Bloglar | Foydali ma'lumotlar | HTML Haqida tushuncha
HTML dokument – bu siz web sahifa yaratish uchun kiritgan har bir kodizni o’z ichiga oluvchi hujjat turi bo’ladi.
HTML editor – editor Ingilizcha so’z bo’lib, o’zbekchada yozuvchi degan ma’noga yaqindir, u HTML Kodlarini kiritish uchun ishlatiladigan dasturdir. Har kim har hil editorni tanlaydi biz hozircha NotePad dan foydalanamizMen o’zim NotePad++ 5.7 dan foydalanaman sizlarga o’rgatishim mobaynida. Dars boshlashdan oldin NotePad bo’lishi shart, chunki kodlarni yozib mashq qilib o’rganamiz. Har bir darsda ma’lum bir funksiyaning HTML kodi misol qilib berilgandir, shu kodlarni o’ziz ham NotePadga ko’chirib (ba’zi o’zgartirish kiritishingiz mumkin kerak hollarda) bir vaqtning o’zida har bir o’zizni kiritgan HTML kodlarizi web browserda birma bir ochib, ko’rib, hulasa qilib boring. Iloji boricha eng asosiy web browserlarni so’nggi versiyalarini o’zizga Internet orqali yuklab oling, bosh sahifada ularning nomlanishlari bor. Chunki ba’zi kodlarni bitta browser o’qimasa boshqasi o’qishi mumkin.
NotePad ochish yo’li ikki hil:
1.Birinchisi: Start(Пуск)—All Programms – Accessories – NotePad.
2.Ikkinchisi: Internetdan yuklab olish: www.notepadpp.com
HTML code – web sahifa faqatgina HTML ga kiritilgan kodlarnigina o’qiydi va shu kodlar tufayli web sahifa ochiladi. Bu kodlar faqat HTML dokumentda yoziladi lekin web sahifada umuman bu kodlar yozilgan holatda paydo bo’lmaydi, faqatgina buyruqlari bajariladi. Masalan:
Yangi Abzast
,
va
orasida yozilgan har qanday so’z web sahifada yangi abzastda paydo bo’ladi (
HTML kodi hisoblanadi, likin har qanday “” orasiga yoziladigan kod “tag” deb ataladi, talaffuzi «teg»). Aks holda undan oldingi kelgan so’zga qo’shilib ketadi. HTML da ba’zi klaviatura tugmalari ahamiyatga ega emas, masalan ENTER tugmasini bosganiz bilan web sahiifada so’zlariz ENTER tashlagan holatda paydo bo’lmidi.
Har hil buyruqlar uchun har hil kodlar bor va bu kodlarni yozish qoidalari ham bor:
1.HTML document hamisha kodi bilan boshlanib, kodi bilan tugashi shart, bu kodlar document html ekanligini bildiradi.
2.HTML da kodlar katta harfda yoki kichik harifda yozilishi ahamiyatsiz, baribir kodlar o’qilaveradi lekin shaxsan men kichik harflarda yozishni tavsiya etaman, sababini keyin tushunib olasiz. Lekin ba’zilar tekstini kodlardan ajralib turishi uchun kodlarni katta harflarda yozadi. HTML ga yordamchi bo’lgan XML, jаvаsсriрt dasturlarida kodlarning katta yoki kichik harifda yozilishi juda katta ahamiyatga ega hatto kichik harfadagi kodni katta yozilsa yoki aksincha bo’lsa hato bo’ladi.
3.HTML da kodlar hamisha boshlang’ich va tugash “tag” lari mavjud. Yuqorida aytilgan
boshlangich tag,
esa tugavchi tag, «p» Ingiliz tilidagi paragraph qo’zining bosh harft abzast deganidir. Matningizni qayeridan yangi abzast bilan boshlashni hohlasangiz, o’sha yerga
qo’yishimiz kerak, qayerda tugatmoqchi bo’lsak abzastingizni o’sha yerga
qo’yilishi shart. Albatta ba’zi taglar HTML da qilib tugatilinmasa ham bo’laveradi lekin hamisha tugovchi tagni ishlatishni tavsiya qilaman, sababini vaqti kelib tushinib olasiz va fikrimga qo’shilasiz degan umiddaman.
Document Saqlash: Har bir HTML document saqlab qo’yilganda (Save) document mavzusidan so’ng “.html” so’zi bo’lishi shart. Aks holda u html document hisoblanilmaydi. Masalan, birinchi dars kodlari kiritilgan html dokumentni saqlash uchun “birinchi_dars” deb nom berdiz undan so’ng .html yozing yani “birinchi_dars.html”.
Yoki File name: ga “birinchi_dars” deb yozib Save as type: dan pastga qaragan qora strelkaga bosib “Hyper Text Markup Language” ni tanlang. Va keyin saqlab qolish uchun “Save” tugmachasiga bosing. Dokument saqlanganidan so’ng web browser belgilaridan birontasi (sizda qay biri bo’lsa) «birinchi_dars» deb nomlangan holda paydo bo’ladi, shu holda ochsangiz web sahifa ochganday ochiladi, uni NotePad yordamida ochsangiz HTML kodlari bilan ochiladi.
HTML dokumentni kodlar kiritishdan oldin birinchi bo’lib saqalab olishni tafsiya qilaman. Shunda HTML editor kiritilayotgan kodlarni yaxshi tushunadi.
Eslatma:
Shu yerda bir narsani takidlab o’tmoqchidim, hozirgi kompyuter dasturlarini juda ham rivojlanib ketganligi tufayli siz uchun HTML kodlarni o’zi kirituvchi mahsus dasturlar ham bor (ular haqida to’liqroq darslar so’ngida) lekin professional web sahifa yaratuvchi bo’laman desangiz bu kodlarni vazifa va maqsadlarini o’ziz o’qib tushunib va HTML dokumentlar yaratib o’rganganiz maqul, chunki ba’zan bu dasturlarda ham ba’zi kodlarni o’ziz kiritishizga to’gri kelib qoladigan holatlar juda ko’p. Unday dasturlarni HTML ni to’liq o’rganib bo’lganingizdan so’ng o’rganamiz
Ma'lumotlar
Yaratilgan vaqt: 25 May 2018, 00:20
Muallif: @Dostonbek (4)
Raxmat aytishgan: 3 kishi
Fikrlar: 0 ta
Ko'rilgan: 9 marta
Shikoyatim bor
Blog bilan bo'lishish
www.uzmasters.ru Onlayn 357 (1/356)
www.uzmasters.ru Forumga a'zo bo'lish
www.uzmasters.ru Forumdan qidirish
www.uzmasters.ru Bosh sahifa
Яндекс.Метрика UzMasterS.Ru