.11n.
Bularning farqi signal uzatish tezligi va uzoqligidadir. Shuni ham esda saqlash lozim, qancha tezlik katta bo‘lsa, masofa qisqaradi, fizika fanidan eslatma.
Ko‘p kafe, restoran, katta binolar, do‘konlarda Wi-Fi texnologiyasining emblemasini ko‘rishingiz mumkin.
Bu degani, shu kafeda Wi-Fi asosida ishlaydigan internet mavjud deganidir, ya’ni qabul qilguvchi router mavjud, qabul qilgich bo‘lsa bas. Shuni ham hisobga olish lozimki, Wi-Fi routerga ulanish parollangan bo‘lishi ham mumkin, bu degani sizning qabul qiluvchi qurilmangiz, uzatuvchi qurilmaga ulanaolmaydi(agar parolni bilmasangiz).
Maqolada, Wi-Fi haqida umumiy tushuncha berishga harakat qildim, keyingi maqolalarda bu texnologiyaning afzallik va kamchiliklarini yozib o‘tishga harakat qilaman.
Anniq bilmadim Clickunder.quysez 10-15wmr ishlashiz mumkin ! Saytiz xosti 50ta liveinternet xisoplagichida bo'lsa Bo'ldi saytizni aktivlaydi
Salom! Men uzmasters.ru ga 2kun kirmadim uyladim ... Nima u uzi internet!? Oddiygina global olam! Lekin shu global olamning quliga aylanib qolmayabmizmi uzimiz! Men internetga kirishimga sabab sayt ochishga bo'lgan qiziziqishim. 6-sinfda masterlikka ilk qadamimni quyganman. Ushanda hech kim menga yordam bermay, birorta oddiygina savol surasam evaziga pul suraganlari ham bo'lgan. Oilaviy sharoitim unchalik kelishmasada masterlikdan voz kechmadim. Hatto u yoq bu yoqda ishlab telefonimga tashlashga ham to'g'ri kelgan. Shuning uchun men bugun yosh-u , qari masterlarga ozgina bo'lsada yaxshilik qilmoqchiman. Bilmadim bularning kimgadir foydasi tegar yoki yuq lekin kichik bo'lsa ham yordamim tegsa men bundan bag'oyatda xursandman.! Gapni ko'paytirmasdan maqsadga o'taqolay! Bugun men siz aziz forumdoshlar uchun uzim ishongan bir muncha scriptlarni taqdim etmoqchiman.
Mobka.ne* scripti (100%tozasi)http://uzfor.maroqli.tk/www1.zip
Voydod.ne* scripti (menimcha toza)http://uzfor.maroqli.tk
Salom Forumdosh do'stlar! Mana endi bu podforum ham zerikmaydigan bo'ldi )). Bugundan yana Forumdoshlar intervyusini olib borishni boshlaymiz.
.
Offtopic va flood qilganlar banlanadi.!
www.uzmasters.ru Onlayn 170 (0/170)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru