Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Androidning 8ta maxfiy funksiyasi
Energiyani tejashning eng oson usuli
O‘z Android-qurilmangiz uchun ish stoli sifatida qora yoki boshqa to‘q rangli fonni o‘rnatsangiz, piksellarni avtomatik tarzda yoritish o‘chadi va qurilmaning quvvati uzoqroq vaqtga yetadigan bo‘ladi.
Matnning ovozli o‘qilishi
Buning uchun sozlamalardagi “Maxsus imkoniyatlar” bo‘limiga kirib, matnni ovozli o‘qish funksiyasini yoqing.
Smartfonni masofadan boshqarish
Menyu orqali “Sozlamalar→Xavfsizlik→Qurilmalar administratorlari”ga kiring va “Android’ni masofadan boshqarish” bo‘limida “Qurilmani masofadan qidirish” bandini yoqing. Endi siz smartfoningizni yo‘qotib qo‘ysangiz, barcha ma’lumotlarni qayta tiklab, uni bloklab qo‘yishni mana bu sayt orqali amalga oshirishingiz mumkin.
“Mehmon rejimi”ni yoqish
O‘z telefoningizni vaqtinchalik boshqa odamga berib turganingizda, barcha shaxsiy ma’lumotlarni maxfiy saqlamoqchi bo‘lsangiz, “Mehmon rejimi”dan foydalaning: displey tepasidan pastga ikkita barmog‘ingizni yurgizing va ochilgan tezkor sozlamalar oynasida foydalanuvchi ikonkasini bosing, u yuqori o‘ng burchakda joylashgan. Shunda “Mehmonni qo‘shish” funksiyasi paydo bo‘ladi va siz bu odam qurilmada qanday harakatlarni amalga oshirishi mumkinligini tanlaysiz.
Ekran lupasi
“Sozlamalar→Maxsus imkoniyatlar→Kattalashtirish harakatlari” bo‘limiga o‘ting. Endi siz displeyning istalgan qismini, uni shunchaki bosish orqali, kattalashtirishingiz mumkin.
Modem rejimi
Sozlamalardagi “Simsiz tarmoqlar” bo‘limida “Xot-spot”ni tanlang va “WLAN nuqtasi” bandini yoqing.
Smartfonni bosh harakati bilan boshqarish
Buning uchun EVA Facial Mouse bepul dasturini o‘rnatsangiz, kifoya!
Yashirin o‘yin
Android 2.3 Gingerbread versiyasidan boshlab, Google barcha Android-qurilmalarga kichik sovg‘achani o‘rnatmoqda. Uni topish uchun menyudagi “Sozlamalar→Telefon haqida (yoki planshet haqida)”ni tanlab, “Android versiyasi” bandini bir necha marta tez-tez bosing, ekranda kichik marshmellou zefiri paydo bo‘lgach, uni tezlikda yana bir necha marta bosing. Shunda maxsus mini-o‘yin ochiladi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 17 March 2019, 17:38
Muallif: @isco (13)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 3 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 259 (0/259)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru