Bloglar | Foydali ma'lumotlar | Yigitlar uchun...
Har bir yigitning kayfiyati, o'zini tutishi va qilmoqchi bo'gan ishlari juda juda ko'p hollarda sevgan qiziga bog'liq bo'ladi. Ikki sevishgan insonning hayoti deyarli har doim bir-biriga bog'liq bo'ladi. Bu esa munosabatlarning imkon qadar yaxshi va iliq bo'lishi shart ekanligini anglatadi. Har yerda muvozanat bor. Sevishganlar munosabatining davomiy bo'lishida juda ko'p narsalarning o'zaro munosabati o'ta muhim rol o'ynaydi. Shu jumladan, ikki kishi o'rtasidagi sir ham (garchi shu ikki kishi bir-birlariga qanchalik yaqin bo'lishmasin) munosabatning qay yo'sinda davom etishiga ta'sir ko'rsatadi. Qizlarning o'z sirlari bor. Bu sirlar keragidan ortiq darajada ko'p deyish ham to'g'ri bo'ladi. Shu qatorda, yigitlarda ham o'z sevgan insonlaridan sir saqlashalari kerak bo'lgan ba'zi narsalar bo'lishi kerak. Quyida har bir yigit o'z sevgan qizidan har doim sir saqlashi kerak bo'lgan 10 ta eng muhim narsalar ro'yxatini keltirib o'taman. Ro'yxatni oddiydan eng muhimigacha, ya'ni10-darajali sirdan 1-darajali sirgacha keltirib o'taman: 10. Boshqa qizlarga e'tibor. To'g'ri, Siz o'z sevgilingizga sodiqsiz, undan boshqasiga qayrilib ham qaramaysiz. Lekin bu gaplar faqat sevgan qizingizga aytiladi, holos. Birinchidan, agar rostdan ham Siz kimnidir sevsangiz, boshqasiga e'tibor qilmaysiz. Ikkinchidan, agar e'tibor qilgudek bo'lsangiz ham bu narsani sevgan qizingiz hech qachon sezmasligi kerak. U bilan yurganingizda u o'zini Sizning e'tiboringiz tufayli shu ko'chada yoki hiyobonda yurgan bitta-yu bitta qiz deb tasavvur qilsin. Bilib qo'ying, qanday e'tibor ko'rsatsangiz, shunga yarasha javob olasiz! 9. Pulingiz qayerga sarflanayapti. Pul hech qachon sevgi bilan aralashtirilmasligi kerak. Shunday ekan, sevgan qizingiz hech qachon Sizning xarajatlaringiz, pulingiz nimalarga sarflanayotganligi, xarajat va foydangiz haqida bilmasligi kerak. Bunaqa xavfli axborotning sevgan qizingiz ongida joylashishi kelajakda o'zingizga qiyinchilik olib kelishi mumkin. Chunki pulingiz ko'p bo'lgan vaqtda ko'p sarf-xarajat bo'lishi yoki aksincha, puldan qiynalib turgan paytda noqulay vaziyatga tushib qolmasligingiz uchun sevgan qizingiz cho'ntagingiz ahvoli haqida bilmagani ma'qul. 8. Ota-onangiz moddiy yordamiga suyanishingiz. Yigit kishi har doim mustaqil bo'lgani yaxshi. To'g'ri ota-onalarimiz bizga yordam berishadi. Ularning yordam berishi biz o'sha narsani o'zimiz qila olmasligimiz uchun emas, shunchaki ular o'z farzandlariga g'amxo'rlik qilishni istashlaridandir. Shuning uchun kuni kelib Siz ota-onangizdan qandaydir moddiy yordam yoki biror narsa olishingiz mumkin. Bu narsani sevgan qizingiz hech qachon bilmasligi kerak. Agar bilib qolsa, Sizning yigitlik obro'ingizga ham, uning Siz haqingizdagi ishonchiga ham putur yetishi mumkin. 7. Ojizligingiz va qo'rquvlaringiz. Sevgan qizingiz hech qachon Sizning ojiz, kuchsiz tomoningizdan xabardor bo'lmasligi kerak. Hech qachon sevgan qizingizga nimalardan qo'rqishingiz, nimalarni qila olmasligingiz va qaysi holatlarda oqsashingiz haqida gapirmang. 6. Qo'pol so'zlaringiz, so'kinishlaringiz. 6-o'rindagi muhim bu sirga ta'rif yozmasam ham bo'ladi. Qo'pol so'zlar nafaqat sevgan qizingizni, balki boshqalarni ham Sizdan tez sovutadi, ularning yaxshi munosabatlarini yomonlashtiradi. Bilamiz, Siz zo'rsiz, Siz o'ta qo'pol so'zlarni ishlata olasiz, Siz juda ko'p so'kinish so'zlar bilasiz. Lekin bu qobiliyatingizni sevgan qizingiz oldida namoish etmang! Agar, u qiz oldada xurmatin yo'qolmasin desangiz, albatta...
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 3 Apr 2019, 17:10
Muallif: @Mahmudjon_BEST (72)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 3 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 237 (0/237)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru