Bloglar | Har xil ma'lumotlar | Uyqusizlikka qarshi choralar
Barchamizga ma'lum, agar kechasi mazza qilib to'yib uhlab olsak, ertasi kuni kayfiyatimiz a'lo bo'lib, aqliy va jismoniy faoliyatimiz oshadi. Bo'shashishlik alomatlaridan holi bo'lib, o'zimizni yaxshi his etamiz, ammo uyqusizlik bizni bezovta qilayotgan bo'lsachi? Quyidagi maslahat uyqusizlikka chalingan insonlar uchun.
1. Kechga yaqin ko'p ovqat iste'mol qilmaslikka harakat qiling. Agar qorin judayam och bo'lsa yotishdan 2 soat oldin yengil taom yeyish mumkin.
2. Uyquga yaqin vaqtda choy, kofe, alkogol maxsulotlarini iste'mol qilmaslikka harakat qiling. Uning urniga iliq sut yoki o't damlanmasini ichgan ma'qul. Chunki bu ichimliklar nerv sistemasini tinchlantiradi va uyquga ketishda yordam beradi.
3. Uhlashdan oldin har xil faol, harakatchan, qo'rqinchli filmlarni ko'rish tavsiya etilmaydi. Uning o'rniga o'zingiz xush ko'rgan tinchlantiruvchi musiqa eshiting, rasmlar ko'ring yoki kitob o'qing.
Qo'shimcha: Iloji bo'lsa uyqudan oldin ko'chaga chiqib, 10-15 daqiqa aylanib keling; Agar uyqu moyilligini oshiruvchi dorilarni ichayotkan bo'lsangiz, ularni kamaytirishga va u dorilarsiz uxlashga harakat qiling. Chunki bu dorilar ularga ko'nikmangiz oshishiga olib kelishi mumkin; O'zingizga qulay, toza o'rinda, qorong'i, tinch va kislorod bor xonada yoting; Yotgan mahalda muammolar haqida o'ylamang
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 26 Jun 2019, 20:06
Muallif: @SEVIMLI (4)
Raxmat aytishgan: 0 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 2 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 56 (0/56)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru