Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Hayotning g'alati qonunlari
Qo‘shni navbat doim tezroq siljiydi. Qiyin ishni dangasa ishchiga topshirish kerak – u oson ishlash yo‘lini topadi. Hayolga yaxshi fikrlar kelganda nimadir yozging keladi. Agar yog‘li biror narsa yerga tushib ketsa, to‘g‘ri gilamning ustiga tushadi. Agar tirnoq olgingiz kelgan paytda olmasangiz, birozdan so‘ng u sinib qoladi.. Agar tajriba amalga oshsa, u holda u yerda nimadir noto‘g‘ri bo‘lgan bo‘ladi. Kutganingda kelmagan avtobus kutmaganingda albatta keladi. Biror noxushlik ro‘y bersa, uni avvalroq ko‘ngli sezgan odam topiladi. Issiq idish doim sovuqdek ko‘rinadi. Avtomobilni yuvishingiz bilan yomg‘ir yog‘adi. Optimist eng yaxshi hayotda yashayotganiga ishonadi, pessimist esa uning hayotidan ham yaxshiroq hayot bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqadi. Barcha buyuk kashfiyotlar xatolar natijasida paydo bo‘ladi. Yosh bolalar hech qachon iflos uyni to‘zitishmaydi yoki unda devor, pollariga chizishmaydi. Agar yangi qurilmani ishlatishda hech narsa yordam bermasa, axiyri uning qo‘llanmasini o‘qishga to‘g‘ri keladi. Texnikani tushunmagan odam uni ochib ko‘rsa, doim nimadir yo kam, yoki ortiqcha bo‘lib qoladi.
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 3 Apr 2019, 16:55
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 1 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 194 (0/194)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru