Bloglar | Texnologik xabarlar | Smartfonlarning yana bir xavfli jihati aniqlandi
Xalqaro olimlar guruhi uyquga ketishdan oldin smartfondan foydalanuvchi bolalarda uyqu chala boʻlishi va semirish xavfi oshishi hamdaxavotirlilik kuchayishini aniqlashdi. Bu haqda Kun.uz nashrimaʼlum qildi.Mutaxassislar 11-12 yoshdagi 6616 bolani oʻrganishda olingan maʼlumotlarni tahlil qilib chiqishdi. 70 foizdan koʻproq bola kechki uyqudan oldin kamida bir soat smartfon yoki ekrani bor boshqa qurilmadan foydalanishini aytgan. Soʻrov davomida bolalar bu vaqtda xonadagi yorugʻlik, qancha soat uxlashlari va uxlamasliklari, uxlash bilan bogʻliq muammolardan aziyat chekish-chekmasliklari haqidagi maʼlumotlarni ham koʻrsatishgan.Aniqlanishicha, chirogʻi yoqilgan uyda smartfondan foydalangan yoki televizorkoʻrgan bolalar 31 foiz koʻproq yomon uxlashgan. Bu ishni qorongʻida qilgan bolalarda uyqu buzilishi ehtimoli 147 foizga koʻtarilgan. Shuningdek, meʼyorida boʻlmagan uyqu immunitet pasayishi, tushkunlik, xavotirlilik va semirish bilan bogʻliqligi koʻrsatilgan.Baholashlarga koʻra, dunyoda 90 foiz oʻsmirlar kuniga tavsiya qilingan 11 soatdan kamroq uxlashadi va mutaxassislar buni gadjetlar tarqalgani bilan tushuntirishmoqda. Buyuk Britaniyaning oʻzida 12 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan bolalarning 98 foizi televizor koʻrar, 90 foizdan koʻprogʻi smartfondan foydalanar ekan.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 1 Feb 2019, 20:11
Muallif: @QIROLUS (90)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 10 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 53 (0/53)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru