Bloglar | Sayt yaratish bo'yicha | HTML strukturasi va dastlabgi teglar
HTML dars — HTML strukturasi va dastlabki teglar
Istalgan brauzerda biror sayt ochib, uning istalgan joyida sichqonchani o‘ng tugmasini bosib, «исходный код страницы» buyrug‘ini tanlasangiz, saytning HTML kodini ko‘rishingiz mumkin. Internetdagi barcha saytlar qaysi tilda tuzilganiga qaramasdan o‘z HTML kodiga ega.
Bu kodlar sizni vahimaga solishi mumkin, lekin ular juda sodda va tushunarlidir. Bu kodlar html teglaridan tashkil topgan, ularning soni cheklangandir. Bu maqoladan boshlab, html teglari haqida gaplashamiz.
Teglarni o‘rganishda quyidagilar kerak bo‘ladi:
1. Matn muhaririri(Notepad yoki Notepad++).
2. Yozilgan kodlarni tekshirish uchun brauzer(Chrome, Opera, Firefox).
Dastlabki sodda html hujjatni yaratamiz.
Uning uchun matn muharriri(Блокнот)ni ochamiz va uni «index.html» yoki «index.htm» ko‘rinishida saqlaymiz. Saqlashda «тип файлы» degan joyiga «все файлы«ni ko‘rsatamiz. Bu bilan siz dastlabki html hujjatni yaratdingiz, lekin uni ichi bo‘sh. Keling ichiga quyidagi kodlarni kiritamiz.
<html>
<head>
<title>HTML hujjat</title>
</head>
<body>
Dastlabki sahifa
<!--
Bu yozuvlar ko'rinmaydi
-->
<!-- Kommentariyalar -->
<comment> Bu teg ham kommentariya</comment>
</body>
</html>
Bu faylni saqlang va istalgan brauzerda uni ishga tushiring. Natija quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: «HTML hujjat» nomli sahifa, «Dastlabki sahifa» matni bilan.

«<>» belgi ichidagi yozuvlar teg deb ataladi. Ko‘p teglarning ochiq(<>) va yopiq(</>) hollari ishlatiladi. Bu kodda quyidagi teglar mavjud:
1. <html>…</html> — ochiluvchi va yopiluvchi «html» nomli teg. Bu teg HTML hujjat boshlanishini bildiradi va barcha kodlar aynan shu teg ichida yoziladi, teg yozishda katta-kichik harflarning farqi yo‘q(<Html>…</htmL>).
2. <head>…</head> sahifaning bosh qismi. Bu tegdagi kodlar foydalanuvchilarga ko‘rinmaydi. Oddiy sahifalar yaratishda judayam muhim teg hisoblanmaydi. Bu teg ichida quyidagi teglar joylashishi mumkin:
— html meta teglari(meta)
— sahifa nomi(title)
— jаvаsсriрt kodlarini ulash(jаvаsсriрt)
— stillarni qo‘shish(link)
Bularni keyingi maqolalarda ko‘rib chiqamiz(bular albatta head ichida bo‘lishi lozim).
3. <title>…</title> — sahifa nomini berish. Bu yerga yozilgan yozuvlar brauzerning yuqori qismida namoyon bo‘ladi.

4. <body>…</body> — saqifaning tana qismi. Asosiy qism hisoblanadi va bu qism foydalanuvchiga bevosita namoyon bo‘ladi. Barcha asosiy kodlar aynan shu teg ichida joylashgan bo‘ladi.
5. «<!— … —>» — bu belgilar kommentariyani bildiradi, brauzerda bularning ichidagi yozuv ko‘rinmaydi. Kodlarni tushuntirishda kommentariyalardan foydalanish foydali bo‘ladi.
6. <comment>… </comment> — bu teg faqat IE(Internet Explorer) uchun kommentariya hisoblanadi, qolgan brauzerlarda uning ichidagi yozuv ko‘rinadi.
Biroz bo‘lsa ham html kodlari haqida ma’lumotga ega bo‘ldingiz deb o‘ylayman va maqolani shu yerda tugataman.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 13 May 2018, 20:49
Muallif: @darling (3)
Raxmat aytishgan: 2 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 4 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 331 (0/331)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru